Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan ¡ste’molchiga etkazib berishda
dorixona om borlari bajaradi
Download 47.13 Kb.
|
dorixona om borlari bajaradi.
Omborxonalar kelib tushgan tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash qoidalariga rioya qilgan holda, iste’molchilarga berish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Dorixona omborining asosiy vazifalariga: dorixona, davolash- profiklaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarga sifati va amaldagi qonunchilikning hamma talablariga javob beradigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, dorixona jihozlari va inventarlarni qabul qilish, saqlash va berish kiradi. Dorixona ombori asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalami bajaradi: - ta’minotchilar bilan shartnomalar tuzish; - dorixona assortimentiga mos tovarlar va tibbiyot buyumlarini sotib olish; - da’vo va izlanish ishlarini olib borish; - iste’molchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; - dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilardan sifati, miqdori va qiymati bo'yicha qabul qilishni amalga oshirish; - dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik-kimyoviy xususiyatlari va DF talablarini hisobga olgan holda ular saqlanishini tashkil qilish; - farmatsevtik, parafarmatsevtik va boshqa tovarlarni hisobga olish va berish tartibiga qat’iyan rioya qilishni tashkil qiladi. Dorixona omboriga qo'yilgan farmatsevtik talablar tegishli tarmoq standartida belgilangan. Dorixona ombori bajarilayotgan ish hajmiga, sanitariya-gigiena qoidalariga, yong'inga qarshi, boyliklarni saqlash talablariga javob beradigan sharoitda joylanishi kerak. Omborxona alohida turadigan binoda 176 (bino tizimining ijara huquqida yoki boshqa xuquqlar asosida qonunchilikka zid keltirmagan holda) joylashishi mumkin. U yerda, albatta, suv bilan ta’minlanish, kanalizatsiya, issiqlik, tortib ketadigan ventilyatsiya qurilmalari mavjud bo‘lishi shart. Tashqarida tashkiliy-huquqiy shakli, korxona nomi, joylashgan o‘rni (yuridik manzili) va ish tartibi yozilishi kerak. Dorixona ombori dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik- kimyoviy, farmakologik, toksikologik xususiyatlariga asosan saqlash va tegishli butligini hamda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini standartlar talablarini hisobga oigan holda ta’minlab beruvchi ajratilgan va maxsus jihozlangan binolarga ega boMishi kerak. Omborxonada alohida kirish yo‘li, tovarlarni qabul qilish uchun ajratilgan joy bo‘lishi kerak. Agar omborxona ko'p qavatli uylarda joylashgan bo‘lsa, tovami ortish yoki tushirish xonadonlarning derazasi tagida amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Tibbiyot yoki dorixona sifatida xizmat qiluvchi binolarda mayda ulgurji ombor joylashganda ma’muriy-maishiy xonalar umumiy boMishi mumkin. Omborxona xonalari bajariladigan funksiyalariga qarab uzviy qabul qilish, saqlash, buyurtmalami jamlash va mahsulotlarni berish ishlari funksional bog‘liq boMishi lozim. Omborxona xonalarining maydoni, saqlanishi ko‘zda tutilgan mahsulotlar hajmiga mos kelishi va 150 m2 dan kam boMmasligi lozim: - mahsulotlarni qabul qilish joyi; - tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar va dori vositalarini saqlash joyi; - maxsus saqlash sharoitini talab qiluvchi dori vositalarini saqlash xonalari; ekspeditsiya (jo‘natish) joyi. Ma’muriy-maishiy xonalaming umumiy maydoni xodimlarning soniga bogiiq, lekin amaldagi me’yorlar va qoidalarga binoan 34 m2 kam bo‘lmasligi kerak. Dorixona ombori bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, tegishli jihoz va inventariar bilan ta’minlanishi lozim. Dorixona omborida bo‘lish lozim boMgan jihozlarning tahminiy ro \yxati: - stellajlar, poddonlar, podtovarlar, tovar osti moslamalari; - muzlatkich kameralari; - yukni yuklash-tushirish mexanizatsiya vositalari; - havo ko‘rsatkichlarmi rasmiylashtiruvchi asboblar; - yog‘och va metall shkaflar (seyflar); l2-№ 96 177 - ishchi stol va stullar; - maxsus va ustki kiyimbosh hamda poyafzal saqlanadigan alohida shkaflar; - sanitar holatni saqlash uchun inventar va dezinfektsiyalovchi vositalar. Saqlash xonalarining soni alohida xonalarda saqlanishni talab qiluvchi dori vositalari guruhlariga qarab belgilanadi. Odatda, omborxonaning ish hajmi qancha bodishidan qat’iy nazar quyidagi saqlash boiimlari bodishi ko‘zda tutiladi: quruq dori vositalari, suyuq dori vositalari, tayyor dori vositalari, sanitariya va gigiena tovarlari, bogdov materiallari, zaharli va giyohvandlik dori vositalari (agar ularni saqlash uchun alohida litsenziya bo‘lsa). Bundan tashqari, dorixona omborida dori vositalarini qadoqlash va o‘rab joylash, yordamchi bodimlari, transport boiimi va v. h.k. tashkil qilinishi mumkin. Moliyaviy ishlarni bajarish uchun buxgalteriya, iqtisodiy rejalashtirish bo‘limi ham ko‘zda tutiladi. Dorixona omborlariga boshqa soha omborlaridan farqli ravishda, asosan, oliy farmatsevtik va o ‘rta maxsus ma’lumotli malakali xodimlar ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlari soni ular bajaradigan ish hajmiga (savdo hajmi) asosan belgilanadi, Dorixona omborida tovarlar harakati quyidagi logistik jarayonlardan iborat: tovar qabul qilish, sifat nazorati, saqlash joylariga joylashtirish, saqlash bodimlaridan tovarlarni berish. Omborxonada tovarlami saqlash ishlari amaldagi tarmoq standard va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar asosida olib boriladi. Qabul qilish bodimi boshqa xonalardan alohida bo‘lishi, lekin asosiy dori vositalari saqlash xonalari bilan uzviy bog‘liq bodishi lozim. Dorixona omborida kelib tushgan mahsulotlarni qabul qilish va tegishli bodimlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch kishidan iborat qabul xay’ati tashkil etiladi. Qabul xay’ati raisi qabul bodimi boshligd, kichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi. Qabul qilish hay’ati tarkibiga bodim mudirlari, mahsulot qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar ham kirishi mumkin. Ba’zi hollarda xay’at tarkibiga mutaxassis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarini son va sifat jihatdan qabul qilish qoidalarini, tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning asosiy va alohida sharoitlarini, dori vositalari fizik-kimyoviy 178 xossalarini, dori turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx-navo va boshqalami yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaharli yoki giyohvandlik vositalari kelishi bilan darhol zaharli va giyohvan vositalari saqlash boMimiga topshiriladi. Ularni son jihatidan va kuzatuv hujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi. Qabul qilish bo‘limida mahsulotlar qaysi bo‘limga tegishli bo‘lsa shu bo‘lim mudirlari (o‘rinbosarlari) ishtirokida ochib ko‘riladi, lozim bo‘lgan taqdirda betaraf tashkilot vakili yukni qabul qilishda ishtirok etish huquqini beruvchi hujjat asosida qatnashadi. Tovarlarni yetkazib berish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Dori vositalarini amaldagi reglamentlari asosida ulgurji va chakana dorixona tarmoqlari orqali sotishda quyidagi hujjatlar boiishi talab etiladi: - muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya; - muvofiqlik sertifikatining asl nusxasi egasi tomonidan, notarius yoki sertifikat bergan tovarlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi; - tovar-kuzatuv hujjatlari (schet-faktura) ishlab chiqaruvchi yoki ta’minotchi (sotuvchi) tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lib har bir tovar norm bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga ular muvofiqligi haqida ma’lumotlar; - muvofiqlik sertifikati nomeri va uning amal qilish muddati; - sertifikat bergan idora; yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya qayd qilingan nomeri va uning amal qilish muddati; - deklaratsiyani qabul qilgan ishlab chiqaruvchi yoki ta’minotchining (sotuvchining) nomi va qayd qilgan idora. Barcha hujjatlar nusxasi ishlab chiqaruvchining (ta’minotchi, sotuvchi) imzo va muhri bilan manzili va telefonlari ko‘rsatilgan holda tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Dori vositalarini qabul qilishdan oldin ularning yaroqlilik muddatiga e’tibor berish lozim. Download 47.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling