Tovar-pul munosabatlari
Shuning uchun Pul saqlash uchun banklarga qo’yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to’’lab, kredit vositasida foydalanadi
Download 495.35 Kb.
|
Tovar-pul munosabatlari (1) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan Pulning to’lov vositasi sifatida qo’llanish
Shuning uchun Pul saqlash uchun banklarga qo’yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to’’lab, kredit vositasida foydalanadi.
Boylik to’’lash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki Pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi. 4. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, Pul to’lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning Pulini to’lov muddati kelgandan keyingina to’laydi. Pulning to’lov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to’lash o’rtasidagi vaqt jihatidan ajralish ‘ayla bo’ladi? Aniq vaziyatlar turlicha bo’lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish stikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo’jaligida hosil bir yilda bir marta yig’ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo’ladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo’lar edi. Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo’jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog’oz Pullar, veksel va banknotlar – Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi. Veksel oboroti negizida (veksel–qarz majburiyati degani) emissioner bank tomonidan chiqariladigan va uning obro’si bilan quvvatlanib turiladigan kredit Pullar vujudga keladi. Kredit Pullar qog’oz Pullar bilan qo’shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni Pul muomalasidan siqib chiqarish yo’lida yana bir qadam qo’yiladi. Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan Pulning to’lov vositasi sifatida qo’llanish sohasi ancha kengaydi, kredit Pullarning ‘aydo bo’lishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli ‘uxtaroq kafolatga ob’ektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot ‘aydo bo’ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o’rniga bank tomonidan berildigan vekseldir. Shunday qilib, banknot Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yani bir turi–cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o’z hisobidagi Puldan chekda ko’rsatilgan shaxsga berish to’g’risida bankka yozilgan buyruqlardir. Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd Pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o’zaro bir–biriga o’tkazish yo’li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob–kitoblar oltin bilan ta’minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi. Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-kredit Pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz Pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar Pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret Pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling