Tovar-pul munosabatlari


Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat


Download 495.35 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi495.35 Kb.
#1020581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tovar-pul munosabatlari (1) (3)

Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.
Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.
Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi.
Pulning birinchi vazifasi qiymat o’lchovi vazifasidir.
Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni o’lchash uchun qo’lda naqd Pulga ega bo’lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal Pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini Pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, Pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog’liq.
Oltin va qog’oz Pullarning o’zaro bog’liqligi. Qog’oz Pullar bozor iqtisodiyoti yoki unga o’tish davrida oldingi mazmunini tark etmagani holda, ya’ni maxsus tovar sifatida, umuiy ekvivalentlik mazmunini saqlab qolgani holda, yangi mazmun kasb etadi. Bu davrda uning tabiati, tarkibi yanada murakkablashib boradi. Agar oddiy tovar va xizmatlar ayirboshlanishi, ya’ni oldi-sotdi bo’lishida Pulga tovar sotib olishdan asosiy maqsad Biron-bir naflilikni (iste’mol qiymatini) iste’mol qilish uchun sotib olish, o’zlarining shaxsiy ehtiyojini qondirish bo’lsa, bozor iqtisodiyoti yoki unga o’tish davrida Puldan faqatgina shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida emas, balki daromad, foyda olish maqsadida foydalaniladi.
Puldan uni bankka qo’yib foiz olish, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olib, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki tijorat faoliyatini olib borib, foyda olish, turli qimmatli qog’ozlarni sotib olib, dividend daromadlari olish maqsadlarida foydalaniladi. Bu shundan dalolat beradiki, endi Pul faqatgina umumiy ekvivalent bo’lib emas, balki o’z egasining qo’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda Pul ka’italga aylanadi. Buning natijasida qog’oz Pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd Pullar (qog’oz Pul, tanga-chaqalar) va kredit Pullar (chek, veksel, sertifikat, to’lov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 5-chizmada aks ettirilgan.
2. Tovar muomalasi jarayonida naqd Pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi ‘aytida ularning ramziy narxlari real Pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda Pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo’lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda Pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan: Pul metallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini belgilash zarur bo’lgan. Asta–sekin Pul metall quymalari o’rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o’z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo’ladi.
Oltin Pul muomalasi amaliyoti ko’rsatadiki, uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o’z massasining bir qismini yo’qotadi va to’la qiymatli bo’lmagan Pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin o’rnini bosuvchi Pul sifatida to’la qiymatli bo’lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’’lash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o’zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o’z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun o’zini ma’lum Pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.
Natural xo’jalik sharoitida boylik to’’lash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik jamg’arishning Pul jamg’arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo’lmaydi, Pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.
Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida Pul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan Pul foyda keltirmasligi sababli Pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini to’ishga intildilar.

Download 495.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling