Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining
Download 77.4 Kb.
|
2-iqtisod mustqail ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning belgilari Tovar va uning xususiyatlari Pulning kelib chiqishi
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 4BB-22 GURUHI TALABASI BO’TAYEV ANVARNING MUSTAQIL ISHI TOVAR-PUL MUNOSABATLARI - BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIDIR REJA: Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning belgilari Tovar va uning xususiyatlari Pulning kelib chiqishi, mazmuni, vazifalari va bozor iqtisodiyotidagi roli Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo‘lida asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi. Hozirda ijtimoiy xo‘jalik yuritish shakli sifatida natural xo‘jalik deyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural xo‘jalik ko‘rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor mevalarning etishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o‘z o‘rnini tovar ishlab chiqarishga bo‘shatib beradi. Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish – tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – tovar xo‘jaligi deyiladi. Tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi. Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi; 2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar; 3) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal qilishini bildiradi; 4) Pulning kelib chiqishi va rivojlanishi; 5) Ishchi kuchining tovarga aylanishi. Xuddi shu besh holat hamma narsani tovar sifatida ayirboshlash va ishlab chiqarishni tovar sifatida olib borishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»1. Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi va uning nafliligiga e’tiborni qaratadi. V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»2. Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi jarayonidan o‘tadi. Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan o‘ta oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Buyumning iste’molga yaroqli ekanligi uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Demak, tovarning nafliligi deb uning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojlaarini qondira olish qobiliyatiga aytiladi. Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalar muhim o‘rin tutadi. Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga subyektiv psixologik yondashuv ko‘plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi obyektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan yuzaki, subyektiv kategoriyadir. Ularning bu konsepsiyasiga ishonib bo‘lmaydi. Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda, qiymatning oddiy yoki tasodifiy, muntazam, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.Ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda, qiymatning oddiy yoki tasodifiy, muntazam, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Chunki bu yerda pul ishlatila boshlanganiga 2 ming yildan oshgan. Bunga misol qilib, hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar va qabilalar foydalangan dastlabki pul belgilari hamda tangalarni ko‘rsatish mumkin. Tarixchilarning tadqiqotlariga ko‘ra, eramizdan avvalgi V-IV acrlarda Axmoniylar imperiyasida zarb qilingan oltin dariklar va kumush sikllarni, eramizdan avvalgi III-II asrlar oxiriga borib, Shimoliy Baqtriya, So‘g‘d, Buxoro, Xorazmda kumush va suberatli (bronza ustiga yupqa kumush qoplangan) “o‘xshatma” tangalar zarb qilinganini aytish mumkin. Eramizdan avvalgi I asrda davlatning o‘z kumush va mis tangalari zarb qilina boshlandi. Tanganing old tomonida mahalliy xukmdor surati, orqa tomonidan – turli tasvirlar va belgilar, so‘g‘dcha va xorazmcha, keyinroq esa baqtriycha yozuvlar bo‘lgan. So‘g‘d va Xorazm davlatlarida eramizning birinchi yarmida kumush va mis qo‘llanilgan antik andozasining O‘rta Osiyoga xos turi saqlanib qolgan. O‘zbekiston bilan Turkmanistonning janubiy qismida yashagan ko‘chmanchi xalq - qabilalari barpo etgan ulkan Kushon imperiyasida pul tizimi kumushga emas, balki oltinga asoslanganini aytish mumkin. O‘sha davrda tangalar mamlakatning turli shaharlarida masalan, Samarqand, Buxoro, Mashxad, Balh, Nishopur, Saras va boshqa shaharlarda chiqarilgan. Bundan tashqari XVI-XVII asrlarda Abdullaxon va Shayboniyxonlar tomonidan o‘tkazilgan pul islohotida ham asosan oltin pulga asoslangan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini o‘tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan1. Bizning mamlakatimizdan ancha keyin, XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o‘ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo‘ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yilda joriy etilgan edi. Download 77.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling