Tovon suyagi Oyoq kafti suyaklari
Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsalia
Download 209 Kb.
|
Oyoq skeleti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq barmoqlarining suyaklari
- Adabiyotlar
Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsalia, 62, -rasm) beshta bo‘lib, bosh barmoq tomondan I, II va h.k. hisoblanadi. Har bir kaft suyaklarining proksimal uchi – asosi (basis), tanasi (corpus) va distal tomonda boshchasi (caput) bo‘ladi, I kaft suyagi eng kalta va yo‘g‘oni bo‘lib, II kaft suyagi eng uzunidir. Kaft suyaklari uzunasiga joylashgan oraliq bilan bir-biridan ajralgan. I, II va III kaft suyaklari asosidagi bo‘g‘im yuzalari I, II va III ponasimon suyaklarga mos keluvchi bo‘g‘im yuzalariga qo‘shilib turadi. IV–V kaft suyaklari basis esa kubsimon suyak bilan birlashadi. II–IV kaft suyaklari ikki yonboshdagi kichkina bo‘g‘im yuzasi orqali o‘zaro birlashadi, I kaft suyagining bo‘g‘im yuzasi II kaft suyagiga qaragan tomonda, V kaft suyagidagi bo‘g‘im yuzasi IV kaft suyakka qaragan tomonda bo‘ladi. V kaft suyagining lateral tomonidagi g‘adir-budur tepacha (tuberositas ossis metatarsalis) I kaft suyagining pastki yuzasida (tuberositas ossis metatarsalis) bo‘ladi.
rasm. Oyoq panjasining skeleti (ossa pedis). Yuqori yoki dorzal yuzasi. 1–calcaneus; 2–talus; 3–os cuboideum; 4–os naviculare; 5–os cuneiforme laterale; 6–os cuneiforme inter-medium; 7–os cuneiforme mediale; 8–basis; 9– os metatarsale I (corpus), 10–os metatarsale II; 11–caput; 12–basis phalangis; 13–phalanx proximalis; 14–corpus phalangis; 15–caput phalangis; 16–phalanx distalis; 17–tuberositas; 18–phalanx distalis; 19–phalanx media; 20–phalanx proximalis; 21–tuberositas ossis metatarsalis V; 22–trochlea tali. Oyoq barmoqlarining suyaklari – falangalar (ossa phalangis) qo‘l barmog‘i suyaklariga o‘xshab tuzilgan bo‘lib, bosh barmoqlardan tashqari (bosh barmoqda ikkita falanga bo‘ladi) II–V barmoqlarda uchtadan barmoq suyaklari bo‘ladi. Birinchi barmoq suyagi kaltaroq, yo‘g‘onroq, qolganlari bir oz uzunroq. Tirnoq falangalari g‘adir-budur do‘mboqchalar (tuberositas phalangis distalis) bilan tugaydi. Odam gavdasining vertikal holatga o‘tishi oyoq panjasining skelet tuzilishida ham o‘z izini qoldiradi. Natijada oyoq panjasi tayanch nuqtasini bajarishga va gavda og‘irligini ko‘tarib yurishga moslashadi. Shuning uchun odamda tovon suyagi ancha yo‘g‘onlashgan, orqadan oldinga (bo‘yiga) uzunlashgan va mustahkamlashgan bo‘ladi. Oshiq suyak esa tovon suyagining ustida joylashgan bo‘lib, yuqorida boldir suyaklari bilan, oldingi tomonda qayiqsimon suyak bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadi. Binobarin, oshiq suyakning tuzilishi va bo‘g‘im yuzasi ana shunga moslashgan. Qolgan suyaklar ham gavda og‘irligini ko‘tarib yurishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun panja suyaklari asta-sekin kattalashgan va oyoq gumbazini hosil qilib o‘zaro qo‘shilib joylashgan. Adabiyotlar: 1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й. 2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й. 3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й. Download 209 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling