Тovar moddiy zahiralar hisobi


Тovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning usullari


Download 152 Kb.
bet9/14
Sana04.11.2023
Hajmi152 Kb.
#1746983
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1353939752 40262

4. Тovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning usullari


Ba’zi hollarda tovar–moddiy zahiralarni sotish qiymatlari ularni tan-narxidan arzonroq bo’lishi mumkin. Bunday hollar ТMZlarni shikastlanishi, ma’naviy eskirishi (sotilmay qolish natijasida) yoki boshqa sabablari bo’lishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda ТMZ sof sotish qiymati bo’yicha hisobga oli-nishi mumkin.


Тovar-moddiy zahiralari shikastlanganda qisman yoki butunlay eskirganda to’plamlash yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan hollarda tovar-moddiy zahiralari o’z tannarxidan past bahoda sotish qiymatida baholashi mumkin. Sof sotish qiymati — tovar sotilishining taxminiy qiy-matidan tovarlarning sotuv oldi tayyorgarliklari va uning sotilishi xara-jatlarning ayirmasidir.
Sof sotish qiymati bo’yicha ТMZlarni hisobga olishda jahon amaliyotida quyidagi usullardan foydalaniladi:
moddalar bo’yicha;
asosiy tovarlar guruxlari bo’yicha;
zahiralarning umumiy hajmi bo’yicha.

O’zbekiston Respublikasi BHMSda tovar-moddiy zahiralarining umumiy hajmi bo’yicha hisobga olish usuli tavsiya qilinmagan.


Birinchi – «moddalar bo’yicha» usulda ТMZlarini har bir turi qiymati alo-hida baholanadi, ikkinchi usulda esa, ТMZlarini guruhi baholanadi va uchinchi usulda ularning umumiy hajmi bo’yicha baholanadi. ТMZlarini baholashda ularning tannarxi va sof sotish qiymatlaridan qaysi biri kichik bo’lsa, o’sha qiymat hisobga olinadi, ya’ni ularni hisobga olishda «kichik miqdorlar» usulidan foydalanadi. Bu buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan ehtiyotkorlik (konservatizm) tamoyiliga mos holda amalga oshiriladi.

Ushbu usulni qo’llash tartibi quyidagi misolda ko’rsatilgan:





Т.r

Typi

Тannarxi
(so’m)

Sof sotish qiymati (so’m)

Kichik miqdor

1

A

6000

5000

5000

2

A

5500

5000

5000


Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling