Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan ¡ste’molchiga etkazib berishda
Bog‘liq boMgan vositachilar
Download 47.13 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar faoliyati, dorixona omborida tovarlar harakatini tashkil qilish
Bog‘liq boMgan vositachilar
- tovarga egalik huquqini olmagan va bevosita savdoda ishtirok etmaydigan firmalar yoki ayrim tadbirkorlar (agent va brokerlar). Ular sotish yoki oldi-sotti jarayonlarga ko‘maklashadi, ya’ni sotuvchilar va haridorlarni birlashtiradi hamda axborot va marketingli funksiyalarni bajaradilar. 11.4. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar faoliyati, dorixona omborida tovarlar harakatini tashkil qilish Dorixona tovarlarni tarqatish tizimida ulgurji vositachilarning asosiy vakili ulgurji savdo tashkilotlari hisoblanadi. Yevropa Hamjamiyati komissiya kengashining 31.03.1992 yildagi direktivasi “Inson uchun dori vositalarini ulgurji sotish qoidalari”da dori vositalarini aholiga berishdan tashqari sotib olish, saqlash, ta’minlash va 174 eksport qilish bilan bogiiq boigan jarayonlaming barchasi dori vositalaming ulgurji savdosini belgilaydi. Ulgurji sotuvchilar ma’lum geografik ko‘lam aholisining talablarini qondirish uchun kerakli dori vositalar assortimenti mavjudligi bilan hamda izohlangan joyga qisqa muddatda talab qilingan dori vositalar miqdorini yetkazishga kafolat berishi kerak. Hozirgi vaqtda qator rivojlangan mamlakatlarda ulgurji sotish tegishli yaxshi amaliyotning qoidalari (GDP - Good Distribution Practice) mavjud. Ushbu xujjatda tovar harakatining har bir bosqichlarida dori vositalari sifatini, qayd qilinishini, saqlash talablarini bajara oladigan, etkazib berish kafolatini va boshqalarni ta’minlab beradigan tegishli ulgurji savdoning asosiy negizlari belgilangan. Ushbu xujjat dori vositalarini ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan talablarni ham o‘z ichiga olgan. Ulgurji sotish jarayonida zarur bo‘lgan asosiy xujjatlar sanab o'tilgan boiib. ular dori vositalari harakatini aks ettiruvchi, turli xil logistik jarayonlarni izohlaydigan buyurtmalar, yo‘riqnomalardir. 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2002-yil 16-dekabr 547-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ulgurji standart (OST TST 42-03:2002)ga binoan dori vositalari ulgurji savdo korxonalariga “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar kiradi. Tovar harakatining kanallari (logistik kanallar) asosiy qismini ulgurji savdo tashkilotlari tashkil etadi. Ulgurji savdoni amalga oshirish quyidagi vazifalarni ko‘zda tutib rejalashtiriladi: - tovar zahiralarini ko‘paytirish va saqlash; - dori vositalarni ishlab chiqaruvchilardan keladigan moddiy oqimni oxirgi iste’molchilar uchun tovar oqimiga qaytadan tuzish; - dori preparatlarining yuklash xajmlarini yiriklashtirish; - servis sifatini yaxshilash. Ulgurji savdo korxona va tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boMgan ishlab chiqaruvchilardan, boshqa ulgurji savdo korxona va tashkilotlaridan hamda o'matilgan tartib asosida ro‘yxatga olingan chet el firmalaridan yetkazib beriladigan dori vositalarini sotib olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari xususiy farmatsevtika amaliyoti bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega boMgan boshqa ulgurji savdo 175 korxonalariga, ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga, dorixona muassasalariga, dori vositalarni sotishi mumkin. Faqat o'rnatilgan tartibda ro'yxatga olingan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya - gigiena ashyolari O'zbekiston Respublikasi hududida sotilishi mumkin. Dori vositalari bilan ulgurji savdoni O'zbekiston Respublikasi SSV tomonidan o'rnatilgan tartibga ko'ra ma’lum faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida amalga oshirish mumkin. Litsenziyani, uni bergan organ haqidagi ma’lumotni tanishib chiqishga qulay joy o'rnatilgan boiishi kerak. Ulgurji savdo korxonasi tovar harakatining asosiy vazifasini mustaqil ravishda yoki distribyuterning bo'linmalari sifatida faoliyat ko'rsatadigan Download 47.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling