Mirach Chag'ri Oqtosh
benuqson emasmiz.
Xom sut emgan bandalarmiz,
hammamiz xato qilishimiz mumkin. Ammo og'ir xatoga
qo'l urgan insonga aslo qaj^a imkon bermang.
Chunki
birinchisida sizni yaralagan inson,
ikkinchi martasida
sizni qaytib hech kimni sevmaydigan va ishonmaydigan
holatga olib kelishi mumkin.
To'g'ri, hamma ham xato qiladi. Ammo sizni
chindan sevgan insonlarni sizga ishonganlari uchun
pushaymon qildingiz.
159
To'siqiarga qaram ay sevdik
Mamnun qila olmadim...
Men sening tarqoq holatda ekanligingni bilgan
holda senga keldim.
Buni bilib turib, seni sevdim.
Qolaversa, tarqoq holatdagi inson horg'in bo'ladi, bu holni
boshqa hech kimga ravo ko'rmaydi, deb o'yladim. Ammo
sen, boshqa birov boshingga solgan kunni xuddi shu
tarzda mening boshimga solding. Indamadim... "Zarar
keladigan bo'lsa, faqat undan kelsin.
Bu birinchi marta
yiqilishim emas-ku? Boshqatdan oyoqqa turaman”, dedim.
Sendan keladigan har qanday sitamga rozi edim. Ammo
sen menga tunning bir qismida uyg'onib, yostig'imni
g'ijimlagancha tongga qadar yig'lab chiqadigan kechalarni,
yolg'iz o'zim yurib o'tolmaydigan manzillarni, yelkalarim
ko'tara
olmaydigan dardlarni, qaytib hech kimga Jko'ngil
qo'ya
olmaydigan
darajadagi
ulkan
nadomatlarni
qoldirding. Ehtimol sen buni sezmagandirsan, ammo men
senga nima qilsam ham yoqmadim. O'zgasini sevishingni
bilib turib, yaralaringga malham qo'yaman deb o'zimni
qiynadim. Seni baxtli qilish va qalbingdagi azoblarni biroz
bo‘lsa-da, yengillatish
uchun qilmagan ishim qolmadi,
ammo sen hech birini sezmading. Har gal seni xushnud
qilishga uringan insonning yuziga o'tmishdagi sevgiling
senga qoldirib ketgan dard-u alamlarning ko'zyoshlarini
to'kding. Nonko'rsan!
Do'stlaringiz bilan baham: