Tovar moddiy zaxiralar chiqib ketishining hisobi va auditi


Download 248.85 Kb.
bet23/29
Sana26.10.2023
Hajmi248.85 Kb.
#1724307
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar chiqib ketishining hisobi va auditi-www.hozir.org

3-bob bo`yicha xulosa 
Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida

tovar moddiy zahiralar auditini 


takomillashtirish yo’nalishlari tartibi yoritilgan. Xususan, mazkur bobda tovar-
moddiy zaxiralar auditini rejalashtirish va ichki nazorat tizimini baholash tartibi 
aniqlash. Sof sotish (realizatsiya qilish) qiymati - TMZlarni ishlab chiqarishning
nihoyasiga etkazilishi va mahsulotning sotilishi bilan bog’liq butlashga oid 
chiqimlar chegirilgan holda realizatsiya qilishning hisob-kitob bahosidir. Ya’ni, sof
sotish qiymati ularning haqiqiy ko’rinishidagi zahiralar bozor bahosining o’zginasi 



67


emas. U sotishning haqiqatdagi bahosi ayiruv ishlab chiqarish jarayonining
nihoyasiga etkazilguniga qadar bo’lgan barcha keyingi chiqimlar qo’shuv 
marketing natijasidagi barcha chiqimlar sifatida belgilanishi mumkin.
Sof sotish qiymati o’xshash tovarlarning birliklari yoki guruhlari uchun 
ko’rib chiqilishi kerak. Zahira qiymatini butunlay ko’rib chiqish, keyin esa
umumiy qiymat yoki sof sotish qiymatini belgilash maqbul emas. 
Moddiy javobgar shaxslar o’zgarganda (shuningdek ular kasal bo’lgan,
ta’tilga chiqqan davrda) tovar-moddiy zahiralarning boshqa shaxs javobgarligiga 
o’z vaqtida va to’g’ri belgilanganligi hamda bunda aniqlangan tafovutlar
buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilganligi korxona buxgalteriyasida 
tekshirilishi zarur. Ko’pincha tovar-moddiy zahiralarni javobgarlik uchun berish
rasmiyatchilik bilan, faqat hisobga olish ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi, 
bu esa keyinchalik tovar-moddiy zahiralar kamomadi aniqlanganda, moddiy
javobgar shaxslar o’zlarini oqlash uchun shu holatni asosiy sabab qilib 
ko’rsatishlariga asos bo’ladi.
Auditor moddiy resurslar sarfi haqidagi ma’lumotlar haqiqiy sarfga 
muvofiqligi hisobotda aks ettirilishini tekshirishi kerak. Agar hisobot ma’lumotlari
bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar ortiqcha sarflanganligi aniqlansa, auditor eng 
avvalo, uni keltirib chiqargan omillarni aniqlashi kerak. Bunda materiallarning
qaysi turlari bo’yicha ortiqcha sarflanishga yo’l qo’yilganligi, materiallar sarfi 
rejasi amaldagi normalarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi aniqlanishi,
shuningdek korxonada amal qiluvchi sarflash normalari kim tomonidan, qachon va 
ishlab chiqarishning qaysi texnik darajasi uchun tasdiqlanganligi tekshirilishi
zarur.




68



Download 248.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling