26
Kompyuterlashtirish tamoyili. Bu tamoyilda
logistik funksiyalar
va umuman tovar harakati jarayonlarini avtomatlashtirish maksimal
darajada bajarilishi lozimligidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizim
materiallar harakatini nazorat qilish va yarim tayyor mahsulotlar, tayyor
mahsulotlarning
ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarish zaxiralarining
holati, kelib tushishning hajmi, buyurtmalarning
bajarilish darajasi va
boshqalar haqida ma’lumot to‘plash uchun xizmat qiladi. Vaqtni
zijlashtirishning eng katta samarasini va iste’molchilarga yuqori
darajada xizmat ko‘rsatilishini boshqaruv tizimlari belgilab beradi.
Bu tizimlar xomashyo xarid qilinishidan
to tayyor mahsulotning
iste’molchiga yetib borgunicha tovar harakati ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
Logistikaning konseptual tashkil etuvchilarini aniqlashimiz lozim.
Konsepsiya - bu yondashishlarning tizimi,
hodisalarni,
jarayonlarni u yoki bu tarzda tushunishdir. Moddiy oqimlarni
boshqarishni ratsionallashtirish yo‘li bilan xo‘jalik faoliyatini
takomillashtrrishga yondashuvlar tizimi logistikaning
konsepsiyasini
xarakterlaydi.
Bu konsepsiyaning tashkil etuvchilari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
• logistika masalalarini yechishda tizimli yondashuv tamoyilini
amalga oshirish;
• iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish;
• butun logistik zanjir davomida xarajatlarni hisobga olish;
• logistikaga korxonalarning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil
sifatida yondashish.
Do'stlaringiz bilan baham: