Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi mundarija kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari
-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarning asosiy guruhlari7
Download 139.72 Kb.
|
Abdimurodov Dissertatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Tovar moddiy zaxiralar kirimi va ularning qiymati 10
- 2-jadval Tovar moddiy zaxiralarning baholanishi 11
- . Tovar-moddiy zaxiralar harakatining auditi
- Ombor xo’jaligini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish tartibi
- II bob b o’yicha xulosa
- III bob. Xo’jalik yurituvchi subektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligi auditini takomillashtirish yo’llari.
- Tovar-moddiy zaxiralari audit oby е ktlari
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Normativ -huquqiy xujjatlar
- 2. O’zbekiston respublikasi Prezident lar i asarlari va ma’ruzalari
- 3. Darslik va o‘quv adabiyotlari
- Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar)
4-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarning asosiy guruhlari7. Tovar-moddiy zaxiralarni tannarx bo’yicha baholash tartibida tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi: a) tovar-moddiy zaxiralarining sotib olish xarajatlari, jumladan, xarid qiymati (schyot-fakturada ko’rsatilgan summadan xarid chegirmalarining ayirmasi), bojxona to’lovlari va boshqa soliqlar (qoplashga mo’ljallanganlarning ayirmasi bilan), fraxt qiymati (yuklash, tushirish ishlari va tovarning yo’ldagi sug’urtasini hisobga olgan holda), xarid bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlardan; b) qayta ishlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq xarajatlardan, jumladan: 1. xom-ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda stanok va asbob-uskunalarda bevosita band bo’lgan ishchilarning mehnat haqini to’lash va ijtimoiy sug’urtalash xarajatlari; 2. xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish uchun sarflangan doimiy va o’zgaruvchan ishlab chiqarishning ustama xarajatlarni doimiy tartibda taqsimlashdan iborat. v) joriy davrda TMZni tayinlangan joyga eltib berish uchun transportirovka yoki ularni kerakli holatga keltirish jarayonida (tayyor mahsulotni omborga olib borish, tovarni shaxsiy buyurtmalar asosida bichish va yig’ish xarajatlari va boshqalar) sarflangan boshqa xarajatlar. Tovar moddiy zaxiralar qiymatini to`g`ri aks ettirish hisob siyosating asosiy elementlaridan biridir8. Odatda buxgalteriya hisobi va soliq solish amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish qiymati (yetkazib beruvchi to’lanadigan summalar) va ularni sotib olish bilan bog’liq barcha xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning sotib olish qiymati deb ataladi. Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga (ya'ni sotib olish qiymatiga) quyidagilar kiradi: • boj to’lovlari va yig’imlari; • bir birlik tovar-moddiy zaxira sotib olishdagi soliqlar va yig’imlar summasi (agar ular korxonaga qoplanmasa); • tovar-moddiy zaxiralarni sotib olishda qatnashgan ta'minotchi va vositachi korxonalarga to’lanadigan komission mukofotlar; • tovar-moddiy zaxiralarni sertifikasiya qlish va ularni sotib olish bilan bog’liq texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o’tkazish bo’yicha xarajatlar; • tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ulardan kundalik foydalanish manziliga yetkazib berish bilan bog’liq xarajatlar. Ularga transport-tayyorlov xarajatlari, yuklash-tushirish ishlari uchun tariflarni to’lash (fraxt) hamda tovar-moddiy zaxiralarni kundalik foydalanish joyiga transportirovka qilish, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarni transportirovka qilish tavakkalchiliklarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar kiradi; • tovar-moddiy zaxiralarni sotib olishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo’lishini tasdiqlovchi boshlang’ich hujjatlarga asosan aniqlanadi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, “Zaxiralar” nomli 2-son moliyaviy hisobotning xalqaro standartida 2015 yil 1 yanvardan bozor qiymatida baholashtavsiya etilgan9. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisoblash usullari quyidagilardan tashkil topgan: a) yalpi identifikasiya usuli, aniq xarajatlarga asoslangan bo’lib o’zaro almashtirilmaydigan konkret birliklari maxsus individual buyurtmalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar va xizmatlarning tannarxini hisoblash uchun qo’llaniladi. b) o’rtacha tortilgan qiymat usuli - TMZ har bir birligining qiymati hisobot davrining boshida bir turli TMZ birliklari va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli TMZ birliklarining o’rtacha tortilgan qiymati bo’yicha aniqlanadi. TMZ birligining o’rtacha tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini ushbu zaxiralar birliklarining soniga bo’lish bilan aniqlanadi. v) birinchi xarid baholari bo’yicha baholash usuli (FIFO - birinchi kirim birinchi chiqim) birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan tartibga asoslangan. g) oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli (LIFO) - oxirgi xarid qilingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniqlash uchun, hisobot davrining oxiriga bo’lgan zaxiralarning tannarxi esa birinchi navbatda xarid qilingan tovarlarning tannarxi asosida hisobga olinadi, degan taxminga asoslangan. Masalan: Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisoblash usullari. “Pharmaline Impextrade” mas’uliyati cheklangan jamiyati yil davomida quyidagi TMZni xarid qildi va yil oxirida omborxonada 400 birlik mahsulot bor edi. Realizasiyadan kelgan sof tushum 2500000 so’mni tashkil etdi. 1. Birinchi xarid narxlarida baholash usuli (FIFO) ni qo’llab, sotilgan mahsulotning tannarxini va davr oxiridagi zaxiralarga taqsimlangan xarajatlar quyidagi tartibda aniqlanadi: 1-jadval. Tovar moddiy zaxiralar kirimi va ularning qiymati10
Realizasiyadan tushgan daromad 2500000 Sotishga tayyor mahsulotlarning tannarxi 2670000 Davr oxiridagi TMZ (400x1500 so’m) 600000 Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 2070000 Realizasiyadan olingan yalpi foyda 430000 2. O’rtacha tortilgan qiymat usulini qo’llab, sotilgan mahsulotning tannarxini va hisobot davrining oxiridagi zaxiralarga taqsimlangan xarajatlar quyidagi tartibda aniqlanadi: Tovar birligining o’rtacha hisoblangan qiymati (2670000/2100) 1271,4 so’m Realizasiyadan tushgan daromad 2500000 Sotishga tayyor mahsulotlarning tannarxi 2670000 Davr oxiridagi TMZ (400x1271,4) 508560 Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 2161380 Realizasiyadan olingan yalpi foyda 338620. 3. Oxirgi xarid narxlarida baholash usuli (LIFO)ni qo’llab, sotilgan mahsulotlarning tannarxi va davr oxiridagi zaxiralarga taqsimlangan xarajatlar quyidagi tartibda aniqlanadi: Realizasiyadan tushgan daromad 2500000 Sotishga tayyor mahsulotlarning tannarxi 2670000 Davr oxiridagi TMZ (400x1100) tannarxi 440000 Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 2230000 Sotuvdan kelgan yalpi foyda 270000 Usullarni taqqoslash
Tovar-moddiy zaxiralarni sof realizasiya qiymati bo’yicha baholash. Tovar-moddiy zaxiralar shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o’z tannarxidan past bahoda realizasiya qiymatida baholanishi mumkin. Sof realizasiya qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. Tovar-moddiy zaxiralari sof realizasiya qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman hisobdan chiqariladi:
moddalar bo’yicha usuli - bunda tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi baholanadi; asosiy tovar guruhlarining usuli - bunda tovar-moddiy zaxiralarining guruhi baholanadi; v) zaxiralarning umumiy darajasi usuli - bunda hamma tovar-moddiy zaxiralari baholanadi. Tovar-moddiy zaxiralar xo’jalik sub'ektining o’zida tayyorlanganda ularning haqiqiy tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi qabul qilinadi, tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan haqiqiy tannarxi O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligi va tegishli standartda belgilangan holatlardan tashqari, o’zgartirilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan haqiqiy tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash natijasida o’zgartirilishi mumkin. . Tovar-moddiy zaxiralar harakatining auditi Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to'g'ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zahiralar bilan bog'liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo'lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi. Bizga ma'lumki O'zbekiston Respublikasida Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni baholash tartibi O'zbekiston Respublikasida «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son buxgalteriya hisobi milliy standartiga asosan olib boriladi. Mazkur hisob standartiga 2-son «Ishlab chiqarish zahiralari» nomli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hamda tovar-moddiy zahiralar hisobiga doir xalqaro hisob hujjatlari ilmiy-amaliy asos bo'lib hisoblanadi. Yuqorida nomlari keltirilgan buxgalteriya hisobining ikki milliy va xalqaro standartining bir-biri bilan o'ziga xos o'xshash va farq qiluvchi xususiyatlari mavjuddir. Ushbu ikki hisob standartini quyida keltirilgan xususiyalari orqali qiyosiy tahlil etish mumkin: Birinchidan, Tovar-moddiy zahiralarining mohiyati va ularni baholash tartibi. Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan davlatlarda tovar-moddiy zahiralarni keltirish va tayyorlash bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish va haqiqiy tannarxini aniqlash xususiyatlari. Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi va xalqaro buxgalteriya amaliyotida tovar-moddiy zahiralarni baholash xususiyatlari. To'rtinchidan, tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish usullarining qo'llanilishi va ular holatini moliyaviy hisobotda aks ettirish xususiyatlari. O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 4-son milliy standarti xalqaro amaliyotdagi 2-son xalqaro hisob standartidan farqli ravishda, unda tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish va ularni baholashning O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya tizimi, hisob siyosati xususiyatlari hamda milliy iqtisodiyotimizdagi korxonalar faoliyatining o'ziga xos va mos bo'lgan jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga ko'ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo'yicha baholanadi. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va ularni manzilga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog'liq bo'lgan transport tayyorlov xarajatlarini o'z ichiga oladi. Tovar-moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig'imlarini, mahsulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta'minot, vositachi tashkilotlarga to'langan komission to'lovlarni, soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari savdo diskontlari ishlovlari va shunga o'xshash boshqa chegirmalar TMZni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. “Ishlab chiqarish zahiralari” nomli №2-son buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 1976 yil 1 martdan boshlab kuchga kiritilgan. Ushbu standart moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholash va moliyaviy hisobotda haqiqiy tannarx sistemasi bo'yicha aks ettirish hamda moliyaviy hisobot tuzish asosida qo'llaniladi. Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular tovar-moddiy zahiralar deb ataladi. Tovar-moddiy zahiralar hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Tovar-moddiy zahiralar harakati bilan bog'liq o'zgarishlarni vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish. 2. Tovar-moddiy zahiralarni joylashda ularning to'g'ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish. 3. Moddiy-texnika ta'minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish. 4. Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarishga to'g'ri berilishi va ularni sarflash me'yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. 5. Hisoblashda sarflangan tovar-moddiyzahiralarni kal`kulyatsiya ob'ektlari o'rtasida to'g'ri taqsimlash. 6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan tovar-moddiy zahiralarni aniqlash va sotish. Korxonalarni moddiy zahiralar bilan ta'minlash va ularni saqlash bo'yicha vaziyat murakkab bo'lib qolmoqda. Bu nafaqat moddiy zahiralarning kamyob bo'lganligi, ma'lum darajada ular korxonada saqlanishi bilan ham bog'liqdir. Shu bois, ombor xo'jalishning holati va moddiy resurslar saqlanishini tekshirish auditorlik muolajalarining eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan ombor xo'jaligining holati va moddiy resurslarning saqlanishi to'g'risida to'liq ma'lumot olib bo'lmaydi. Korxona faoliyatining ushbu bo'limini to'liq tekshiruvdan o'tkazish uchun auditor moddiy zahiralar saqlanadigan omborlar, xonalar, ustaxonalar va boshqa joylarni o'rganib chiqadi. Tekshirish jarayonida moddiy zahiralar saqlanishini tashkil etishdagi kamchiliklar aniqlanadi (tibbiy, harorat, saqlanishda lozim bo'lgan havo namligi me'yorlari, boyliklarni taxlash me'yorlariga rioya qilinishi, ularda yorliqlar, ma'lumotlar va boshqalar mavjudligi), yong'inlarni oldini olish vositalarning holati (mas'ul shaxslarga biriktirilishi, kerakli asboblar bilan ta'minlanganligi, yong'indan muhofaza qilish vositalari va boshqalar); omborlar texnikaviy uskunalar va kerakli bo'lgan asboblar bilan ta'minlanganligi va ular to'g'ri ishlatilayotganligi. Tekshirish jarayonida moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bilan bog'liq bo'lgan xodimlarlarga moddiy javobgarlik mas'uliyati yuklatilganligini tekshirishga alohida o'rin ajratiladi. Moddiy javobgar shaxslar o'z xizmat vazifalarini bajarishni boshlashdan oldin moddiy zahiralarni qabul qilish hamda saqlanayotgan joylarda ular hisobini yuritish qoidalarini o'rganib chiqishlari kerakligini ko'zda tutish lozim. Moddiy zahiralar saqlanishini ta'minlash bo'yicha muhim shartlardan quyidagilar hisoblanadi: xodimlarning majburiyatlari va huquqlari, ularning ish vaqti, zahiralarni qabul qilish va berish tartibi, ularni hujjatli rasmiylashtirilishi, omborlarda miqdoriy hisobni yuritilishi, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari, belgilangan andozalar yoki mansab yo'riqnomalari ishlab chiqilishi va moddiy javobgar shaxslarga taqdim etilishi. Ushbu savollar tanishib chiqish jarayonida o'rganilishi lozim. Moddiy zahiralar saqlanayotgan joylar bilan tanishib chiqishda, moddiy javobgar xodimlardagi hujjatlar bo'yicha moddiy zahiralar qabul qilinishi va berilishida ular o'z vaqtida rasmiylashtirilishi va ombordagi hisob daftari yoki varaqalariga o'z vaqtida tegishli yozuvlar kiritilganligi tekshiriladi. Omborlarda hisobot vaqtida buxgalteriyaga topshirilmagan hujjatlar mavjudligi hamda ombor bo'yicha hisob yuritish hujjatlari omborda materiallar va tayyor mahsulotlar ortiqcha mavjudligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ular bir necha xil usullar bilan tashkil etilishi mumkin: xom ashyo va materiallarni og'irligi, yog'lik miqdori, semizligi, namligi bo'yicha almashtirish va navini pasaytirish hisobiga; tayyor mahsulotlarni xaridorlarga berishda kam tortish, hisobda aldash, noto'g'ri o'lchash hisobiga; ularni tashishda yoki omborlarda saqlashda nobud bo'lgan deb asossiz dalolatnomalarni rasmiylashtirish hisobiga. Odatda moddiy zahiralarning hisobga olinmagan ortiqcha miqdorlari hisobga olinganlardan alohida saqlanadi yoki oldindan tayyorlangan tokchalarga, alohida omborlarga va boshqa joylarga berkitib qo'yiladi, shuning uchun ularni aniqlash unchalik qiyinchiliklar tug'dirmaydi. Tanishib chiqish jarayonida hisobga olinmagan materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa zahiralarni aniqlash uchun ombor bo'yicha hisob ma'lumotlaridan foydalanish mumkin. Agar hisobga olinmagan ortiqcha zahiralar tashkil etilsa, ombordagi hisobda ma'lum bir davrda ma'lum bir turdagi zahiralar bo'yicha chiqim kirimdan ortiq bo'ladi, va, shunday qilib, tegishli zahiralarning hisobga olinmagan ortiqcha miqdori yig'ilib boriladi. Ushbu ortiqcha chiqim zahiralarning shunga o'xshash nomlari va navlarining keyingi olinishi va kirim qilinishi hisobiga qoplanadi. Bunday ortiqcha miqdorlar, odatda, zahiralarning amaldagi mavjudligini aniqlash uchun o'tkaziladigan inventarlashdan oldin, zahiralarning keyingi olinishi yoki tovarsiz hujjatlar yozilishi hisobiga olib qo'yiladi. Moddiy zahiralar talon-toroj qilinishining oldini olish bo'yicha asosiy omillaridan biri korxonada nazorat-ruxsatnoma tizimi yetarli darajada tashkil etilganligiga bog'liqdir. Ruxsatnomalarni ro'yxatga olish, yuklarni avtomobil tarozlarida o'lchash daftarlari, ko'riqchi-nazoratchilar va militsiya idoralari xodimlarining korxona xududidan tegishli ravishda rasmiylashtirilmasdan olib chiqilgan moddiy zahiralar to'grisidagi xabarlari, aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan buyruqlar (farmoyishlar) tekshiruv manbalari bo'lib hisoblanadi. Tekshiruv oxirida tekshiruvchilarning o'zlari moddiy zahiralar kelib tushishi va tayyor mahsulotlarning chiqarilishi yuzasidan nazoratli tekshiruv o'tkazishlari, materiallar va tayyor mahsulotlarning ayrim turlari bo'yicha nazoratli inventarlash o'tkazishlari mumkin. Ombor xo'jaligining holati va moddiy zahiralar saqlanishining ta'minlanishi bilan tanishish keyingi hujjatli tekshiruv bilan birgalikda moddiy zahiralarning saqlanishi to'g'risida asosli xulosalar chiqarish va xatolarni oldini olish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Korxonalarda mol-mulkning saqlanishini ta'minlash uchun moddiy javobgarligi bo'lgan lavozimlarga xodimlarni to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Ushbu lavozimlarga maxsus tayyorgarchilikka ega bo'lmagan va avval talon-torojlik va suiiste'molchiliklar uchun ishdan bo'shatilgan shaxslarni tayinlash mumkin emas. Shuning uchun, xodimning shaxsiy jildida mavjud bo'lgan hujjatlarni (mehnat daftarchalari, ma'lumoti to'g'risidagi hujjatlar, buyruqlardan ko'chirmalar) taftish qilishda moddiy javobgar shaxslarni tanlash bo'yicha yuqorida qayd etilgan talablarga rioya qilinishi tekshiriladi. Avval suiiste'molchiliklari uchun sudlangan shaxslarda, albatta, zahiralar bo'yicha inventarlash o'tkazilishi va ularga topshirilgan moddiy zahiralar harakati bo'yicha hujjatlar yoppasiga tekshirilishi lozim. Korxonaning ishlab chiqarish dasturi muvaffaqiyatli ijro etilishi u moddiy zahiralar bilan qay darajada ta'minlanganligiga bog'liqdir. Shuning uchun tekshiruv jarayonida ishlab chiqarish dasturi moddiy zahiralar bilan o'zaro bog'langanligiga e'tibor qaratiladi. Shu maqsadlarda moddiy zahiralarga bo'lgan ehtiyojlar bo'yicha hisob-kitoblar o'rganib chiqiladi. Bunda, materiallarga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar xom asheqasosiy va yordamchi materiallarning sarf-xarajatlari amaldagi me'yorlarga muvofiq, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda tuzilganligi, ishlab chiqarish zahiralari esa belgilangan me'yorlarga muvofiq hisoblanganligi va tayyor mahsulotni to'xtovsiz ishlab chiqarish imkoniyatini berishligi tekshiriladi. Agar tekshiruv dasturi bilan tovar zahiralarini chuqurroq tahlil qilish rejalashtirilgan bo'lsa, iqtisodiy tahlil uslubini qo'llash yo'li bilan moddiy zahiralar bilan ta'minlanganligiga va ulardan foydalanishga baho beriladi. Bunda istiqboldagi zahiralarni aniqlashga alohida e'tibor qaratiladi. Tezkor va xizmat yuzqsidan qo'llaniladigan ma'lumotlar auditorlik muolajalar jarayonida o'rganish ob'ekti bo'lib hisoblanadi. Tezkor hisobda (odatda kelib tushgan yuklarni ro'yxatga olish daftari) har bir mol yetkazib beruvchi bo'yicha moddiy zahiralar turi va yetkazib berish muddatlari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Avvalambor, tekshirilayotgan korxonada ushbu hisob qanday amalga oshirilayotganligi ya'ni, har bir mol yetkazib beruvchi bo'yicha shartnoma (kontrakt)larda materiallar turi va yetkazib berish muddatlari ko'rsatilganligi va haqiqatda yetkazib berilgan materiallar turlari bo'yicha va yetkazib berish muddatlari ko'rsatilganligi o'rganib chiqiladi. Buxgalteriya hisobida aks etilgan ma'lumotlarni solishtirish yo'li bilan tezkor hisobda keltirilgan ma'lumotlar ishonchliligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarilishi to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjudligi shartnoma (kontrakt) shartlarini buzgan mol yetkazib beruvchilarni aniqlash imkoniyatini beradi. Agar bunday kamchiliklar sodir etilgan bo'lsa, shartnomaviy intizomni buzganlarga nisbatan jarima yoki boshqa da'volar qo'llanilganligi va ular korxonaga ushbu jarimalar summasini to'langanligi aniqlanadi. Taqdim etilgan jarima va da'volarni qoniktirishga e'tiroz bildirilsa, da'vo qilish muddatlari o'tib ketganligi yoki da'vo hujjatlari xo'jalik sudlari orqali noto'g'ri va to'lixqsiz rasmiylashtirilganligi bilan bog'liqligi va bunga aybdor bo'lgan shaxslar aniqlanadi. Bunday ma'lumotlarni "Da'volar bo'yicha olinadigan hisobvarahlar" guruhiga oid buxgalteriya hisobi registrlari va ushbu registrlarda aks etilishiga asos bo'lgan hujjatlar hamda takdim etilgan da'volar bo'yicha xizmatga oid o'zaro xat yozishmalar materiallaridan olish mumkin. Moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligini tekshirish uchun ma'lumot manbalari bo'lib boyliklar mavjudligi va harakati to'g'risida ma'lumot to'planadigan hisobvaraqlarning ("Material-larni tayyorlash va sotib olish", "Materiallar qiymatidagi farqlar", "Materiallar hisobi bo'yicha hisobvaraqlar" va boshqalar) sintetik va tahliliy registrlari, dastlabki hujjatlar ilova qilingan moddiy javoogar shaxslar hisobotlari, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi bo'yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari va boshqalar hisoblanadi. Sotib olinadigan moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligi va to'g'ri baholanganligini tekshiruvi boshlanganda, avvalambor, moddiy zahiralar hisobi qaydnomalarida aks etilgan yakuniy summalar boshkqa hisob registrlari (jurnal-orderlar, mashinogram-malar) ma'lumotlariga muvofiqligi tekshiriladi. Shuning bilan bir qatorda, balans hisobvaraqlari bo'yicha sintetik va tahliliy hisobdagi yozuvlar uning bo'limlaridagi yozuvlarga mos kelishini tekshirish lozim. Farqlar bo'lgan holda uning sabablari aniqlanadi. Bubuxgalterlar tomonidan o'z xizmat vazifalarini bajarishga beparvolik bilan qarash oqibatidan kelib chiqishi mumkin, bir qator holatlarda esa, bu boyliklarni to'liq kirim qilinmaslik natijasidir. Operatsiyalar hisobi chiziqli-pozitsiya usuli bilan olib boriladigan "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar to'lanadigan hisobvaraqlar" hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalar tekshiruviga alohida e'tibor berish lozim. Hisobvaraqning debetida mol yetkazib beruvchiga berilgan moddiy zahiralari bo'yicha qarzlar qoplanishi, kreditida esa ularning kelib tushishi (kirim hilinishi) aks etiladi. Oyning ohirida, odatda, ushbu hisobvaraqda debet qoldig'i bo'lmasligi kerak. Moddiy zahiralar olinishi uchun berilgan bo'naklar, qo'yilgan akkreditivlar, berilgan va aktsept qilingan veksellarga oid har biqsumma bo'yicha alohida moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligi, ayrim bo'naklar, akkreditivlar, veksellar bo'yicha mol yetkazib berish muddatlari o'tib ketmaganligi, materiallarni yetkazib berish muddatlari o'tib ketish sabablari aniqlanadi. Moddiy zahiralarni kirim qilish uchun asosiy hujjatlar bo'lib moddiy-javobgar shaxslar hisobotlariga ilova qilingan, mol yetkazib beruvchilar tomonidan materiallarga ilova qilingan hujjatlar hisoblanadi, bular: tovar-transport yuk xatlari, hisobvaraq-fakturalar, spetsifikatsiyalar, qadoqlash yorliqlari, sifat guvohnomalari, kabul qilish hujjatlari, chiptalar hamda yukdan, uning qadoqlanganidan va yetkazib berish usulidan kelib chiqadigan boshqa hujjatlar. Kelib tushgan boyliklarni rasmiylashtirish uchun ichki hujjatlar bo'lib yuk oluvchining tamg'asi bosilgan mol yetkazib beruvchilarning ilova qilgan hujjatlari, qabul qilish dalolatnomalari, kirim qilish yuk xatlari va yukni qabul qilish bo'yicha belgilangan tartibdan kelib chiqadigan boshqa hujjatlar bo'lishi mumkin. Moddiy zahiralarni to'liq kirim qilinishini tekshiruvi vaqtida ichki hujjatlar mol yetkazib beruvchining ilova qilgan hujjatlari bilan solishtiriladi. Tekshiruvchilar yetkazib berilgan moddiy zahiralarning miqdori va sifati bo'yicha aniqlangan farqlar yuzasidan dalolatnomalar to'g'ri tuzilganligini va mol yetkazib beruvchilar yoki temir yo'l (transport korxona)larga da'volar o'z vaqtida taqdim etilganligini o'rganib chiqadilar. Bunga o'xshash farqlar asosan moddiy boyliklarni o'zlashtirish maqsadida moddiy zahiralar kamomadi yoki navlari almashganligini berkitish uchun soxta dalolatnomalarni rasmiylashtirish bilan bog'liqdir. Moddiy zahiralarni kirim qilishda yoki ularning iste'mol sifatlarida (navlari, rusumlari, artikullari, o'lchamlari, namligi va boshqalarda) mol yetkazib beruvchilar yuborgan hujjatlarida ham soxtaliklar uchrashi mumkin. Shu bois, boyliklarni kirim qilish bo'yicha hujjatlarni tekshirishni nihoyatda diqqat bilan amalga oshirish va hujjatlarni ekspert sifatida baholashni yaxshi bilish lozim. Shubhali hujjatlarni moddiy javobgar xodimlar hisobotidagi yozuvlar bilan solishtirish kerak, hisobvaraqlar to'g'ri korrespondentlanganligi va shubhali hujjatlar asosida kirim qilingan boyliklar bo'yicha buxgalteriya hisobi registrlaridagi (jamlovchi qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar) yozuvlari to'g'ri amalga oshirilganligini tekshirish lozim. Zaruriyat bo'lsa, moddiy zahiralarni yetkazib bergan mol yetkazib beruvchilarda saqlanayotgan hujjatlar bilan muqobil tekshiruvi amalga oshiriladi. Moddiy zahiralarni to'g'ri baholash, avvalambor, ularning tahliliy va sintetik hisobi qanday tashkil etilganligi va yo'lga ko'yilganligiga bog'liq. Shuning uchun tekshirishda hisob tegishli hisobvaraqlar bo'yicha (xom ashyo va materiallar, sotib olinadigan yarim tayyor materiallar va jihozlash buyumlari, konstruktsiyalar va detallar, yonilg'i va boshqa bir xil turdagi guruhlar) 1000-sonli "Materiallar hisobi bo'yicha hisobvaraqlar" hisobvaraqlari guruhida va moddiy zahiralarning iste'mol qilish belgilaridan kelib chiqib har bir nomlanishi bo'yicha olib borilishi tekshiriladi. Undan keyin, moddiy boyliklarga ularning iste'mol qilish belgilaridan kelib chiqqan holda nomenklatura raqamlari qo'yilishi va ular ombordagi hisob bo'yicha dastlabki hujjatlarda aks etilishi tekshiriladi. Umumiy tekshiruvdan keyin hisobda moddiy zahiralarning sotib olish qiymati va ularning sotib olish bo'yicha transport xarajatlari aks etilgan dastlabki hujjatlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirishga kirishiladi. Agar kompaniya zahiralarni hisobga olish usulidan foydalansa, unda ishlab chiqarish xarajatlari to'g'risidagi axborot tovarlar va xizmatlarning sotib olinishi va ishlab chiqarish jarayonida ishlatilishiga qarab materiallar schyotlarida aks ettirib boriladi. materiallar schyotlarining sal`dosi uzluksiz ravishda aniqlab boriladi. Shuning uchun, bu schyotlarning qoldiqlarini xohlagan vaqtda bilish mumkin bo'ladi. Materiallarning olinishi «Materiallar zahiralari" schyotining debetida aks ettiriladi. Foydalanilgan Materiallarning qiymati, ishlab chiqarish ishchilariga to'langan ish haqi va umumzavod ustama xarajatlari "Tugallanmagan ishlab chiqarish" schyotida aks ettiriladi. Tayyorlangan buyumlarning tannarxi "Tayyor mahsulot zahiralari" schyotining debetida aks ettiriladi. Moddiy ishlab chiqarish zahiralari korxona aktivlarining anchagina qismini o'z ichiga oladi. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish zahiralarining baholanishi va taqdim etilishi korxona moliyaviy holatini va u bajargan ish natijalarini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarishning ustama xarajatlari materiallar va ishchi kuchi kabi to'g'ri xarajatlardan farqli o'laroq ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan tashkil topadi. Bilvosita materiallar va ishchi kuchi, amortizatsiya, bino va jihozlarni ta'mirlash, korxonaning boshqarish bo'yicha xarajatlar misol bo'la oladi. Ishlab chiqarishning ustama xarajatlari moddiy ishlab chiqarish qiymatliklarning joyini o'zgarishi bilan bog'liq ma'lum qismini tahlil qilishni talab qiladi. Bunda qiymatliklarning haqiqiy tannarxini aniqlashda ularning harakati bilan bog'liq xarajatlarni qo'shib qo'yishni hisobga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni davomida amalga oshirilgan muayyan va o'zgaruvchan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari harakati bilan bog'liq xarajatlari ham kiradi. Bunday tajriba bir vaqtning o'zida buyumlarning joylashgan joyi va bundan keyingi harakatiga taalluqligi haqidagi fikrlarga asoslangan bo'ladi. Muayyan ishlab chiqarishning ustama xarajatlariga ularning harakati bilan bog'liq xarajatlar kiradi. Muayyan ishlab chiqarish ustama xarajatlari ba'zan jami yoki qisman xarajati bilan bog'liq xarajatlaridan chiqarib tashlanadi, bunga ularning joylashtirilgan joyiga zahiralarning ko'chirilishi bo'yicha chiqimlariga bevosita taalluqli emasligi asos bo'ladi. Ishlab chiqarish darajasining pasayishi yoki korxona turg'unligi davri davomida odatda muayyan ishlab chiqarish ustama xarajatlarning harakati bilan bog'liq xarajatlarni cheklaydi, bunda ularni ishlab chiqarish quvvati sifatiga ketgan chiqimlarga yuklatiladi. Ishlab chiqarish quvvatining sifati turlicha talqin etiladi, masalan, bir qancha hisobot davri orqali erishilishi lozim bo'lgan mahsulot kabi yoki eng ko'p darajada imkoniyatga ega bo'lgan mahsulot kabi. Bunday talqin oldindan aniqlanadi, asta-sekinlik bilan qo'llanadi va vaqtinchalik sharoitlar uchun o'zgarmaydi. Xarajatlar so'mmasi: materiallar, ishchi kuchi, buyumlarni ular joylashgan joyga olib kelinishiga taalluqli bo'lmagan boshqa xarajatlar harakati bilan bog'liq xarajatlardan chiqarib tashlanadi. Moliyaviy hisobotda ishlab chiqarish zahiralarini aks ettirish tartibi. Moliyaviy hisobotdagi qiymatliklarni turkumlash iste'molchilarga turli kategoriyalarga mansub summalar va hisobot davridagi o'zgarishlar hajmi haqida axborot beri ishga imkon tug'diradi. Materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, tovarlar ishlab chiqarishga yetkazib berish kabi turkumlanadi. Balansda moddiy ishlab chiqarish qiymatliklari alohida moddaga kiritiladi. Ba'zi moddalar ayrim hollarda umumlashma tarzida ko'rsatiladi, masalan, «Moddiy ishlab chiqarish qiymatliklari», «Ishlab chiqarishdan tashqari yetkazib berish», «Tadqiqot va rivojlanish uchun yetkazib berish» nomlari bilan. Hisobot davridagi foyda va zararlar sotilgan yoki foydalanilgan qiymatliklar qiymatiga qo'shish va sof sotish qiymati bo'yicha hisobot davridagi har qanday hisobga olingan summa qo'shib yuborilishi lozim (agar aktivlarning boshqa hisoblariga taalluqli bo'lmasa).Moddiy ishlab chiqarish qiymatliklari balans va moliyaviy hisobot ilovalarida shunday turkumlanishi kerakki, ular korxona faoliyatining ma'lum turiga muvofiq aks ettirilgan va har bir qiymatlik turi bo'yicha so'mmalar ko'rsatilishi lozim. Moddiy ishlab chiqarish buyumlarini baholash uchun qabul qilingan hisob yechimlari, bahoning foydalaniladigan usullari bilan birgalikda hisobotda aks ettirilishi lozim. qiymatliklarga taalluqli hisob siyosatidagi joriy davrda, moddiy samaraga ega va keyingi hisobot davrlarida shunday samara berishi mumkin bo'lgan o'zgarish uni vujudga keltirgan sabablar bilan birgalikda aks ettirilishi lozim. Agar ular muhim bo'lsa, o'zgarish samarasi aks ettirilishi va miqdorda baholanishi lozim. Ombor xo’jaligini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish tartibi Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo’yicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi talab etiladi. yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo’lib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo’lda yuritilsa ikki nusxadan oshmasligi kerak. Materiallar harakati bilan bog’liq muomalalarni o’z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish ularning hisobini to’g’ri yuritishni ta’minlaydi. Korxonalarga materiallarning o’z vaqtida keltirilishini ta’minot bo’limi nazorat qilib boradi. Ta’minot bo’limi xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo’yicha e’tirozlar va da’volar qo’yish, korxonaga o’z vaqtida yetib kelmagan yuklarni topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchilarning shartnoma shartlariga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borish ishlab chiqarishni to’xtovsiz, o’z vaqtida davom etishini ta’minlaydi. Mol yetkazib beruvchilardan olingan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari, eng avvalo, korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ular tekshiriladi, so’ngra o’z vaqtida ro’yxatga olinadi. Shundan so’ng bu hujjatlar korxonaning ta’minot bo’limiga topshiriladi. Har bir schyot bo’yicha uning to’lanishi yoki to’lanmasligi aniqlanadi. Agar shartnoma shartlariga mol yetkazib beruvchilar to’la amal qilgan bo’lsa, schyotni to’lashga rozilik beriladi. To’lanishi lozim bo’lgan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari materialni qabul qilish uchun omborga beriladi. Materiallar korxonaga keltirilgunga qadar hamma hujjatlar maxsus papkada saqlanadi. O’z vaqtida yuborilmagan materiallar to’g’risida ombor mudiri korxonaning ta’minot bo’limiga tegishli chora ko’rilishi uchun xabar beradi. Odatda, mol yetkazib beruvchi korxonalardan materiallarni ta’minot bo’limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta’minotchi idish, plomba, tamg’a hamda materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish huquqini beradigan dalolatnoma tuziladi. Korxona o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan kelgan materiallar uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo’llanma hujjatlar (to’lov talabnomasi, schyot-faktura, tovar-transport yukxatlari) oladi. Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan materiallarni qayd qilish uchun ochilgan M-1 shaklidagi maxsus daftarda ro’yxatga olinadi hamda shartnomada ko’zda tutilgan talablarga mos kelishi nazoratdan o’tkaziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun buxgalter ekspeditorga M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi. Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnoma - korxona mol yetkazib beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o’z vakiliga beradigan hujjatidir. Korxona ishonchnomaning ikki - M-2 va M-2a shaklidan foydalanadi. M-2 shaklidan foydalanganida berish-olishlar haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma varaqasining qo’shimcha qismiga (koreshogiga) yoziladi, bu holda berilgan ishonchnomani maxsus daftarga yozib qo’yishga hojat qolmaydi. Korxona moddiy boyliklarni ommaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa maxsus daftarda ro’yxatdan o’tkaziladi. Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan holda beriladi, so’ngra u M-2b shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda daftarga imzo chekadi. Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan materiallarni omborga topshirganligi to’g’risidagi hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishi shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar belgilangan muddati o’tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o’tib ketgan ishonchnomalar bo’yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man qilinadi. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo’lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo’lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr qo’yishga ruxsat etiladi. Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki boshqa manfaatdor bo’lmagan korxona vakillari ishtirokida tuziladi. Dalolatnoma tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Ombordan sexlarga sarflash uchun beriladigan materiallarga limit-zabor kartalari, talabnoma hamda yukxatlar rasmiylashtiriladi. Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan xarajat qilinishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat iste’molchi sex, bo’lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ombordan sexlarga materiallar muntazam berib borilsa, u holda limit-zabor kartalari qo’llaniladi. Limit-zabor kartasi korxonaning ishlab chiqarish yoki reja bo’limi tomonidan yoziladi. Unda shu sex yoki uchastkaga berilishi lozim bo’lgan material ma’lum turining oylik cheklangan me’yori ko’rsatiladi. Cheklangan me’yor sex yoki uchastkaning ishlab chiqarish rejasi va shu sex yoki uchastkada materiallarni sarflash me’yori asosida aniqlanadi. Limit kartasi ikki nusxada yoziladi, bir nusxasi omborga, ikkinchisi esa sexga beriladi. Materiallar berilgandan so’ng limit kartasining sex nusxasiga imzo qo’yadi, sex xodimi omborchining nusxasiga o’z imzosini qo’yadi. Omborchi har bir operatsiyadan keyin foydalanilmagan limit qoldig’ini hisoblab chiqadi. Limit yetmagan taqdirda limitdan tashqari materiallar xarajati talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Materiallarning sarflanishi bo’yicha limitning shu tariqa belgilanishi me’yordan ortiqcha sarflar haqida korxona rahbarlariga o’z vaqtida xabar qilish imkonini beradi. Limit kartalarining qo’llanilishi hujjatlar sonini kamaytiradi va ularni qayta ishlashni yengillashtiradi. Materiallarning ichki ko’chishida, ya’ni bir ombordan ikkinchi omborga, bir sexdan ikkinchi sexga berilganida hamda chiqindilar omborga qabul qilinganida qabul qilish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi. Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo’yicha hamda turli xatlar, og’zaki farmoyishlar asosida berish taqiqlanadi. Korxona omborida materiallarning but saqlanishini tashkil etish ularni to’g’ri hisobga olib borilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ombor xo’jaligi ishlarini tashkil qilishga muayyan talablar qo’yiladi. Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to’g’ri tashkil qilinishi materiallarni hisobga olish usuliga, hisob ro’yxati (registri)ning turiga, miqdoriga, foydalanilgan ko’rsatkichlarga va ularning o’zaro solishtirilishiga bog’liq. Korxona ombori ixtisoslashtirilgan bo’lishi kerak, chunki xilma-xil materiallarning kimyoviy hamda fizik xossalari ularni turli xil sharoitlarda saqlashni talab qiladi. Omborxona tegishli materiallar joylashtiriladigan stellajlar, tokchalar, shkaf va yashiklar bilan jihozlanishi lozim. Materiallarning har biriga ularning nomi, nomenklatura raqami, navi, o’lchami, o’lchov birligi ko’rsatilgan yorliq yozilib, saqlash joyiga yopishtirib qo’yiladi. Tez yonishga moyil bo’lgan materiallar maxsus omborlarda saqlanishi lozim. Bu omborlar yong’inga qarshi qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi shart. Ochiq havoda saqlanishi lozim bo’lgan materiallar omborxona hovlisida maxsus ajratilgan, yog’ingarchilikdan saqlanadigan bostirmaga joylashtiriladi. Hamma omborxonalar tosh-tarozi, o’lchov idishlari va boshqa shunga o’xshash zarur moslamalar bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Ombor mudiri moddiy ma’sul shaxs hisoblanib, omborxonada saqlanayotgan hamma materiallar harakati faqat u orqali amalga oshiriladi. Omborchini ishga olish, boshqa lavozimlarga o’tkazish va xizmat vazifasidan ozod qilish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ombor mudirini ishga qabul qilishda uning to’la ravishda shaxsiy moddiy javobgarligi haqida shartnoma tuziladi. Uni ishdan bo’shatish saqlanayotgan mollarning to’liq inventarizatsiyasi o’tkazilib, javobgarligi ostidagi moddiy boyliklar boshqa shaxsga o’tgandan keyingina amalga oshiriladi. Omborda materiallarning qoldiqlari to’g’risida to’liq malumot olish maqsadida ularni alohida turlari, navlari, razmeri va nomenklatura raqamlari bo’yicha hisobga olish zarur. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo’yicha analitik hisobni to’g’ri yuritish muhim. Shu sababli ular hozirgi paytda uch xil usul bo’yicha yuritiladi: -Materiallar harakatini hisobga oluvchi daftarda; -Materiallar harakatini yurituvchi kartochkalarda; -Operativ-buxgalterlik (qoldiq) usuli. Materiallarni to’g’ri hisobga olishda ularning faktura bahosini aniqlash muhimdir. Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha materiallarni joriy hisobda hisobga olishda ularning haqiqiy qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy qiymatliklar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklarning sug’urta to’lovlari, eksport soliqlari va bojxona yig’imlarining malum tartibda qoplanishi va uni tomonlar qoplanishini belgilash zarur. Materiallarning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida hisobga olinadi. Ushbu usullarning mohiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordagi hisobi son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan hisob materiallarning harakati bo’yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlardagi malumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang’ich hujjatlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar to’g’riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo’limida imzo bilan tasdiqlanadi. Hisobot oyining oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob malumotlari bilan taqqoslanadi. Buning uchun esa har bir ombor bo’yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda ombor varaqalari asosida material qoldig’i yoziladi va u pul ko’rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq vedomostidagi material qoldig’ining umumiy summasi buxgalteriyada materiallar harakati bo’yicha yuritiladigan 10-vedomost malumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to’g’ri kelishi hisobot oyi davomida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to’g’riligidan dalolat beradi. Omborlarda materiallarning miqdor ko’rsatkichlaridagi hisobi yuritiladi. Buning uchun materiallarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqlar ochiladi. Ular material harakati bilan bog’liq kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlar asosida to’ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim operatsiyalari yozilgandan keyin material qoldig’i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi haqiqiy qoldig’i meyordagi qoldiq bilan solishtiriladi va o’rtadagi farqdan taminot bo’limi xodimlari xabardor qilinadi. Kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlar belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti malumotlarining to’g’riligi ularning ishlab chiqarish zaxiralari inventarizasiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish “Inventarizasiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli 19-son BHMS va “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli 4-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. Inventarizasiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarish zaxiralarining natura va qiymat ko’rinishida amalda mavjud ekanligina aniqlashdan iborat. Inventarizasiya qilish natijasida boyliklarning to’g’ri saqlanishi va berilishi, tarozi va o’lchov asboblarinng, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish bir yilda kamida bir marta hisobotini tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1oktyabridan keyin amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralarining saqlanishini, ularni saqlash shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun inventarizasiyalar o’rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab inventarizasiyalash o’tkazilishi kerak. Tekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizasiya yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan, o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan yoki to’satdan o’tkaziladigan inventarizasiyalarga bo’linishi mumkin. Inventarizasiyani o’tkazishga korxona rahbari va bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarni inventarizasiya qilish inventarizasiya qiluvchi ishchi komissiyalar tomonidan moddiy javobgar shaxs ishtrokida amalga oshiriladi. Inventarlash davrida moddiy boyliklarning mavjudligi tarozida tortish, o’lchash usuli bilan aniqlanadi va ro’yxatda rasmiylashtiriladi. Ro’yxatni moddiy javobgar shaxs imzolaydi. Inventarizasiya natijalari korxona rahbari, bosh buxgalteri va inventarizasiya komissiyasi raisi tomonidan imzolanadigan "Inventarizasiya jarayonida aniqlangan natijalar vedomosti"da umumlashtiriladi. Ushbu vedomostda mol-mulkning har bir turi bo’yicha inventarizasiya natijasida aniqlangan farqlar kamomad va ortiqchalar summalari va shuningdek aniqlangan kamomadlar summasini olib borish tartibi: turli sortlar bo’yicha o’zaro qoplash, tabiiy kamayish me'yorlari miqdorida hisobdan chiqarish, aybdor shaxslar hisobiga olib borish va boshqa operasion xarajatlarga hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi ma'lumotlar aks ettiriladi. O’rtacha oylik ish haqi hajmidan ortiq bo’lmagan miqdorda yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirilishi ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi numkin. Bunda yetkazilgan zarar qiymati inventarizasiya o’tkazilgan davrda mazkur joyda amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan yetkazilgan zarar summasi uning o’rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o’tgan bo’lsa, yetkazilgan zararning undirilishi sud orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchining mol-mulki o’g’irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo’qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar qiymati bozor bahosi bo’yicha hisoblanadi. Inventarizasiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor bahosini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish numkin: a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dillerlaridan, tovar xom-ashyo, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to’g’risidagi ma'lumotlar; b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffisientini qo’llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda) mol-mulklarning erkin konvertasiyalanadigan valyuta (EKV)dagi qiymati to’g’risidagi ma'lumotlar; v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi ma'lumotlar; g) inventarizasiya o’tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan narx darajalari to’g’risidagi ma'lumotlar; d) tegishli mol-mulkning qiymati to’g’risida baholovchining ekspert xulosasi. Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart: Korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog’ida; Tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; Moddiy javobgar shaxs o’zgarganida; Talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog’lik faktlar aniqlanganda; Yong’in yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganda; Korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. Inventarizasiya qilish natijasida materiallar bo’yicha hujjatlardagi ma’lumotlar va haqiqiy qoldiqlar orasida farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiradi. Ishlab chiqarish zaxiralarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko’rsatmasi bo’yicha tegishli ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkaziladi. Suiiste’mol qilishlar oqibatida yo’l qo’yilgan kamomad va yo’qotishlar aniqlangan taqdirda tegishli hujjatlar kamomad aniqlangandan so’ng 5 kun ichida tergov organlariga oshirilishi lozim, aniqlangan kamomad summasiga esa fuqarolik da'vosi qo’zg’atiladi. Aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklar bo’yicha ko’rilgan zararlar foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga “Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom” ning 1 – ilovasiga binoan kiritiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi. Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo’yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti; kredit ''Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar'' (1000-2900). Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo’lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet 4730 "Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi" schyoti – aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga; kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga; kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiyzaxir larining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o’rtasidagi farqiga. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undirladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past bo’lsa, ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet 4730 "Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga; debet 9430 "Boshqa operasion xarajatlar" schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o’rtasidagi farqiga; kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo’lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadidan ko’rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet 9430 "Boshqa operasion xarajatlar" schyoti; kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti. Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o’xshash tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati bo’yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet ''Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar'' (1000-2900); kredit 9390 "Boshqa operasion daromadlar" schyoti. Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet ''Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar'' (5000, 5200, 5600,5700) yoki ''Mehnat haqi bo’yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar'' (6700), yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar; kredit 4730 "Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi" schyoti. II bob bo’yicha xulosa Xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar tannarxi shakllanishi va o’sib borish jarayonini aniqlash mumkin bo’ladi. Zaxiralar xarid jarayonidan harakatlanardi va harakatlanishi natijasida xarajatlar moddalari unga qo’shilib boradi, ya’ni u xarajatlarni o’zida jamg’arib o’zining summadagi massasini oshirib boradi. Bu harakat tovar-moddiy zaxiralarni sotishga tayyor holga olib kelgunga qadar davom etadi. Xalqaro va milliy standartlarni solishtirish natijasida quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin. Birinchidan, milliy standartda TMZlarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar uning xarid qiymati (etkazib beruvchiga to’lanadigan summalar)dan ajratilgan holda ko’rsatilgan. Xalqaro standartda esa bu bitta ya’ni zaxiralarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar moddasida ko’rsatilgan. Ikkinchidan, milliy standartda TMZlarni qayta ishlash xarajatlari alohida modda sifatida kiritilmagan, standartning keyingi moddalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini aniqlash tartibi ko’rsatilgan. Standartda zaxiralar va ularning harakati davomida tannarxining shakllanib borishi hamda o’sishi tartibi ko’rsatilishi kerak. Zaxiralarning harakati deganda, u savdo korxonasi yoki ishlab chiqarish korxonasi bo’lsin, u xariddan boshlab uning tannarxi to’liq shakllanishgacha bo’lgan jarayondagi siljishi tushuniladi. Uchinchidan, zaxiralarni xarid qilinishi bilan bog’liq xarajatlar bilan ularni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlar tushunchalarini farqlash lozim. Milliy standartda zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlar transport-tayyorlov xarajatlarining tarkibiy qismida keltirilgan. Xalqaro standartda esa xarid bilan bog’liq xarajatlarga kiritmasdan uni alohida uchinchi modda sifatida e’tirof etilgan. Bu xarajatlar zaxiralar qayta ishlangandan keyin ularni joriy holatga va joriy joylashtirish joyiga etkazish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, ular zaxiralar tannarxiga bevosita bog’liq bo’ladi. Demak, bu xarajatlar zaxiralarni qayta ishlangandan keyin yuz berib zaxiralar tannarxini oshishiga olib keladigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonidan keyin yuz berganligi bois, ularni milliy standartlarda qayd qilinganidek, transport-tayyorlov xarajatlari tarkibiga kiritib bo’lmaydi, chunki ular oxirgi bosqichdagi jarayonda, ya’ni ishlab chiqarishdan keyin yuz beradi. III bob. Xo’jalik yurituvchi subektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligi auditini takomillashtirish yo’llari. Tovar moddiy zaxiralar ombor xo’jaligi auditida inventarizatsiya va uni o’tkazish tartibini takomillashtirish. Subyеktlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lum miqdorda tovar-moddiy zaxiralariga ega bo`lishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralari xojalik yurituvchi subyеktlarning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta'minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xomashyo, ehtiyot qismlar va h.k lar kiradi. Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tеkshiruvidan o`tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tеjamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to`g`ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdеk hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog`liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O`zbеkiston Rеspublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda mе'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tеkshiruvdan o`tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tеkshirish, ular hajmi katta bo`lgan subyеktlarda auditning asosiy qismi dеb qaraladi. Tovar-moddiy zaxiralar bo`yicha hisobot ko`rsatkichlarining haqqoniyligini tеkshirishda boshqa audit obyеktlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zaxiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob rеgistrlari orasidagi tеnglikni aniqlash zarur (3-jadval). Shu bilan birga, sintеtik va analitik hisob ma'lumottlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Moddiy qiymatliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tеkshirish, ishlab chiqarishga sarflash mе'yorlari va boshqalarni tеkshirish zarur. Mol yеtkazib beruvchilar va pudratchilarga da'vo qo`zg`atishning o`z vaqtidaligi va to`g`riligi hamda yo`ldagi (subyеktga yetib kеlmagan) materiallar qoldig`ining haqqoniyligini ham tеkshirish kerak. 3-jadval
Yo`ldagi moddiy qiymatliklarni tеkshirishning vazifalari: yo`ldagi moddiy qiymatliklar sifatida hisobda turgan har bir jo`natishning asosliligini aniqlash, yuklarni yеtkazib berishi muddatlarining o`tib kеtmaganligini aniqlash, xojalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko`rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta'minot xodimlari tomonidan yo`ldagi moddiy qiymatliklarni hisobga olish ustidan nazorat o`rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma'lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kеlishi va tovar mahsulotlar ishlab chiqarish to`g`isidagi hisobotlarda qo`shib yozish faktlari aniqlanadi. Tеkshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: - zaxiralarning haqiqatda mavjudligi; - zaxiralar bilan bog`liq barcha muomilalarning bugalteriya hisobi schyotlarida to`liq va to`g`i aks ettirilganligi; - barcha zaxiralar subyеkt mulki ekanligi, ya'ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi; - zaxiralarni va ular bilan bog`liq majburiyatlarni baholashning to`g`riligi; - tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish tamoyillari to`g`ri tanlanilganligi va qo`llanilishining to`g`riligi. Tovar-moddiy zahiralarni tеkshirishda quyidagi ma'lumot manbalaridan foydalaniladi: - moddiy qiymatliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador mе'yoriy hujjatlar; - hisob siyosati to`g`risidagi buyruq; - tovar-moddiy zaxiralar bilan bog`liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar; - tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar; - tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi rеgistrlari va buxgalteriya hisobotlari; - moddiy javobgar shaxslar bilan to`liq moddiy javobgarlik to`g`risida tuzilgan shartnoma. Auditor tеkshiruv mobaynida tеkshiruvning ushbu sohasi bo`yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to`g`risida axborotga ega bo`lishi lozim. 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq subyеktning hisob yuritish siyosati to`g`risidagi buyrug`ida tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim: - asosiy vositalar bilan invеntar va xojalik ashyolari o`rtasidagi chеgaralar; - tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish (tayyorlash) ni hisobga olish; - tovar-moddiy qiymatliklarni ularning turlari bo`yicha hisobdan o`chirish mobaynida baholash usullari. Mijoz-subyеkt rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoyili moliyaviy natijaga ta'sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma'lumotlarning zarurligiga ko`p hollarda yеtarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kеlib chiqadi. Ulardan eng ko`p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo`llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi. Ombor xo`jaligining ahvoli va tovar-moddiy zaxiralar saqlanishini tеkshirish eng muhim auditorlik amallaridan biri bo`lib hisoblanadi. Subyеkt faoliyatining ushbu sohasini har tomonlama o`rganish uchun auditor omborlar, sеxlar va ishlab chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tеkshiradi. Bunda ishlab chiqarish zaxiralarini saqlash sharoitlari, yong`in xavfining oldini olish, omborlarning qurilmalar, tеxnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to`g`ri ishlatilishi, ombor binolarini qo`riqlash holati ham o`rganiladi. Ombor xo`jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi. O`rganish jarayonida moddiy qiymatlikdarni qabul qilish, saqlash va berishga aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e'tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o`lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari ko`rsatilgan standartlar yoki yo`riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylarini ko`zdan kеchirish mobaynida moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo`yicha ular qiymatliklarni qabul qilish va berishni rasmiylashtirish, hamda omborxona hisobi daftari yoki kartochkalariga yozishni o`z vaqtida amalga oshirilayotganligi tеkshiriladi. Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo`llar bilan vujudga kеlishi mumkin: - tayyor mahsulotlarni tayyorlash mobaynida xomashyolarni almashtirish; - xomashyo va materiallarni topshiruvchilarning og`irlikdan urib qolishi, namligini oshirib ko`rsatish va ularning navlarini pasaytirish; - tayyor mahsulotlarni haridorlarga jo`natish mobaynida o`lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar; - moddiy qiymatliklarni yuklash, tashish, tushirish yoki saqlash mobaynida yo`qolgan dеb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o`xshash. Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar odatda alohida saqlanadi. Ularni aniqlash uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma'lumotlaridan foydalaniladi. Agar hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo`lsa, alohida turdagi materiallarning ma'lum davrlardagi chiqimi, qoidaga ko`ra, ularning kirimidan oshib kеtadi. Bunday oshiqcha sarflashlar shu nomdagi materiallarning kеyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qoplanadi. Ombor xo`jaligini ko`zdan kеchirish va moddiy qiymatliklar saqlanishining nazoratini hujjatlar asosida tеkshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy zaxiralarning saqlanishi to`g`risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. Tovar-moddiy zaxiralarining to`liq kirim qilinishini tеkshirish mobaynida auditor mol yеtkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, talangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo`yicha QQS ni qoplash tartibini hisobga olishi zarur. Tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi mol yеtkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-transport yuk xatlar, schyot-fakturalar, qadoqlash yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitansiyasi va boshqalar) asosida tеkshiriladi. Omborxona kirim hujjatlarini mol yеtkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish omborxonada sodir bo`lgan kirim muomalalarini tеkshirishning umumiy usuli hisoblanadi. Tеzkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik tеkshiruvning obyеkti hisoblanadi. Masalan, kеlgan yuklarni hisobga olish jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimеnti va еtkazib berish muddatlari to`g`risidagi ma'lumotlarni mol еtkazib beruvchilar bo`yicha olish mumkin. Auditor bunday hisobning mijoz-subyеktda qanday tashkil etilganligini o`rganadi. Xususan, har bir mol еtkazib beruvchi bo`yicha shartnomada materiallarning еtkazib berilish muddatlari va assortimеnti ko`rsatilayotganligi, hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimеnti, olinish sanasi ko`rsatilgan holda qabul qilinganligi tеkshiriladi. Operativ hisobda kеltirilgan axborotlarning ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma'lumotlar bilan taqqoslaydi. Kеlayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol еtkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo`yicha auditor tеkshirilayotgan davr ichida qanday mol еtkazib berishlar amalga oshirilganligini aniqlashi mumkin. Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga ega bo`lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo`lsa, auditor harid dalolatnomalarining mavjudligi va to`g`ri rasmiylashtirilganligiga e'tibor qaratadi. Harid dalolatnomasida quyidagi majburiy rеkvizitlar bo`lishi lozim: sotuvchining pasport ma'lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va qiymati. Olingan moddiy qiymatliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul qilib oluvchi shtamp bosilgan mol yеtkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ko`ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi. Sotib olingan moddiy qiymatliklarning to`g`ri baholanishi va to`liq kirim qilinishini tеkshirishni boshlashda auditor moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan vеdomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob rеgistrlari ma'lumotlariga mosligini aniqlaydi. 6010 - «Mol yеtkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 - «Mol yеtkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo`yicha sintеtik hisob rеgistrlari ma'lumotlari, hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo`yicha auditor olingan materiallarning miqdorini va yuklarni qabul qilishning to`g`ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi. Buning uchun mol yеtkazib beruvchilarning puli to`langan schyotlari va boshqa to`lov hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari, hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Moddiy qiymatliklarning to`liq kirim qilinganligini tеkshirishda auditor mol yеtkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol yеtkazib beruvchilardan krеditor qarzlarning haqqoniyligiga e'tibor qaratadi. Buning uchun u buxgalteriya hisobi rеgistrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan schyotlar, shartnomalar va mol yеtkazib beruvchilarga to`langanlik to`g`risidagi pul hujjatlari ma'lumotlari bilan solishtiradi. Tovar-moddiy zaxiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo`yicha tеkshirish mobaynida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan tafovut dalolatnomalarining to`g`ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar rееstrlarining buxgalteriyaga o`z vaqtida taqdim qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlanganida hujjatlarni qarama-qarshi tеkshiruvdan o`tkazish zarur. Moddiy qiymatliklarning to`liq kirim qilinganligini tеkshirishda ichki hujjatlar mol yеtkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor olingan moddiy qiymatliklar sifati va miqdoridagi tafovutlarning dalolatnomalar bilan to`g`ri rasmiylashtirilganligi va mol yеtkazib beruvchilarga yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, tеmir yo`l kompaniyasi) o`z vaqtida da'vo qo`zg`atilganligini o`rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar moddiy qiymatliklarni o`zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kеlishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarini invеntarizatsiyadan o`tkazish tartibi 19-son BHMS12 da bеlgilab berilgan. Unga ko`ra, invеntarizatsiyaning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tеkshirishdir. Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat'iynazar, xojalik yurituvchi subyеktning barcha mol-mulki invеntarlanishi kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xojalik yurituvchi subyеktga qarashli bo`lmagan, lеkin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas'uliyatli saqlanishda bo`lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdеk, biror-bir sababga ko`ra hisobga olinmagan mol-mulk invеntarlanishi kerak. Mol-mulkning invеntarizatsiyasi uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo`yicha o`tkaziladi hamda inventarizatsiya komissiyasi tomonidan rasmiylashtiriladi. Quyidagi hollarda invеntarizatsiya o`tkazilishi shart: - mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdеk, davlat subyеkti o`zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog`da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; - yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, invеntarizatsiya hisobot yilining 1- oktabridan kеchiktirmay o`tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. 4-son BHMS13 ga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta invеntarizatsiya qilinadi. Pul mablag`lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat'iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg`i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho mеtallar - tarmoq yo`riqnomalariga muvofiq invеntarizatsiya qilinadi. Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan subyеktlarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda invеntarizatsiya qilinadi: - asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; - moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida); - o`g`irlik yoki suiistе'mol, shuningdеk, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda; - tabiiy ofatlar, yong`inlar falokatlar yoki g`ayritabiiy sharoitlar yuzaga kеltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; - xojalik yurituvchi subyеkt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida invеntarizatsiya jamoa rahbari o`zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a'zolari chiqib kеtganda, shuningdеk jamoaning bitta yoki bir nеchta a'zosi talabi bilan o`tkaziladi. Hisobot yilidagi invеntarizatsiyalar miqdori, ularni o`tkazish sanasi, mol-mulk va moliyaviy majburiyatlar ro`yxati xojalik yurituvchi subyеkt rahbari tomonidan bеlgilanadi. Invеntarizatsiyani o`tkazish uchun xojalik yurituvchi subyеktlar tarkibida: - xojalik yurituvchi subyеkt rahbari yoki uning o`rinbosari (komissiya raisi); - bosh buxgalter; - boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, tеxniklar va hokazolar) bo`lgan doimiy ishlaydigan invеntarizatsiya komissiyalari tuziladi. Invеntarizatsiya komissiyasi tarkibiga xojalik yurituvchi subyеktning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin. Ishlar hajmi katta bo`lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni invеntarizatsiyani bir vaqtda o`tkazish uchun tarkibida: - invеntarizatsiyani tayinlagan xojalik yurituvchi subyеkt rahbarining vakili (komissiya raisi); - mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, tеxnolog, mеxanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo`lgan ishchi invеntarizatsiya komissiyalari tuziladi. Komissiya tarkibiga invеntarizatsiya qilinayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni kеtma-kеt ikki marta ishchi invеntarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. Doimiy ishlaydigan va ishchi invеntarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xojalik yurituvchi subyеkt rahbari tasdiqlaydi. Invеntarizatsiyani o`tkazish chog`ida komissiyaning aqalli bitta a'zosi yo`q bo`lsa, bu hol invеntarizatsiya natijalarini haqiqiy emas, dеb topish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Doimiy ishlaydigan invеntarizatsiya komissiyalari: - boyliklar saqlanishini ta'minlashga doir profilaktika ishlarini o`tkazadi, zarurat bo`lganda o`z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo`yicha sеx, bo`lim, shuba rahbarlarining axborotlarini tinglaydi; - invеntarizatsiya o`tkazilishini tashkil etadi va ishchi invеntarizatsiya komissiyalari a'zolariga yo`l-yo`riq beradi; - invеntarizatsiya to`g`ri o`tkazilganini nazorat tariqasida tеkshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdеk, invеntarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab invеntarizatsiyadan o`tkazadi; - invеntarizatsiya natijalari to`g`ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sеxlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni qayta navlarga ajratish bo`yicha takliflar asosli ekanligini tеkshiradi; - zarur hollarda (invеntarizatsiyani o`tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xojalik yurituvchi subyеkt rahbarining topshirig`iga binoan takroriy yalpi invеntarizatsiyalarni o`tkazadi; - boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdеk, boshqa buzilishlarga yo`l qo`ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko`rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko`rilgan talafotlarni bir izga solish tartibi to`g`risida taklif beradilar. Ishchi invеntarizatsiya komissiyalari: - saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag`lari invеntarizatsiyani amalga oshiradi; - xojalik yurituvchi subyеkt buxgalteriyasi bilan birgalikda invеntarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish chog`idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo`qolish mе'yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o`chirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi; - tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish masalalari, shuningdеk, mе'yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni sotish bo`yicha takliflar kiritadi; quyidagi hollarda: a) xojalik yurituvchi subyеkt rahbarining buyrug`iga muvofiq invеntarizatsiyani o`z vaqtida o`tkazish va uni o`tkazish tartibiga rioya qilish uchun; b) hisob-kitoblarda tеkshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag`lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to`g`risidagi ma'lumotlar ro`yxatga to`liq va aniq qayd etilishi uchun; v) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi bеlgilanadigan farqlovchi bеlgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, prеyskurant bo`yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro`yxatda to`g`ri ko`rsatilishi uchun; g) bеlgilangan tartibga muvofiq invеntarizatsiya materiallari to`g`ri va o`z vaqtda rasmiylashtirilishi uchun javob beradi. Invеntarizatsiya komissiyalari a'zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro`yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to`g`risida ataylab noto`g`ri ma'lumotlarni kiritganlik uchun bеlgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tеkshirishni boshlashdan oldin invеntarizatsiya komissiyasi invеntarizatsiya paytidagi eng so`nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag`lari harakati to`g`risidagi hisobotlarni olishi kerak. Invеntarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga "invеntarizatsiyagacha ...da (sana)" dеb ko`rsatgan holda viza qo`yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma'lumotlari bo`yicha invеntarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qilishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Normativ-huquqiy xujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, Yangi taxriri. 2017 yil tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, Yangi taxriri. 2016 yil 13 aprel. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Yangi taxriri. 2013 yil tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. 21.12.1995 yil tasdiqlangan, 01.04.1996 yildan kuchga kirgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011 yil 4 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ish va xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini shakllantirish tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomi. 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari” 1998-2011 yillar. 2. O’zbekiston respublikasi Prezidentlari asarlari va ma’ruzalari Karimov I.A. “2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi”. T.: “O‘zbekiston” 2014 y. 56 bet. Karimov I.A. “2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir”. T.: “O‘zbekiston”. 2015 yil. 88 bet Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – iqtisodiyotimizda olib borayotgan islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni keskin chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishdir” T.: “O‘zbekiston” 2016 y. 88 bet. Mirziyoyev.Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-xar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. T.: “O‘zbekiston” 2017 yil. 103 bet Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.: “O‘zbekiston” 2017 yil. 54 bet. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan. Ilmiy-ommabop qo‘llanma. – Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2018. - 135 b. 3. Darslik va o‘quv adabiyotlari Алборов. Р. А. Бухгалтерский управленческий учет (теория и практика) Р.А Албаров. Учебное пособие - М.: Издателство “Дело и Сервис” 2005 г. 320 ст. Bobojonov O. Moliyaviy hisob. Darslik. Buxgalteriya hisobining xalqaro (IAS), Amerika (GAAP) va milliy (BXMS) standartlariga asosan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. – T.: Moliya, 2002 yil. 456 bet. Bobojonov O, Jumaniyozov K. “Boshqaruv hisobi”. Darslik. - T.: “O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi”. 2005 yil. 286 bet. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Ishonqulov N.F. “Moliyaviy va boshkaruv tahlili”. Darslik. T.; “Sharq”, 2013 yil. 228 bet. Gadoev E. va boshq. Yillik hisobot-2008. T.: NORMA, 2009 yil. 597 bet. Гадаев Е. и другие. Годовой отчет-2009. НОРМА, 2010 г.- 368 cт. Gadoev E. va boshqalar. Buxgalter uchun amaliy qo‘llanma: ikki jildlik. Toshkent NORMA. 2010 yil. 440 bet. Джамбакиева Г. Финансовий учет. Учебное пособие. Т.: “ИҚТИСОД-МОЛИЯ”, 2012 г. – 348 ст. Ibragimov A., Ochilov I., Qo‘ziyev I., Rizayev N. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma T.: “Iqtisod-moliya”, 2008 yil. 444 bet. Karimov A., Muqumov Z, Tulayev M., Kurbanbayev J., Raxmonov Sh. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –194 b Kuljonov O., Xusinov I., Jumanazarov S. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –237 b. Kuljonov O., Ortiqov X., Yugay L., Tuxsanov X. Moliyaviy hisob. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –246 b Misirov K., Kurbanov Z., Abdibaeva T., Ochilov O. Teoriya buxgalterskogo ucheta. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –260 b Narbekov D., Misirov K., Tashmanov G’. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. - 413 b Narbekov D., To’raev A., Raxmonov Sh. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –350 b Narbekov D., Maxmudov A., Muxammedova D. Buxgalteriya hisobi. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –236 b Ortikov X.A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobinint milliy standartlariga sharhlar to‘plami. T.: “NORMA”, 2010 yil. 528 bet. Ortikov X.A. va bosh Buxgalteriya hisobi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar to‘plami. T.: “NORMA”, 2010 yil. 368 bet. Ochilov I., Qurbonboyev J. Moliyaviy hisob. O‘quv qo‘llanma.- T.: TMI, 2004 yil. 256 bet. Pardayev A.X., Pardayev B.X. Boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma.-T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015 yil. 252 bet. Pardayev M.Q., Abdukarimov I.T. Iqtisodiy tahlil. O‘quv qo‘llanma.-T.: “Mehnat”, 2004 yil. 165 bet. Raximov M.Yu., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik–T.: Iqtisod-moliya, 2019. –752 b Sotvoldiyev A.S. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Milliy Assotsiatsiyasi, 2004 yil, 429 bet. Сотволдиев А.С. Финансовий и управленческий учет. Учебник. Т.: “ИҚТИСОД-МОЛИЯ”, 2012 г. – 280 ст Sotivoldiyev A.S. Buxgalterning izohli lug‘ati. T.: “NORMA”, 2010 yil. 280 bet. Xasanov B., G’aniyev Z., Muxammedova D. Boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –279 b O‘razov B., Vohidov V. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari. Darslik.T.: “ADIB NASHRIYOTI”, 2015 yil. – 494 bet. G‘ulomova F.G‘. Buxgalteriya hisobini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma. T.: “NORMA”, 2015 yil. 496 bet. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar): Embellishment of Financial Statemens Through Creative Accounting Policies and Options. Zuca Marilena, Ioanăş Corina. Procedia -Social and Behaivoral Science. Volume 62, 24 October 2012, Pages 347-351 –https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042812034969. An economic analysis of nanofood labeling. Journal of Policy Modeling, Volume 41, Issue 1, January–February 2019, Pages 1-20 https://www.sciencedirect.com/science/ article/pii/S0161893819300031 Internet saytlari: http://www. gov.uz. (O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali) http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi). http://www. ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i) http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi). http://www science direct com. 1 Пардаев М.Қ. Иқтисодий таҳлил. Ўқув қўлланма. 1-қисм. -Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси” нашриёт уйи, 2001. -156 б.; Хасанов Б.А. Бошқарув ҳисоби: назария ва услубиёт. -Тошкент. “Молия” нашриёти, 2003. -248 б.; 2 O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya Hisobi Milliy standartlari O’zBAMA nashriyot-axborot markazi, - Toshkent, 2007. - 198 b 3 BHMS № 4 «Tovar-moddiy zaxiralar». O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda ro’yxatga olingan, № 1595. 4 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 10 b. 5 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 11 b. 6 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 6 b. 7 Muallif tomonidan tuzilgan. 8 Tal Avinadav, Mordecai I. Henig Exact accounting of inventory costs in stochastic periodic-review models. //International Journal of Production Economics. Volume 169, November 2015, Pages 89-98. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S092552731500273X 9 Jei-Zheng Wu. Inventory write-down prediction for semiconductor manufacturing considering inventory age, accounting principle, and product structure with real settings. //Computers & Industrial Engineering. Volume 65, Issue 1, May 2013, Pages 128-136. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0360835211003433 10 Muallif tomonidan tuzilgan. 11 Muallif tomonidan tuzilgan. 12 19-сон «Инвентарлашни ташкил қилиш ва ўтказиш» номли БҲМС 1999-йил 19-октябрда ЭГ/17-19- 2075-сон билан Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан тасдиқланган ва Адлия вазирлигида 1999-йил 2-ноябрда 833-сон билан рўйхатга олинган. 13 4-сонли «Товар-моддий захиралар» номли БҲМС. Ўзбекицон Республикаси Адлия вазирлигида 1998-йил 28-авгуцда рўйхатга олинган. Download 139.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling