To'siqiarga qaram ay sevdik
Hojati yo'q
Endi kelishingga hojat yo'q. Chunki bir vaqtlar
borliginga o'rganib, sensiz yasholmayman deb o'ylaganini
kabi, yonimda yo'qligingda sensizlikka ham o'rgandim.
Bilasanmi, hattoki hayotimning qolgan yarmini sensiz
ham bemalol yashay olishim
mumkinligini tasawur
qilyapman. Azalda sen bilan birga yurgan ko'chalarimizda
yolg'iz o'zim ham yura olyapman. Endi kelma. Ehtimol
seni sog'inarman, ammo baribir kelma. Chunki endi
kehshingga hojat yo'q.
Chunki men endi sensiz ham
kuchliman. Birga tomosha qilishni xohlagan filmlerimizni
yolg'iz o'zim tomosha qildim. Birga tinglamoqchi bo'lgan
musiqalarimizni yolg'iz o'zim tingladim. Birga mutolaa
qilishimiz kerak bo'lgan kitoblardagi go'zal jumlalarning
ostini yolg'iz o'zim chizdim. Birga ichishimiz kerak bo'lgan
qahvalarni bir o'zim ichdim. Sen bilan birga bo'lishimiz
kerak bo'lgan joylarda doimo yolg'iz edim. Sensiz edim.
Ammo shu muddat ichida bir narsani payqadim. iVIen
sensiz ham o'z-o'zim bilan baxtli bo'la oldim.
Sensiz
ham o'zimni seva oldim. Men seni sevaman, deb o'zimni
yo'qotgan ekanman. Bundan keyin ortingga qaytma.
Chunki buning ikkimizga ham foydasi yo'q. Agar shuncha
vaqt o'tib qaytadigan bo'lsang qalbimga va hislarimga
zarar yetkazasan. Chunki biz kelajak uchun kech qoldik...
Bizni yarim holda tashlab ketganlar
boshqasi bilan saodatga yeta olmasin.
152
Mirach Chag'ri Oqtosh
Hayvonlarni seving, chunki
ular azob bermaydi
Hech kimga oshiq-u beqaror emasman. Ishq dardi-
da yonib kuymayman. Sog'inchida
hasrat chekadigan
bir insonim ham yo'q. Sovuq havolarda "Ishqilib, qalin
kiyindimikan?" degan xavotir bilan o'zimni tinchimni
buzadigan darajada o'ta kuchli mehr bilan ko'ngil qo'ygan
insonim men bilan familyadosh bo'lgan
bir begona bilan
to'yi bo'lganini eshitganimdan beri insonlar sevilishga
arziydigan bir mavjudot deb hisoblamayman. To'g'ri,
hajA^onlarga bo'lgan mehrim azaldan o'zgacha edi,
lekin bu kabi voqealar ularga bo'lgan sevgimni yanada
oshirdi. Chunki chindan ham inson zoti go'zal tuyg'ularga
arzimaydi.
Insonlarga ko'ngil berib,
ularning asl yuzini
ko'rganimdan keyin hayvonlarga bo'lgan mehrim yanada
oshdi. Ha}n/^onlarni seving, chunki ular azoblamaydi. Eng
muhimi, ular hech qayerga ketmaydi.
Hattoki ko'chadagi daydi itda bor sadoqattuyg'usini
insonlardan topa olmaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: