boshqarish tizimi GTI larini rejimlarini avtomatik rostlashning asosiy sxemalarining xususichtlarini kurib chiqamiz. a) yuqori b‘ef bo`yicha (YUBS) avtomatik rostlash sxemasi. Kanalning ishini yuqori b‘ef bo`yicha rostlashda tusuvchi inshootlardagi yuqori b‘ef bo`yicha sathni stabillash ta‘minlanadi, bu holda ulardagi to`sqichlar avtomatik rostlash tizimining ijrochi organi hisoblanadi. Odatda kanallar to`suvshi inshootlar yordamida bo`limlarga ajratiladi va ular kanal b‘eflari deb yuritiladi. 12.6– rasmda turli sarf o`zgarishlari uchun b‘ef yuzasidagi erkin o`zgarish egri chizigining joylashishi ko`rsatilgan: 4 – egri chiziq kanalning tag qismiga parallel bo`lib, kanaldagi Qmax – maksimal sarfga to`g`ri keladi, 2 – gorizontal chiziq kanalning erkin yuzasiga mos keluvchi Q = 0 Q = 0 sarfga to`g`ri keladi. - To`suvchi inshootni yuqori b‘ef bo`yicha erkin sath yuzasidan egri chiziqlari H = const nuqtasida chegaraviy uchburchak hosil qilib kesishadilar. Bu esa 0 Q Q sarfga to`g`ri keladigan b‘efdagi sath o`zgarishi chegalarini belgilaydi.
- Suv chiqarish inshootlari to`suvchi inshootlari yuqori b‘efiga yaqin joylashtiriladi, chunki bu yerda suv chiqarish inshootlarining normal ish tartibi saqlanadi.
- Yuqori b‘ef bo`yicha rostlashning asosiy xususiyati shundaki, b‘eflar orasida teskari gidravlik aloqa yo`q, buning natijasida yuqori joylashtirilgan b‘eflarga quyi b‘eflardagi o`zgarishlar ta‘sir ko`rsatilmaydi. Suv olish vaqtida kanalga suv yig‘ilmaydi, kanalni oxirigacha harakterlanib, chiqarib yuboriladi.
- Yuqori b‘ef bo`yicha ko`rilgan rostlash tartibi kanalni normal ish sharoitlariga to`g`ri keladi. 12.6– rasmning «b», «v» ko`rinishlariga avariya holatlaridagi o`zgarishlar ko`rsatilgan. Agar to`suvchi inshoot ishdan chiqsa, to`sqich ochiq holatda to`xtab qoladi. Bu holda ushbu b‘efda normal belgilangan sath o`zgarib bu bo`limdagi iste‘molchilarga suv uzatilmaydi. Odatda ulardan olinadigan suv sarfi oxirgi tashlama inshootiga uzatiladi. Kanaldagi to`sqichni yopi` holatda to`xtab qolishi xavfli avariyalardan hisoblanadi, chunki kanal b‘efi toshib ketib maxsus inshootlar va dambalarga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun b‘ef to`lib ketmasligi uchun maxsus qurilmalar urnatiladi. Kanalning yuqori b‘ef bo`yicha rostlash tizimi yetarli darajada ishonchli ishlaydi va u xozirgi kunda keng qo`llanilyapti.
- b) Pastki b‘ef bo`yicha avtomatik rostlash sxemasi (PB). Bunday sxema kanaldagi suv sathini to`suvchi inshootlarning pastki b‘eflari bo`yicha stabillashni ta‘minlaydi. B‘eflardagi erkin yuza egri chiziqlarining o`zgarishi 12.7, a– rasmda keltirilgan. B‘efning tag qismiga parallel ulgan 4 – egri chiziq Qmax – massimal sarfga to`gri keladi, 2 – egri chiziq – boshlang`ich sarf Q = 0 ga to‘g‘ri keladi.
- Chegaraviy egri chiziqlar to`suvchi inshootning pastki b‘efida kesishadi, hosil bo`lgan uchburchak 0 Q Q max sarflarga to`g`ri keladigan sath o`zgarishlari chegaralarini aniqlaydi.
- Pastki b‘ef bo`yicha rostlashning xususiyati shundaki, rezerv sig`imlarda iste‘mol ham o`z vaqtida suvning to`planishi va uni suv olish ko`paygan vaqtda sarflanishidir. 12.7, a– rasmdan ko`rinadiki, berilgan sarf va Qmax yuzaga to`g`ri keladigan erkin yuza bilan chegaralangan uchburchakdagi suv xajmi b‘efning rezerv xajmi hisoblanadi va rostlash xajmi deyiladi. Pastki b‘ef bo`yicha rostlash sxemasida gidravlik teskari aloqa mavjud. Shuning uchun b‘eflardan biridagi iste‘molchilarning o‘rnatilgan ish tartibi o`zgargan vaqtda tizimdagi barcha yuqoridagi b‘eflarni, bosh inshootgacha qaytadan rostlash imkoniyati bo`ladi.
- v) Kanal b‘efini tashqi ta‘sirlar bo`yicha avtomatik rostlash sxemasi. Yuqorida ko‘rilgan sxemalarda b‘efdagi suvning sathi rostlanuvchi parametr hisoblanadi. Bu kattalikni berilgan qiymatidan chetga chiqishi avtomatik rostlash tizimini ishga tushiradi. Rostlashning bu prinsipi chetga chiqishlar bo`yicha rostlash prinsipiga asoslanadi, chunki bu yerda xatoliklar ma‘lum qiymatga yetganda avtomatik rostlash o‘z ishini boshlaydi. Tashqi ta‘sirlar bo`yicha rostlashda esa tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu ta‘sirni yo‘qotishga yo‘naltiriladi. Kanal b‘efini tashqi ta‘sirlar bo`yicha rostlash tizimi sxemasi 12.8 –rasmda keltirilgan.
- Bu holda b‘efga keluvchi suv, suv sarfi, pastki b‘efga tushuvchi suvlarning miqdori algebraik kushiladi:
- Qkeluvchm suv sarfi = q1+q2 +q3 +q4 +q5 +q6 +q7
- Yuqorida joylashgan tusuvchi inshootdagi to`sqichlarning holati kiruvchi suv xajmi va chiquvchi suv sarfi orasidagi hosil bo`lgan farqqa bog‘liq. Agar kiruvchi miqdor sarfdan katta bo`lsa, to`sqich yopiladi, teskari holatda esa to`sqich ochiladi.
- Elektr avtomatlashtirish vositalari qo`llanganda rostlash jarayonida tashqi ta‘sirlarni paydo bo`lish vaqtiga nisbatan kechikish bo`lmaydi.
- Rostlash jarayonidagi xatoliklarni yo`qotish maqsadida kombinatsiyalashgan tizimlardan foydalanildi. Bu holda rostlovchi organga tashqi ta‘sirlar (sarflarni balansini o`zgarishi) va chetga chiqishlar kanali bo`yicha (sath o`zgarishi) ta‘sir beriladi. Bunday sxema asosida be`fdagi doimiy xajmni stabillash ta‘minlanadi. Agar tizimda tashqi ta‘sirlarni yuqotilishiga qaramay sath o`zgarishi belgilangan chegaraviy qiymatlardan chetga chiqsa to`suvchi inshoot to`sqichlari bu nomoslikni yo`qotadi (12.9- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |