Тovar moddiy zahiralar hisobi
Download 152 Kb.
|
1353939752 40262
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarim tayyor mahsulotlar deb
- Chiqindilar
- Idish va idish materiallari
Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyum-lariga aytiladi. Masalan: mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, tikuv fabrikalarida – gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ularda sifat o’zgarishlar hosil kiladi, ya’ni mahsulotga chiroy beradi, mazasini o’zgartiradi, lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jara-yonida mehnat vositalarini ta’mirlash, sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat ja-rayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi. O’rni kelganda shuni eslatib qo’yish lozimki, materiallarni guruhlarga bo’lganda, aniq sharoitni hisobga olish lozim. Bir turdagi materiallar mahsu-lotni yaratishdagi roliga qarab birinchi sanoat korxonasida asosiy material bo’l-sa, ikkinchisida yordamchi material bo’lishi mumkin. Yarim tayyor mahsulotlar deb, ishlab chiqaruvchi bir tsexda to’la tugallanib boshqa tsexlarda qayta ishlash davom ettiriladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonaning o’zida ishlab chiqa-rilishi mumkin. Shuning uchun sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar shu korxo-naning o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlardan ajratilgan holda hi-sobga olinadi. Chiqindilar – korxonaning o’zida asosiy yoki yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqin-dilar esa asosan boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqindilar asosan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish natijasida paydo bo’ladi. Chiqindilarni to’g’ri hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foy-dalanishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Yoqilg’i ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra yordamchi materiallarga o’xshab ketadi. Yoqilgilar korxonalarda texnologik maqsadlarga yoqilg’i sifatida va isi-tish yoqilg’isi sifatida ishlatiladi. Idish va idish materiallari sotilayotgan mahsulotlarni o’rash, joylashtirish uchun xizmat qilib, mahsulot bilan birgalikda sotiladi. Ehtiyot qismlar mashina, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash maqsadida ishlatiladi. Korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiri-tilmaydi: Inventarizatsiya natijasida aniqlangan egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar; Konsignatsiyada bo’lgan tovarlar. Darhaqiqat, inventarizatsiya (yo’qlama) o’tkazish davrida korxonada uning egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan (ya’ni oldi-sotdi bitimi bajarilgan) unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovardir. Aniqlangan bunday tovarlar korxo-naning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiritilmaydi. Ular sotish jarayonida qayd qilinishi lozim. Тovar-moddiy zahiralari tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir turi - bu konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorni o’z tovarlarini boshqa kompaniya omborlarida sotish uchun joylashtirishdir. Konsignator bunday tovarlarni o’zining moddiy zahiralari tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar jo’natuvchi – kon-signantning mulki hisoblanadi. Omborda turgan tovarlarning bir kismini konsignatsiyaga berilishi muo-malasini buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin Dt Konsignatsiyaga berilgan tovarlar Kt Ombordagi tovarlar Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling