Tovar moddiy zahiralarning hisobi


Download 21.81 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2022
Hajmi21.81 Kb.
#1074106
  1   2   3
Bog'liq
Sultanov N.bugalteriya fanidan Tovar-moddiy zaxiralar hisobi


TOVAR – MODDIY ZAHIRALARNING HISOBI
Reja:

  1. Kirish

  2. Ishlab chiqarish aktivlari

  3. Asosiy ishlab chiqarish zaxirasi

  4. FIFO AVEKO LIFO haqida tushuncha

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Har qanday jamiyatni rivojlanishi uni boshqarishni taqozo etadi. Boshqarish, o’z navbatida, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida yuz bergan va berayotgan jarayonlar, xo’jalik faoliyatini olib borayotgan sub‘ektlarning mablag’lari, ularni tashkil etish manbalari, erishayotgan natijalari va boshqa jihatlari to’g’risidagi axborotlarni mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Bunday axborotlarni o’zida mujassamlashtiruvchi vosita bo’lib xo’jalik hisobi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarining hisobi-xo’jalik yuritishning muhim omili bo’lib korxonaning ishlab chiqarish zahiralariga ega bo’lishligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralaribu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat predmetlaridir. Tovar-deganda korxonaning sotish uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan moddiy aktivlari tushuniladi. Bu turdagi aktivlarning harakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ular iste‘mol qiymatiga ega bo’ladi, ya‘ni odamlarning iste‘mol talablarini qondiradi;
Ular qiymatga ega bo’ladi, ya‘ni pulda ifodalangan bahoga ega bo’ladi;
Aylanma aktivlar bo’lib hisoblanadi, ya‘ni ma‘lum bir sikl davomida ularning zahiralari yangilanib turadi;
Pulga va boshqa aktivlarga almashtiriladi;
Investitsiya vositasi sifatida qo’llaniladi;
Ijaraga berish ob‘ekti hisoblanmaydi.


Ishlab chiqarish aktivlari
4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq, ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lgan aktivlar kiradi:

  • Xom- ashyo va materiallar- mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish (bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari;

  • Yarim tayyor mahsulotlar ( polufabrikatlar ) bu ishlovning ma‘lum texnologik bosqichlaridan o’tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi mumkin bo’lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari;

  • Butlovchi qismlarbu buyumni bir butun holatga keltirishda zarur bo’lgan qismlari.

  • Yoqilg’i –bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan yoqilg’ilar (benzin, kerosin, salyarka, suyultirilgan gaz va boshqalar);

  • Moylash materiallaribu texnik vositalarni ishlatishga ketadigan solidol, aftol va shu kabi moylar.

  • Ehtiyot qismlarbu texnik vositalarning tarkibiy unsurlari ( porshen, gilza, ballon, kamera va boshqalar);

  • Qurilish materiallari – bu ob‘ektlarni qurish, ta‘mirlashda qullaniladigan materiallar (g’isht, taxta, sement va boshqalar);

  • Yem-xashaklarbu korxonalarning balansida turgan hayvonlarni saqlash, o’stirish, boqish uchun yetishtirilgan, sotib olingan omuxtalar, ko‗kat o‗tlar, silos, yontoq, samon va shu kabi yem-xashaklar.

  • Tara- bu mahsulotlarni o‗rashda, tashishda, saqlashda ishlatiladigan aktivlar ( butulka, bochka, yashik , xalta va boshqalar );

Ishlab chiqarish zahiralariga yuqoridagilardan tashqari istesno tariqasida inventarlar va xo'jalik buyumlari, shuningdek o’stirishdagi va boquvdagi mollar ham kiradi.


Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra asosiy va yordamchi zaxiralarga bo’linadi.



Download 21.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling