Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti
- Mavzu: Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korhonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishning ahamiyati vazifalari va axborot manbalari
Download 357.27 Kb.
|
Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «debitor»
25- Mavzu: Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korhonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishning ahamiyati vazifalari va axborot manbalari.
Reja: Debitorlik haqida tushunchasi. Kreditorlik haqida tushunchasi. Debitorlik qarzlaridan tushadigan mablag‘lar ishlab chiqaruvchi korxonaning asosiy pul mablag‘lari manbalaridan biri hisoblanadi. Xaridorlar majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasalar korxonada pul mablag‘lari defitsiti kelib chiqadi, joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, moliyaviy holati yomonlashadi. Bu esa o‘z navbatida korxona va xaridorlar o‘rtasidagi hisob munosabatlarni o‘zgartirish, kredit va qarzlarni so‘ndirishga qaratilgan mos siyosatni ishlab chiqish kerakligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari istalgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorat qilish bo‘yicha asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, balki, kreditorlik qarzlariga ham qaratadi. Shuning uchun qarzlar harakati ustidan qo‘yiladigan nazoratning asosiy vazifalaridan biri debitorlik qarzlar darajasini kreditorlik qarzlari darajasigacha oshmaydigan hajmgacha kamaytirish hisoblanadi. Debitorlik qarzlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi qarzlar kechikishiga va jarima solishgacha bo‘lgan holatga yo‘l qo‘ymay, o‘z vaqtida so‘ndirilishini ta’minlashi kerak. Debitorlik qarzlari korxonada naqd pulning kamayib ketishiga olib keladi, bu o‘z navbatida ishlab chiqarish uzluksizligi buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun debitorlik qarzlari ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z vaqtida so‘ndirilmagan debitorlik qarzlari bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan jazo choralari yoki biror-bir javobgarlikka tortish boshqaruvda muhim sanaladi. Buxgalteriya hisobida «debitor» atamasi muayyan korxonadan qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. «kreditor» atamasi muayyan korxonani qarzdor qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. Ya’ni boshqa korxonalarning bu korxona oldida hisobkitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Bunda korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarda bir korxona ham debitor, ham kreditor bo‘lishi mumkin. Masalan, tovar yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha tovarlar yetkazib berilgan bo‘lsa-yu, ularning puli to‘lanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchiga bu summa debitorlik qarzi deb ko‘rsatiladi va u debitor, ya’ni xaridorlarga ma’lum summadagi tovarlarni qarzga bergan deb hisoblanadi. Shu korxonaning o‘zi mazkur tovarlarni sotib olgan korxonalar uchun kreditor bo‘ladi. Xaridor sotib olingan tovar bo‘yicha mana shu qarz summasini batamom to‘lab bo‘lgunicha kreditorlik qarzi deb ko‘rsatadi. ÿ Debitorlik qarzi – korxonaning aylanmasidan chiqib qolgan va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda turgan mablag‘laridir. Korxonaning o‘z mablag‘lari yoki boshqa korxonalarning mablag‘lari bu qarzlarni qoplash manbayi bo‘lib xizmat qiladi. ÿ Kreditorlik qarzi – boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan vaqtincha jalb etilgan mablag‘lar. Ulardan shu korxonaning aylanmasida vaqtincha foydalaniladi. Ularni to‘lash muddati kelganida bu mablag‘lar aylanma mablag‘lar summasidan olib berilishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxonalar, xo‘jalik subyektlari faoliyatida uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Ammo, debitorlik va kreditorlik qarzlarining me’yoridan oshib ketishi va to‘lov muddatining o‘tib ketishi korxonalar moliyaviy holatining yomonlashuviga, ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular korxonalar faoliyatida salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan bir qatorda, budjetga daromad tushishini kamaytiradi va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga ham salbiy ta’sir etadi. Shu sababli ham debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi davlat ahamiyatidagi masala sifatida doimo davlat nazorati ostida bo‘ladi. Ayniqsa, bunda muddati o‘tgan qarzlarga katta e’tibor beriladi. Muddati o‘tgan qarzlar summasi o‘sishining oldini olish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda har bir korxona va tashkilot rahbariyati oldidagi masalalardan biridir. Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilini to‘g‘ri tashkil etilishi hamda takomillashtirilib borilishi bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir sharoitda eng dolzarb masalalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to‘lov muddatining oshib ketishi xo‘jalik subyektlarining moliyaviy ahvoliga katta ta’sir o‘tkazadi. Shu maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita davlat nazorati va e’tiboridagi masala ham hisoblanadi. Negaki, korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda majburiyatlarni tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora-tadbirlari belgilanadi. Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majburiyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha hisobot, ma’lumotnoma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin. Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo‘lgan o‘zaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari: • debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini o‘rganish; • korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish; • debitorlik va kreditorlik qarzlarini vujudga kelish muddatlari bo‘yicha tasniflagan holda o‘rganish; debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish; • kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish; • debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho berish; • muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish; • qarzlarni kamaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish va hokazolardan iborat. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o‘rganishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ♦ korxonaning «Buxgalteriya balansi» (1-shakl) ma’lumotlari; ♦ «debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma»; ♦ buxgalteriya hisobining debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi tegishli schot ma’lumotlari. Download 357.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling