To'siqiarga qaram ay sevdik
Bir inson unga ko'ngil qo'ygani
uchun kimnidir
pushaymon qildirmasligi kerak
Insonlarni aldashingizga nima majbur qiladi?
Nima uchun o'zi yarim holda sizni butun qilishga uringan
insonlarni kamiga siz ham yarim tashlab ketasiz? Nima
maqsadda qalblarni sindirasiz?
Nima uchun birovning
ohiga sababchi bo'lasiz? Nima
uchun gashti surilayotgan
har go'zal onni zulmatga aylantirish uchun qo'Ungizdan
kelgan harakatni qilasiz? Vaholanki, faqat birgina insonga
tegishli bo'lishning beradigan
baxt-u lazzatini hech
narsaga almashib bo'lmaydi. Har tong uyg'onganingda uni
xuddi ilk kundagidek seva olish saodatining qiyosi yo'q.
Uning o'rniga nimanidir qo'yib bo'lmaydi.
Bir insonning
bir inson uchun kifoya qilishi
mumkinligini nima uchun
ahamiyatga olmaysiz? Nega bir vaqtning o'zida bir
qancha insonga ega bo'lishni istaysiz?
Sizga bir inson
kifoya qilmaydimi? Yoki
sizning yuragingiz bir pa
3
n:ning
o'zida bir qancha insonlarga qo'rg'on bo'la
oladigan
darajada kengmi? Yuragingizdagi eng go'zal go'shani
faqatgina bir inson uchun ajratishning o'rniga nima
uchun mitti yuragingizga bir qancha insonlardan tashkil
topgan to'dani sig'dirishga urinyapsiz?! Sizdagi tuyg'ular
shunchalik arzonmi? O'zingiz shunchalik arzonmisiz? Shu
qadar qiymatsizmisiz? Siz shu qadar nopokmisiz?
150
Mirach Chag'ri Oqtosh
Aldamang! Shuncha soxtakorlik va yolg'onning
ichida sizga ishonch bildirgan insonning xayollarini puchga
chiqarmang. Undan ko'ra o'sha
insonni yuragingizga
joylang va faqat unga sodiq yashang.
Do'stlaringiz bilan baham: