Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja
-jadval Tovar-moddiy zaxiralar to‘g‘risida ma’lumotlar
Download 159.27 Kb.
|
13-mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar Buyumlar miqdori Birlik bahosi Summa
- Davr oxirida qolgan TMZ 80
- 41-jadval FIFO va AVECO usullari
- Jami, so‘m
- Sof sotish qiymati
- Asosiy tovar guruhlari usuli
- 13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari
40-jadval
Tovar-moddiy zaxiralar to‘g‘risida ma’lumotlar
Donalab baholashda, kamroq qiymati tanlangan bo‘lsa, 18900 so‘mni (120 x 90) + (70 x 100)+(10x110), agar tannarxi eng yuqori bo‘lgan 150 ta buyum tanlangan bo‘lsa, O‘rtacha qiymatda esa 19784 so‘m (200 x 98,92) bo‘ladi, ya’ni 27700 : 280 = 98,92. FIFO usulida, 18900 so‘m (120 x 90) + (70 x 100) + (10x110)ni tashkil etadi. Bu usullarni solishtiradigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (bu yerda donalab baholash usuli aniq tanlab olingan buyumlarga bog‘liq bo‘ladi). 41-jadval FIFO va AVECO usullari
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 4-son BHMSga muvofiq FIFO usulini qo‘llash maqsadga muvofiq, chunki ishlab chiqarish zaxiralari qiymati hisobot davri oxirida joriy bahoga yaqinroq bo‘ladi va korxona aylanma aktivlarini aniq aks ettiradi. Sof sotish qiymati – tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. Har bir modda bo‘yicha usul - tovar-moddiy zaxiralarning har moddasi (navi, markasi, turi va shu kabilar) tannarxi va sof sotish qiymati solishtiriladi (taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti har bir modda bo‘yicha moliyaviy hisobotga kiritiladi. Asosiy tovar guruhlari usuli - tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti, TMZlarning har bir kategoriyasi yoxud guruhi bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib aniqlanishi ko‘zda tutiladi. Zaxiralar umumiy hajmi usuli - tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining umumiy summasi va sof sotish qiymatining umumiy summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.5 Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish.Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab “Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotida aks ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish. Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas, chunki sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisob-kitob qilish quyidagi formula bilan amalga oshiriladi: Download 159.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling