Tovarlar kimyosi
Download 91.5 Kb.
|
Акбарова М. Мижоз сустлигиdocx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
MIJOZ SUSTLIGI (JINSIY ZAIFLIK) KASALLIGINI DORIVOR O‘SIMLIK BILAN DAVOLASH Akbarova Marvaroy Muhitdin qizi – “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi tayanch doktoranti. O‘zbekiston Milliy universiteti. I.R.Asqarov - kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Tabobati akademiyasining raisi. Andijon davlat universiteti Smanova Zulayho Asanaliyevna - kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Milliy universiteti E-mail: marvaroy1995.@mail.ru, Smanova.chem@mail.ru Tel: 99 142 77 82 Annotatsiya. Maqolada mijoz sustligi kasalligida keng qo‘llanilayotgan sintetik dorilarning kimyoviy tarkibi o‘rganilgan. O‘rganilgan sintetik dorilarning inson organizmiga salbiy ta’sirlari keltirilgan. Semiz o‘t asosida oziq-ovqat qo‘shilmasi tovari yaratish istiqbollari yoritilgan Kalit so‘zlar: mijoz sustligi, sintetik dorilar, salbiy ta’sir, xalq tabobati, taqqoslash metodi, asosiy tarkibi, oziq-ovqat qo‘shilmasi. Kirish. Hozirda kasalliklar soni ko‘p va bu kasallikni bartaraf etuvchi sintetik dorilar soni ham ancha yuqori darajada oshgan. Bunday doridan kasallikni oldini olishda emas, balki kasallik xuruj qilinganda foydalanilib og‘riqni qoldirish, jismoniy faollikni qayta tiklash mumkin, lekin bu vaqtinchalik chunki kasallik yana bezovta qilishi ehtimoli mavjud bo‘ladi. Sintetik dorilarning inson organizmidagi hayot uchun muhim bo‘lgan organlar(yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish, markaziy va periferik asab, eshitish, ko‘rish tizimlariga)ga ham ta’siri mavjud. Ularning to‘g‘ri ishlashiga xalaqit beradi. Hattoki noto‘g‘ri foydalanish orqali o‘lim holatlari yuzaga kelayotgani hech kimga sir emas. Bunday hodisalarni kamaytirish, kasalliklarni oldindan profilaktika qilishda tabiiy usullardan foydalanish uchun Respublikamizda salmoqli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 12-oktabrda imzolangan “ O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3968 sonli qarori yorqin misol.[1] Yurtboshimiz e’tibor qaratgandan so‘ng bu soha ancha rivojlandi. Tibbiyot fanlari orasida 41-sifatida dunyoda birinchi marta “Xalq tabobati” ixtisosligi OAK da rasmiy ro‘yhatga olindi. 140041-Xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha kimyo, farmasevtika va tibbiyot fanlarida ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar beriladigan bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda aholi orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri mijoz sustligi kasalligi bo‘lib, bu kasallik – jinsiy funksiyaning buzilishi, jinsiy maylning susayishi va yo‘qolishidir. Mijoz sustligi kasaligining sabablari jinsiy organlar, endokrin sistema, periferik nervlar bosh miya oliy bo‘limlarini tuzilishiga bog‘liq. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling