Tovon suyagi Oyoq kafti suyaklari


T o v o n s u y a g i (calcaneus


Download 209 Kb.
bet6/7
Sana02.05.2023
Hajmi209 Kb.
#1420806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oyoq skeleti

T o v o n s u y a g i (calcaneus,62-rasm) eng katta suyaklardan bo‘lib, oshiq suyak va uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan. Uning orqa tomonida tovon do‘mbog‘i (tuber calcanei), pastga qaragan yuzasida ikkita do‘mboqcha – processus lateralis tuberis calcanei va processus medialis tuberis calcanei ko‘rinadi. Tovon suyagining tepasida oshiq suyak hamda pastki bo‘g‘im yuzalariga mos keladigan bo‘g‘im yuzalari joylashgan. Ularning o‘rta orqa bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida joylashgan egat sulcus calcanei oshiq suyakdagi xuddi shunga o‘xshash egat bilan qo‘shilib kovak (sinus tali)ni hosil qiladi.
Tovon suyagining medial yuzasida oshiq suyakni ko‘tarib turuvchi o‘siq (sustentaculum tali) bo‘lib, lateral yuzada m.peronaeus longus ning payi o‘tadigan egat – sulcus tendineus m.peronei longi joylashgan. Tovon suyagining old tomonida kubsimon suyak bilan birlashadigan bo‘g‘im yuzasi bor.
Q a y i q s i m o n s u y a k (os naviculare, 62-rasm) oshiq suyak boshchasi bilan uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan bo‘lib, uning orqa tomonida oshiq suyak boshchasi bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadigan botiq bo‘g‘im yuzasi ko‘rinadi. Oldingi tomonda esa uchta ponasimon suyaklar bilan birlashadigan, sal bo‘rtgan uchta bo‘g‘im yuzalari joylashgan.
P o n a s i m o n s u y a k l a r (ossa cuneiformia, 48-rasm) medial, o‘rta va lateral holatda, qayiqsimon suyak (old tomondan) bilan oshiq suyakning boshchasi (orqa tomondan) o‘rtasida o‘rnashgan. Ponasimon suyaklar o‘rtasida eng kattasi os cuneiforme mediale birinchi kaft suyagi bilan birlashsa, o‘rtadagi os cuneiforme interedium ikkinchi kaft suyagi bilan, lateral tomondagi os cuneiforme laterale esa uchinchi kaft suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.
K u b s i m o n s u y a k (os cuboideum, 62-rasm) tovon suyagi bilan IV va V kaft suyaklari o‘rtasida, oyoq panjasining lateral tomonida joylashgan bo‘lib, ular bilan birlashadigan bo‘g‘im yuzalari bor. Bulardan tashqari, qayiqsimon va lateral ponasimon suyaklarni qo‘shib turuvchi bo‘g‘im yuzalari mavjud. Kubsimon suyakning pastki yuzasida g‘adir-budur (tuberositas ossis cuboidea) yuzacha bo‘lib, oldida kichik boldir muskulining payi o‘tadigan egat joylashgan.

Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling