Tovarlar kimyosi


Download 91.5 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1096466
1   2   3
Bog'liq
Акбарова М. Мижоз сустлигиdocx

Qo‘llanilgan metodlar. Yurtimizning har bir joyida topish mumkin bo‘lgan dorivor o‘simliklar sirasiga semiz o‘t o‘simligini kiritishimiz mumkin. Semiz o‘tning kimyoviy tarkibini hech qaysi o‘simlik tarkibiga o‘xshatib bo‘lmaydi. Semiz o‘tda flavanoidlar(kempferol, apigenin, luteolin, mirsetin, kversetin genistein, genistin), [4] alkaloidlar(dopamin, noradrenalin, dopa, [7] oleratsin I, oleratsin II, trolizin, aurentiamid, aurentiamid asetat, adenozin, skopoletin va boshqalar), terpenoidlar(portulen, lupeol, fridelen, portulazid A, portulazid B),[4][10] organik kislotalar(α – linol kislotalari, palmitin, stearin, olein, 3-kvanolin karboksiklik, indol 3-karboksiklik, p- kumarin, ferul, katexol, kofe, oksalat, lonkokarpik kislotalari va eng asosiy omega–3 yog‘ kislotalari)[5][10] vitaminlar (A, B1, C, PP, E, gesperidin), [8] minerallar(P, Fe, Mn, Ca, Cu, Zn, Se, Mg) [6][8] va boshqa(β-sitosterol, daukosterol, β-karotin, glutation, prolin, melatonin, xlorofil, tannin, izopimpinellin, robustin, bergapten)[4][9] kabi moddalardan tashkil topgan.
Semiz o‘t o‘simligidan xalq tabobatida mijoz sustligi kasalligini davolashda ham keng foydalaniladi. Quruq o‘tidan bir osh qoshig‘i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Suzib olingach, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 2-3 qoshiqdan ichilganda mijoz sustligi kasalligini davolash mumkin bo‘ladi. [2][3]
Natijalar muhokamasi. Mijoz sustligi kasalligini davolashda hozirda ko‘p qo‘llaniladigan sintetik dorilardan sialis, tadalafil-C3, pin AP, sitara, kupid 36 , viagra, dinamiko, vildegra, eroton, vizarsin, sinegra, viatayl, vivayra, vigrande, levitra, vardenafil va shu kabi dorilar bu kasallikni davolashda yordam beradi, lekin bu dorilarning hammasining o‘ziga xos yon ta’sirlari ya’ni boshqa organlarga salbiy ta’sirlari mavjud:

  1. Tadalafil - (1991-yil avgustda Glaxo vellkome (hozirgi Glaxo Smiz Kline) tomonidan Glaxo va ICOS hamkorlikda kashf qilingan).

(1)
Tadalafil
Tadalafil (1) immun sistemadan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; nerv sistemasidan: ko‘pincha-bosh og‘rig‘i; kamdan-kam hollarda-bosh aylanishi; kamdan-kam hollarda - insult (jumladan. gemorragik turdagi o‘tkir miya qon aylanishining buzilishi), hushdan ketish, o‘tkinchi ishemik xurujlar, migren, epileptik tutqanoq, o‘tkinchi amneziya, ko‘rish organi tomonidan: xira ko‘rish sezgisi, ko‘z soqqasida og‘riq; kamdan - kam hollarda - ko‘rish maydonining buzilishi, ko‘z qovog‘ining shishishi, eshitish va labirint buzilishi organi tomonidan: quloqlarda past ovozda jiringlash; kamdan - kam hollarda-to‘satdan eshitmay qolish, yurak tomonidan: kam-yurak urishi, taxikardiya; kamdan - kam hollarda - miokard infarkti, qorincha aritmiya, tomirlar tomondan: ko‘pincha - qonni yuzga "oqizadi"; kamdan-kam hollarda - qon bosimining pasayishi, qon bosimining oshishi, nafas olish tizimidan: ko‘pincha - burun bitishi; kamdan-kam hollarda -nafas qisilishi, burundan qon ketish, ovqat hazm qilish sistemasidan: ko‘pincha - dispepsiya; kam hollarda - qorin og‘rig‘i, gastroezofagial reflyuks, 65 yoshdan oshgan bemorlarda ich ketishi, qusish, ko‘ngil aynishi, teri va teri osti to‘qimalaridan: toshmalar, Stivens-Jonson sindromi, eksfoliativ dermatit , giperhidroz, tayanch-harakat tizimidan: ko‘pincha - bel og‘rig‘i, mialgiya, ekstremitalarda og‘riq, siydik chiqarish tizimidan: kamdan-kam hollarda - gematuriya, jinsiy a’zolar va ko‘krakdan: kam - uzoq muddat ereksiya; kamdan-kam hollarda - priapizm, gematospermiya, jinsiy olatdan qon ketish. boshqa: yengil - ko‘krak og‘riq, periferik shish, charchoq; kamdan - kam hollarda - yuz shishi, to‘satdan yurak o‘limi ilgari yurak-qon tomir xavf omillari bo‘lgan bemorlarda kuzatilishi kabi salbiy ta’sirlarga ega.
Bu sintetik dorining kimyoviy tarkibi ya’ni tadalafil bilan semiz o‘t tarkibidagi aurentiamid asetat (2) moddasi bilan kimyoviy struktura jihatidan o‘xshash ekanligi taqqoslash metodi yordamida qiyoslanib o‘rganildi.
(2)
Aurentiamid asetat

  1. Viagra – kimyoviy tarkibi sildenafil(3)(1989-yil britaniyalik pfizer olimlari Piter Dann va Albert Vud tomonidan birinchi marotaba sintez qilingan) bo‘lib,

(3)
Sildenafil
bu sintetik dori ko‘rish organi tomonidan: ko‘pincha - xira ko‘rish, ko‘rish buzilishi, sianopsiya; kam hollarda - ko‘z og‘rig‘i, fotofobi, fotopsiya, xromatopsiya, ko‘z sklera ineksiyalarining qizarishi, yorug‘lik sezish yorqinligining o‘zgarishi, ko‘z to‘qimasida qon ketishi, katarakta, ko‘z soqqasi apparatining buzilishi; kamdan-kam hollarda - ko‘z qovoqlari va qo‘shni to‘qimalarning shishishi, ko‘zlarda quruqlik hissi, ko‘z charchog‘ining kuchayishi, sariq rangdagi narsalarni ko‘rish( ksantopsiya), qizil rangdagi narsalarni ko‘rish (eritropsiya), ko‘z shilliq qavatining tirnash xususiyati, ko‘zlardagi yoqimsiz hislar; ko‘rish maydonidagi nuqson, diplopiya, ko‘rishning vaqtincha yo‘qolishi yoki ko‘rish keskin pasayishi, ko‘z ichi bosimining ko‘tarilishi, retinal shish, eshitish organidan: kamdan-kam hollarda - eshitishning to‘satdan pasayishi yoki yo‘qolishi, quloqlarda og‘riq, yurak - qon tomir tizimidan: tez - tez - "issiq chaqnashlar"; kamdan-kam hollarda - taxikardiya, yurak urishi, qon bosimining pasayishi, yurak urish tezligi, miokard ishemiyasi, miya trombozi, yurak to‘xtashi, yurak yetishmovchiligi, EKG o‘qishlarida anormallik, kardiomiopatiya; kamdan-kam hollarda - atrial fibrilatsiya, to‘satdan yurak o‘limi, gematopoetik tizimdan: kamdan-kam hollarda - anemiya, leykopeniya, metabolizm va ovqatlanish tomondan: kamdan-kam hollarda - chanqoqlik hissi, shish, podagra, kompensatsiyalanmagan qandli diabet, giperglikemiya, periferik shish, giperurikemiya, gipoglikemiya, gipernatremiya, nafas olish tizimidan: ko‘pincha - burun bitishi; kam hollarda - burun qonashi, rinit, astma, nafas qisilishi, laringit, faringit, sinusit, bronxit, balg‘am hajmining ko‘payishi, yo‘talning ko‘payishi; kamdan-kam hollarda - tomoqda siqilish hissi, burun shilliq qavatining qurishi, burun shilliq qavatining shishishi, ovqat hazm qilish tizimidan: ko‘pincha-ko‘ngil aynishi, dispepsiya; qusish, qorin og‘rig‘i, og‘iz qurishi, glossit, gingivit, kolit, disfagiya, gastrit, gastroenterit, stomatit, jigar funksional sinamalarining me’yordan og‘ishi, rektal qon ketish; kamdan-kam hollarda - og‘iz shilliq qavatining gipesteziyasi, tayanch-harakat sistemasidan: ko‘pincha - bel og‘rig‘i; mialgiya, ekstremitalarda og‘riq, artrit, artroz, pay yorilishi, suyak og‘rig‘i, genitouriya tizimidan: kamdan - kam hollarda - sistit, gematuriya, jinsiy olatni to‘qimalarining zararlanishi, markaziy va periferik nerv sistemasidan: ko‘pincha - bosh og‘rig‘i; bosh aylanishi; kam hollarda - uyquchanlik, migren, ataksiya, gipertoniya, nevralgiya, neyropatiya, uyqusizlik, noodatiy tushlar, reflekslarning oshishi, gipesteziya; tirishish , takroriy tirishish, hushdan ketish, teri va teri osti to‘qimalaridan: teri toshmalari, qichishish, terlashning ko‘payishi, teri yarasi, Stivens-Jonson sindromi, boshqa: kamdan - kam hollarda - issiqlik hissi, yuzning shishishi, fotosensitivlik reaksiyalari, shok, asteniya, charchoq, ko‘krak og‘rig‘i, tasodifiy jarohatlar; kamdan-kam hollarda - asabiylashish singari nojo‘ya ta’sirlarni namoyon qilishi mumkin.


(4)
Sildenafil moddasi semiz o‘t tarkibidagi N-sis-Feruloltiramin (4) moddasi bilan kimyoviy struktura jihatidan bir-biriga o‘xshashaligi o‘rganildi.

  1. Levitra – quyidagi kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan (5)

Vardenafil
vardenafil (5) (Germaniyaning Bayer Pharmaceuticals kompaniyasi tomonidan 2003-yilda sintez qilingan)bo‘lib, asab tizimidan: mumkin bo‘lgan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kamdan-kam hollarda - mushaklarning ohangini oshiradi, yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yuzning qizarishi, kamdan-kam hollarda - qon bosimining oshishi, qon bosimining pasayishi, ovqat hazm qilish tizimidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, nafas olish tizimidan: burun bitishi, dermatologik reaksiyalar: fotosensitivlik, reproduktiv tizimdan: kamdan-kam hollarda – priapizm kuzatilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlar mavjud.
vardenafil semiz o‘t tarkibidagi foliy kislotasi (6) moddasi bilan kimyoviy struktura jihatidan o‘xshashligi va bu orqali mijoz sustligi kasalligini davolashda muhim ahamiyatga egaligini ko‘rsatdi.
(6)
Foliy kislotasi
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, sintetik dorilarni uzoq muddat qo‘llash, kunlik me’yoridan ortiq qabul qilish ko‘plab salbiy oqibatlarga hattoki o‘limga ham olib kelishi mumkin. Xalq tabobatida qadim-qadimdan mijoz sustligini davolashda qo‘llaniluvchi dorivor semiz o‘t o‘simligi kimyoviy tarkibini o‘rganish natijasida va sintetik dorilar bilan taqqoslash usuli bilan qiyoslanganda haqiqatdan xam mijoz sustligini davolash xususiyatga ega ekanligi isbotlandi.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling