Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi reja: Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari


Download 341.05 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi341.05 Kb.
#1545526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etili

Birinchidan, milliy standartda TMZlarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar uning xarid qiymati (etkazib beruvchiga to’lanadigan summalar)dan ajratilgan holda ko’rsatilgan. Xalqaro standartda esa bu bitta ya’ni zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar moddasida ko’rsatilgan. 
Ikkinchidan, milliy standartda TMZlarni qayta ishlash xarajatlari alohida modda sifatida kiritilmagan, standartning keyingi moddalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini aniqlash tartibi ko’rsatilgan. Standartda zaxiralar va ularning harakati davomida tannarxining shakllanib borishi hamda o’sishi tartibi ko’rsatilishi kerak. Zaxiralarning harakati deganda, u savdo korxonasi yoki ishlab chiqarish korxonasi bo’lsin, u xariddan boshlab uning tannarxi to’liq shakllanishgacha bo’lgan jarayondagi siljishi tushuniladi. 
Uchinchidan, zaxiralarni xarid qilinishi bilan bog’liq xarajatlar bilan ularni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlar tushunchalarini farqlash lozim. Milliy standartda zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlar transport-tayyorlov xarajatlarining tarkibiy qismida keltirilgan. Xalqaro standartda esa xarid bilan bog’liq xarajatlarga kiritmasdan uni alohida uchinchi modda sifatida e’tirof etilgan. Bu xarajatlar zaxiralar qayta ishlangandan keyin ularni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, ular zaxiralar tannarxiga bevosita bog’liq bo’ladi. Demak, bu xarajatlar zaxiralarni qayta ishlangandan keyin yuz berib zaxiralar tannarxini oshishiga olib keladigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonidan keyin yuz berganligi bois, ularni milliy standartlarda qayd qilinganidek, transport-tayyorlov xarajatlari tarkibiga kiritib bo’lmaydi, chunki ular oxirgi bosqichdagi jarayonda, ya’ni ishlab chiqarishdan keyin yuz beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Normativ-huquqiy xujjatlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - O‘zbekiston, Yangi taxriri. 2017 yil tasdiqlangan.

  2. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, Yangi taxriri. 2016 yil 13 aprel.

  3. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Yangi taxriri. 2017 yil tasdiqlangan.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ish va xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini shakllantirish tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomi.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari” 2018 yil.


Download 341.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling