Тovar moddiy zahiralar hisobi


Тovar-moddiy zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimi


Download 152 Kb.
bet11/14
Sana04.11.2023
Hajmi152 Kb.
#1746983
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1353939752 40262

5. Тovar-moddiy zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimi


Тovar-moddiy zahiralarini hisobga olishning ikki xil tizimi mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
uzluksiz (doimiy) hisobga olish;
davriy hisobga olish
Тovar-moddiy zahiralarini uzluksiz (doimiy) hisobga olish tizimini mohiyati shundaki, bunda tovar-moddiy zahiralarining kelishi (sotib olinishi) va chiqib ketishi balans hisobvaraqlarida muntazam va batafsil ravishda aks ettirib boriladi. Bu usulning afzalligi shundaki, zahiralar harakati ustidan doimo nazorat qilish, ularni turlari bo’yicha hajmi va sarflangan qismi haqidagi axboratlarni muntazam olib borish hamda sotilgan mahsulotlarni tan-narxini aniqlab borish imkoniyatlariga ega bo’linadi. Demak, bu tizimni qo’l-laganda ТMZlarni boshqarish va zahiralarni optimal hajmini ta’minlash mum-kin.
ТMZlarni uzluksiz hisobga olib borish tizimini batafsilroq tushunib olish uchun ularni balans hisobvaraqalarida aks ettirib borilishini misol yor-damida ifodalashga harakat qildik
Mol etkazib beruvchilardan xomashyo va materiallar olingan vaqtda


Dt Materiallar
Kt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar

2. Moddiy zahiralar ishlab chiqarishga berilgan vaqtda:




Dt Asosiy ishlab chiqarish
Kt Materiallar

3.Asosiy faoliyatda band bo’lgan (mahsulot ishlab chiqarishdagi) ishchilarga mexnat xaqi hisoblandi:




Dt Asosiy ishlab chiqarish
Kt Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlar

4.Umumishlab chiqarish sarflari (ustama xarajatlar sifatida) mahsulot tannarxiga olib borilganda:




Dt Asosiy ishlab chiqarish
Kt Umumishlab chiqarish sarflari

5.Ishlab chiqarilgan mahsulot tayyor mahsulotlar omboriga topshirilganda:




Dt Ombordagi tayyor mahsulotlar
Kt Asosiy ishlab chiqarish
6. Sotilgan mahsulotlar tannarxi hisobdan chiqarilganda

Dt Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi


Kt Ombordagi tayyor mahsulotlar

Ko’rinib turibdiki, ТMZlarining har bir harakati taalluqli balans hisobvaraqlarda aks ettirilib bormokda.



Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling