To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
164
Mirach Chag'ri Oqtosh Vidolashmayman, biroz tanaffus qilaman... Va nihoyat xotimaga yetib keldik... Men bu qismni yozishda doim hayajonlanaman. Xotimani yozar ekanman, o'zimni go'yoki bir filmning eng ta'sirli sahnasini tomosha qilayotgandek his qilaman. Hissiyotga berilgancha, ko'zlarim jiqqa yoshga to'lib-to'lib qoralayman sahifani. Xuddi qadrli narsam bilan vidolashayotgandek tuyuladl. Mayli, gapni ko'p cho'zmaylik. Xayollar haqida gaplashaylik? Ular judayam go'zal, shunday emasmi? Garchi, haqiqatga aylanmasa ham, insonning eng ko'p yashaydigan joyi bu - uning xayollaridir... Kimningdir cho'ntagi qappaygan, ammo suradigan xayoli yo'q. Kimdir cho'ntagi va qornini to'ydirish bilan birga ruhiga ham ozuqa berishga katta ahamiyat beradi. Kimnidir esa na boradigan biron joyi, na ovunadigan bir insoni bor. Faqatgina haqiqatga aylantirishni istagan va suyanib qolgan yolg'iz xayollari bor xolos. Bir kuni u xayollari haqida bir insonga aytib beradi va bor xayollari ham puchga chiqadi. Men bolalik xotiralariga katta ahamiyat beradigan, ammo bolalik davrini surmagan bir insonman. Bosh suqib boradigan biror makonim va biror kimim yo'q edi. Shunda o'ylab-o'ylab shu fikrga keldim, "Modomiki, bolalik davrini surolmagan ekanman, loaqal go'zal xayollar surishim kerak", dedim o'z-o'zimga. Xayollarimning asosiy qism io'zm ualliflikkitobim - ni yozib chiqarish to'g'risida edi. Ammo shunday yozuvchi bo'layki, kitoblarimni minglab insonlar o'qisin degan 165 To'siqiarga qaram ay sevdik xayol bo'lmagan sira. Faqat bir nusxada kitob chiqarishni va o'sha kitob ham faqat o'zimda bo'lishini istardim. Bir kuni onam bilan bir kitob do'konigabordik. Kitob sotuvchisiga kitob mavzusini va o'ylab yurgan xayollarim haqida gapirib berdim. U esa menga, sening kitobing sotilmaydi, rastalarda qolib ketadi, degan edi. O'sha kuni butun xayollarim chippakka chiqqan edi. O'sha oqshomni sira unutmayman. Uyga sarobga aylangan xayollarim bilan qaytgan edim. O'sha tunda boshimni yostiqqa qo'ygancha, ko'zlarimni shiftga qadadim. O'shanda nima voqea sodir bo'ldi bilasizmi? Men ayni o'sha lahzada, o'sha fikrimda yanada qat'iylashdim. Taslim bo'lmadim. Voz kechmadim. Chunki mening eng buyuk orzuim shu edi va men buni eng go'zal shaklda amalga oshirdim. Allohim menga shunday bir go'zal yo'lda yurishni nasib etdiki, bu ham yetmagandek o'sha yo'lda birga yurish uchun go'zal qalbli hamrohlar ham berdi. Ya'ni, sizlarni. O'sha kun bugundir va bu yo'lda men sizlar bilan birgalikda yuryapman va faqat bir nusxadagi kitob bo'lishini istardim, ammo hozir beshinchi kitobimning xotima qismini yozmoqdaman. Quvonarlisi, ushbu kitoblar insonlarning yuragidan shu qadar chuqur joy egalladiki, minglab o'quvchilar tomonidan mutolaa qilindi va mehrini qozondi... Yaxshiyam o'sha pa}^i orzuimdan voz kechmagan ekanman. Aytgancha, xayollarimni chippakka chiqargan o'sha sotuvchi esa kitoblarimning hammasini sotib, non puli topayapti. Undan g'azablanmayman. Yaxshiyam o'sha kuni xayollarimni chippakka chiqargan ekan. Chunki u o'zi bilmagan holda mendagi qat'iyatning oshishiga Download 154.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling