Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi mundarija kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari


Download 139.88 Kb.
bet15/20
Sana08.05.2023
Hajmi139.88 Kb.
#1443699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etili

II bob bo’yicha xulosa
Xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar tannarxi shakllanishi va o’sib borish jarayonini aniqlash mumkin bo’ladi. Zaxiralar xarid jarayonidan harakatlanardi va harakatlanishi natijasida xarajatlar moddalari unga qo’shilib boradi, ya’ni u xarajatlarni o’zida jamg’arib o’zining summadagi massasini oshirib boradi. Bu harakat tovar-moddiy zaxiralarni sotishga tayyor holga olib kelgunga qadar davom etadi. Xalqaro va milliy standartlarni solishtirish natijasida quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin. 
Birinchidan, milliy standartda TMZlarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar uning xarid qiymati (etkazib beruvchiga to’lanadigan summalar)dan ajratilgan holda ko’rsatilgan. Xalqaro standartda esa bu bitta ya’ni zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar moddasida ko’rsatilgan. 
Ikkinchidan, milliy standartda TMZlarni qayta ishlash xarajatlari alohida modda sifatida kiritilmagan, standartning keyingi moddalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini aniqlash tartibi ko’rsatilgan. Standartda zaxiralar va ularning harakati davomida tannarxining shakllanib borishi hamda o’sishi tartibi ko’rsatilishi kerak. Zaxiralarning harakati deganda, u savdo korxonasi yoki ishlab chiqarish korxonasi bo’lsin, u xariddan boshlab uning tannarxi to’liq shakllanishgacha bo’lgan jarayondagi siljishi tushuniladi. 
Uchinchidan, zaxiralarni xarid qilinishi bilan bog’liq xarajatlar bilan ularni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlar tushunchalarini farqlash lozim. Milliy standartda zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlar transport-tayyorlov xarajatlarining tarkibiy qismida keltirilgan. Xalqaro standartda esa xarid bilan bog’liq xarajatlarga kiritmasdan uni alohida uchinchi modda sifatida e’tirof etilgan. Bu xarajatlar zaxiralar qayta ishlangandan keyin ularni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, ular zaxiralar tannarxiga bevosita bog’liq bo’ladi. Demak, bu xarajatlar zaxiralarni qayta ishlangandan keyin yuz berib zaxiralar tannarxini oshishiga olib keladigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonidan keyin yuz berganligi bois, ularni milliy standartlarda qayd qilinganidek, transport-tayyorlov xarajatlari tarkibiga kiritib bo’lmaydi, chunki ular oxirgi bosqichdagi jarayonda, ya’ni ishlab chiqarishdan keyin yuz beradi.


Download 139.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling