Tovar moddiy zahiralarning hisobi


Ishlab chiqarish zahiralarini baholash


Download 21.81 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2022
Hajmi21.81 Kb.
#1074106
1   2   3
Bog'liq
Sultanov N.bugalteriya fanidan Tovar-moddiy zaxiralar hisobi

Ishlab chiqarish zahiralarini baholash.
Ishlab chiqarish zaxiralari 4-son BHMS «Tovar- moddiy zaxiralarga muvofiq ularning tannarxi yoki sotilishini sof qiymatidan biri bo’yicha eng kichigini tanlash yo’li bilan baholanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi-bu ularni sotib olishga yoki ishlab chiqarishga ketgan barcha harajatlar majmuasi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularni sotib olish qiymati, bojxona yig’im va to’lovlari, sertifikatsiya harajatlari, komissiya to’lovi, transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan harajatlarni o’z ichiga oladi. Qo’shilgan qiymat solig’ini (QQS) to’lovchi hisoblanmagan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta‘minotchilarga to’langan QQS ham ularning tannarxiga kiritiladi. QQS ni to’lovchi korxonalarda zaxiralarni sotib olishda to’langan QQS summasi byudjetga ushbu soliq bo’yicha qarzdan chegiriladi (zachetga olinadi).
Ishlab chiqarilgan zaxiralarning tannarxi –bu o'z kuchi bilan ishlab chiqarilgan materiallar va boshqa zaxiralarga ketgan bevosita va bilvosita moddiy, mehnat va boshqa ustama harajatlar majmuasi.
Sotishning sof qiymati –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik qiymati bo’lib, faqatgina ularni keragidan ko’p miqdorda yig’ilib qolganida bahoni pasaytirish hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari pasaytirilgan baholarda, ya‘ni sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymati 4- son BHMS ga muvofiq quyidagi usullarning birida baholanadi:
FIFO AVEKO LIFO
FIFO –zaxiralarni kelib tushish vaqtidagi bahosida chiqim qilish, ya‘ni birinchi tushum, birinchi chiqim .Ushbu usulda oldin kelgan zaxira oldin sarflanadi va ishlab chiqarish tannarxiga kelib tushgan bahosida kiritiladi, ushbu zaxira tugagach, keyingi tushgan zaxira tushgandagi bahosida sarflanadi va ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Ushbu usulning harakterli xususiyati shundaki, hisobot davri oxirida korxonada faqatgina oxirgi navbatda va baholarda kelib tushgan zaxiralar qoladi. Keyingi oyda qolgan zaxiraning chiqimi birinchi navbatda kelib tushgan bahosida ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Masalan, «A» material 5 yanvarda 1000 dona 100 so’mdan jami 100000 so’mga, 15 yanvarda 2000 dona 150 so’mdan 300000 so’mga, 20 yanvarda 1000 dona so’mdan 200000 so’mga kelib tushdi. Aytaylik, yanvarda jami materiallardan 3500 donasi ishlab chiqarishga sarflandi. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan zaxiralarning qiymati ushbu usulda jami 500000 so’mni tashkil etadi. Oy oxirida omborda 20 yanvarda kelib tushgan va ishlatilmay qolgan 500 dona material 200 sumdan jami 100000 so’mga zaxira bo’lib qoladi. Keyingi oyda ushbu materialni ishlab chiqarishga sarflanishi aynan shu bahoda, ya‘ni 200 so’mdan chiqim qilinadi.
AVEKO- bu zaxiralar qiymatini o’rtacha narxlardagi baholar bo’yicha hisobdan chiqarish usuli. Yuqoridagi misolimizda kelib tushgan bir dona materialning o’rtacha qiymati 150 so’mni ( 600000/4000) , ishlab chiqarishga sarflangan materialning qiymati 525000 sumni (3500*150 ) va oy oxirida qolgan materiallar qiymati 75000 so’mni (500*150) tashkil etadi.


LIFO- bu zaxiralarni oxirgi tushum bahosidan boshlab hisobdan chiqarish usuli. Yuqoridagi misolda ishlab chiqarishga sarflangan materiallar qiymati 550000 sumni ( 1000*200+2000*150+500*100), oy ixirida qolgan materiallar qiymati –50000 sumni (500*100) tashkil etadi. Baholarni o’sib borishi yuz berayotgan sharoitda ushbu usul dastlab tannarxni oshishiga, keyinchalik esa kamayishiga, oy oxirida eski narxlardagi materiallarni omborlarda qolib ketishiga olib keladi. Shuning uchun materiallarni ko’p martalab qayta baholash zaruriyati tug’iladi.

Xulosa
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini baholashning yuqorida keltirilgan FIFO va AVEKO usullaridan birini tanlab olishlari va uni o’zlarining hisob siyosatlarini ko’rsatishlari lozim.Bir vaqtning o’zida ikki usulini qo’llash taqiqlanadi. Bir usuldan ikkinchisiga asos bo’lganida o’tish mumkin va bu to’g’risida hisob siyosatiga kiritilgan o’zgartitishlar tegishli o’rgnlarga yetkazilishi kerak.


Moddiy javobgar shaxslarning asosiy vazifalariga ishlab chiqarish zaxiralarini o’z vaqtida kirim qilish , korxona raxbari farmoyishi bilan ularni ishlab chiqarish sexlari va uchastkalariga ko’rsatilgan miqdorda berish , moddiy boyliklarni butligini to’liq ta’minlash , talon- tarojlikga yo’l qo’ymaslik , zaxiralarning kirim va chiqimini to’g’ri va o’z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ularning holati va harakati to’g’risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda to’g’ri tuzish va bugalteriyaga topshirish kirar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.O„zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to„g„risida qonuni. 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan.
2. «Mahsulot (ish,xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlarining tarkibi hamda oxirgi moliyaviy natijalarni shakllantirish to„g„risida Nizom». O„z.R. VM ning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.
3.Ulgurji va chakana savdo faoliyatini qayd etish va olib borish tartibi to„g„risida Nizom. O„zyuR. VM ning 2002 yil 26 noyabrdagi 407- son qarori bilan tasdiqlangan.
4.O„zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari. O„z.R. VM ning 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan.
5.Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Konseptual asos. O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro„yxatdan o„tgan, № 475.
6.BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro„yxatdan o„tgan, № 474.
7. BHMS № 4 «Tovar-moddiy zahiralar». O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 28 avgustda ro„yxatdan o„tgan, № 486.
8. BHMS № 4 «Tovar-moddiy zahiralar».ga o„zgartirishlar. O„z.R. Adliya Vazirligidan 2002 yil 20 noyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 486-1.
9. BXMS № 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o„tqazish ». O„z.R. Adliya Vazirligidan 1999 yil 2 noyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 833.
10.BXMS № 21 «Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar moliyaviy xo„jaligi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo„llash bo„yicha yo„riqnoma. O„z.R. Adliya Vazirligidan 2002 yil 23 oktyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 1181.
11. Abdullayev A. Qayumov I. Buxgalteriya hisobi. T, «Minhoj» nashriyoti, 2002.
12.Bobojonov O. Moliyaviy hisob. T., «Sharq», 2000.
13.Bobojonov O., Jumaniyozov K. Moliyaviy hisob. T., «Moliya», 2002.
14.Umarova M., Eshboyev O„., Axmadjonov Q. Buxgalteriya hisobi, T., Mehnat, 1999
15.G„ulomova F.G„. Buxgalteriya hisobi bo„yicha mustaqil o„rganish uchun qo„llanma.T., Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2000.
Download 21.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling