Tovar qiymatining farqlanish shart-sharoitlari
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari
Download 116.5 Kb.
|
1404118815 50622
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarishni joylashtirish tizimining muvozanati quyidagi 2 ta asosiy tendentsiyalar bilan belgilanadi: - bir firmaning manfaatlari-eng ko’p foyda - umuman iqtisodiyotning manfaatlari-mustaqil iqtisodiy ob‘ektlar sonining eng ko’p ortib borishi. Ikki kuch o’rtasida to’xtovsiz kurash bormoqda: bittasi yutib chiqqan narsani boshqasi tortib olmoqda. Bu kuchlar muvozanatiga erishilgan nuqta korxona o’rnashgan joyni belgilaydi. Muvozanatning bu xolatini «joylashtirish umumiy tenglamalari»ning qo’yidagi tizimidan olish mumkin. U.Ayzardning joylashtirish nazariyasi. Hozirgi burjua iqtisodchilari orasida mintaqaviy tahlil masalalari bo’yicha eng yirik siymo, shubxasiz. A.Ayzarddir. U mazkur sohadagi o’z tadqiqotlarini V.Leontev rahbarligida AQSH tarmoqlararo va rayonlararo mutanosibliklarni o’rganuvchi mutaxassislar guruhida ishlayotganida boshlangan edi. 1956 yilda U.Ayzardning «Joylashtirish va makoniy iqtisodiyot» degan birinchi yirik asari bosilib chiqdi. Bu asarning maqsadi, muallif so’zlari bilan aytganda, «Joylashtirish va makoniy iqtisodiyotning aynan bir xil umumiy nazariyasini ishlab chiqish vositasida ayrim maxsus fanlar hamda iqtisodiyotning makoniy va mintaqaviy asoslarini ishlab chiqish» edi. Lekin, bu asardagi taraqqiyot umumiy nazariyasi, muallifning e‘tirof etishicha, aniq amaliy masalalarni hal etishda arzimas natija beradi. Birinchi asar chiqqandan so’ng umumiy nazariyani mintaqaviy tahlilning amaliy usullari bilan to’ldiruvchi asar bosilib chiqdi. Bu poydevorli asar. U.Ayzdard va uning xodimlari ko’p yillar davomida olib borgan tadqiqotlarga yakun yasaydi hamda ular tomonidan mintaqalar, iqtisodiy jug’rofiya, rayon iqtisodiyoti va shaharlarni rejalashtirish fani bo’yicha asosiy qo’llanma, shuningdek amaliy tadqiqotchilarga foydali dastur sifatida tavsiya etiladi. Asarning tegishli bo’limlari-ko’pgina usuliy qoidalar va aholi soni hamda tarkibini prognozlash usullari, aholi ko’chish va rayon daromadlarini baholash va rayonlararo oqimlar hamda to’lov balansi tahlili, shuningdek ixtisoslash, cheklash koeffetsentlari hisob-kitobi va ayrim boshqa masalalar qiziqarli bo’lib, tegishli tanqidiy qayta ishlashdan keyin mamalakatimiz iqtisodiyoti sharoitida mintaqaviy muammolar tahlilida foydalanilishi mumkin. U.Ayzard qula komplekslarni tanlashga tahlilni mahalliy tabiiy resurslarni va resurslar bazasidagi ishlab chiqarishlarning turli uyg’unlashuvlarini hisobga olishdan boshlashni tavsiya qiladi. Kompleksning nisbiy harajatlari tahlili uchun barcha turdagi maxsulotlarni chiqarishda kerak bo’ladigan xom ashyo, oraliq maxsulotlar, elektr quvvati, ish kuchi, kapital va x.k. aniq vazni hamda miqdorini bilish kerak. Harajatlar-chiqarish tarmoqlararo matritsiasini qo’llash zarurligi ayni shunda ko’rinadi. Bu ma‘lumotlar kengaytirilgan tarmoqlararo matriyada birlashtiriladi. Endi nisbiy chiqimlar tahlili usullaridan foydalanish mumkin: transport, ish kuchi, elektr quvvati, yonilg’i va h.k. chiqimlardagi rayonma-rayon tafovuti, shuningdek ishlab chiqarishdagi chiqimlaridagi korxonalar ko’lamlari bilan shartlangan tavofut baholanadi. Bunda chiqimlarni qiyoslash ayrim korxonalar uchun emas, balki sanoat turli tarmoqlarining o’zaro bog’liq korxonalari va ishlab chiqarishlari uchun o’tkaziladi. Mintaqaviy sanoat kompleksi usulining afzalligi shundan iboratki, u chiziqli ishlab chiqarish funktsiyalarini qabul qilish hamda yirik ishlab chiqarish afzalliklaridan mavhumlash bilan bog’liq emas. Shu bilan mazkur usulning jiddiy kamchiligi ham bor, u resurslarning ko’rib chiqilayotgan hudud uchun cheklangan tabiiy, mehnat va boshqa turlaridan oqilona foydalanish muammosini hal etmaydi. Mintaqaviy tahlilga hozirgi iqtisodiy-matematik usullarni qo’llash yordamida U.Ayzard olgan natijalar ancha qiziqarlidir. Bular harajatlar-chiqarish, chiziqli dasturlash va gravitatsiya hamda imkoniyatlar modellari usullaridir. U.Ayzardning rayonlararo optimallashga nisbatan qo’llaniladigan chiziqli dasturlash usullarini bayon qilishi o’z chuqurligidan ko’ra ko’proq oddiyligi va ravshanligi bilan kishi e‘tiborini jalb qiladi. Simpleks usuli va ikkilanganlik nazariyasi boshlanishining hisoblangan metodikasi oddiy misolda tasvirlanadi hamda u mazkur masalalardan bexabar o’quvchiga ham tushunarlidir. Lekin, rayonlararo aloqalarning ancha murakkab modellari ko’rib chiqila boshlaganda iqtisodiy muammolar ortiqcha rasmiyatchilik bilan yoki kam ishonarli amaliy misollar bilan ko’mib boriladi. U.Ayzard rayon jamlada romadlarini eng yuqori darajada ko’paytirishni yoki transport, qayta ishlash va ishlab chiqarish chiqimlarini eng yuqori darajada kamaytirish bo’lishi mumkin bo’lgan mezonlar sifatida ko’rib chiqadi. Lekin ulardan birontasini ortiq darajada afzal ko’rmaydi. Mintaqaviy tahlilning ko’rsatib o’tilgan usullarini ko’rib chiqar va tavsiflar ekan, U.Ayzard ularni sintezlashga, ya‘ni joylashtirishning umumiy nazariyasini ishlab chiqishga o’tadi. Bayon qilingan barcha usullarni rasmiy tarxlarda mexanik tarzda birlashtirgani va bosh model sifatida goh harajatlar-chiqarish modelini, goh gravitatsion hamda imkoniyatli modellarini, goh sanoat kompleks tahlilini tanlagani va qolgan modellarni bosh modelga buysundirgani holda U.Ayzard birontasini ham ortiq darajada afzal ko’rmay, bu barcha konstruktsiyalarni teng qimmatli deb hisoblaydi. U asarini ancha umizsizlarcha bunday deb tugatadi: «biz ikkinchi masalani asosan yecha oldikmi yoki yo’qmi, bu shubha ostidadir». Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish nazariyalar to’g’risida I.Tyunen, A.Veber, A.Lyosh, U.Ayzard, F.Berru va boshqa chet el iqtisodchilari tomonidan G’arb mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirishda keng qo’llanganligi bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’l kelganligini davr isbotlamoqda. Shu boisdan ham mustaqil respublikamizda ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirishda chet el olimlarning ilmiy nazariyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling