Tovush to`lqinlari. Tovush tezligi Reja
Tovushning balandligi, qattiqligi va tembri
Download 21.77 Kb.
|
Tovush to`lqinlari. Tovush tezligi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agar tovushda v
- Eng kichik v
1.Tovushning balandligi, qattiqligi va tembri. Barcha tovushlar musiqiy tovushlarga va shovqinlarga bo`linadi. Masalan, musika asboblari chiqaradigan tovushlar, ashula musiqiy tovush hisoblanadi. Avtomobil yurganda, portlashda, suv sharsharasidan shovqin hosil bo`ladi.
Har qanday real tovush oddii garomonik tebranish emas, balki malum chastotalar to`plamiga ega bo`lgan garmonik tebranishlarning yigindisidan iborat bo`ladi. Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to`plami tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to`plami tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to`plami tovushning akustik spektri deb ataladi. Agar tovushda v1 dan v2 gacha oraliqdagi barcha chastotaga ega bo`lgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Masalan, shovqin tutash akustik spektrga ega. Agar tovush v1,v2,v3 va hokazo, uzlukli, yani bir–biridan chekli intervallar bilan ajralgan chastotali tebranishlardan tashkil topgan bo`lsa, chiziqli akustik spektr deyiladi. Masalan, musikii tovushlar (ularni ohangdor tovushlar deb ham ataladi) chiziqli spektrga ega. Tayinli bir chastotali tovush musiqy ton (musiqiy ohang) yoki to`gridan–to`gri ton ataladi. Garmonik tebranayotgan jismning chiqarayotgan tovushi musiqiy ton bo`ladi.Musiqiy tovushlar bir–biridan qattiqligi va balandligi bilan farq qiladi. Tovushning qattiqligi tebranish amplitudasiga bogliq bo`ladi: tebranish amplitudasi qancha katta bo`lsa, tovush shuncha qattiq bo`ladi. Masalan,kamerton shohisha bolgacha bilan qanchalik kuchli zarba berilsa, kamerton shunchalik qattiq ovoz chiqarganini eshitamiz, chunki kuchli zarba tasirida katta amplitudali tebranishlar yuzaga keladi. Tovushning balandligi tebranish chastotasiga bogliq; tebranish chastotasi qanchalik yuqori bo`lsa, tovush shunchalik baland hisoblanadi. Masalan, torning tarangligini orttirib (bunda torning erkin tebranishlari chastotasi ortadi), uning tovush balandligini oshirish mumkin. Har qanday musiqiy tovushni chastotalarining nisbati natural sonlar qatori nisbatay kabi bo`lgan, yani v1;v2;v3;v4…..–1:2:3:….kabi bo`lgan, bir necha garmonik tebranishlarga ajratish mumkin. Eng kichik v1 chastotali garmonik tebranish–asosiy ton, v2;v3 va hokazo yuqori chastotali garmonik tebranishlar obertonlar deb ataladi. Turli manbalardan chiqayotgan tovushlarning tusi (ohangdorligi) turlicha bo`ladi: yani tovushlar bir–biridan tembri bilan farq qiladi. Tovushning tempri obertonlarning bo`lishi va ularning qattiqligiga bogliq bo`ladi. Obertonlari ko`p bo`lgan musiqiy tovushlarning tembri yuqori (tovush shunchalik sifatli) bo`ladi.
Download 21.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling