Tovushlar cho’zimi va ularning yozilishi


Tovushlarning cho’zimini yozish


Download 17.9 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi17.9 Kb.
#1792996
1   2   3
Bog'liq
Salfejo

Tovushlarning cho’zimini yozish

Tovushlarning o’rnini tushuntirar ekanmiz, ularni butun notalar bilan yozamiz, lekin qo’shiqlarning melodik parchalari va ohanglarini kuylab borganimiz sayin uzun va qisqa tovushlarning, ya’ni choraklar va yarimtaliklarning shaklini bolalarga ko’rsatib berish zarur bo’lib qoladi. 1-sinfda cho’zimlar nisbatini: yarimtaliklar deb, qisqa tovushlar esa choraklar deb atalishini izohlab berish kerak emas. Bu ish kattaroq yoshdagi o’quvchilar bilan olib boriladi. Hozircha chorak va yarimtalik notalar haqidagi ko’z tasavvurlari bilan eshitish tasavvurlarini bog’lash, shu tasavvurlarni qo’shiqlarda ajrata bilish, nota yo’liga yozish, nomini esda qoldirish kifoyadir.

Bu materialni yaxshiroq o’zlashtirish uchun bolalar ilgari chizma usulda chizib ko’rsatishgan qo’shiqni nota shaklida yozishni ularga taklif etish tavsiya qilinadi.

Shundan so’ng o’quvchilarga dastlab tovushlar nomini aniqlab, bu qo’shiqni nota yo’liga yozishni taklif etish mumkin. Bu 2-3 tovushga mo’ljallab tuzilgan juda oddiy qo’shiq bo’lishi kerak.

Shunday qilib, 1-sinfda musiqa savodini o’rganish yuzasidan olib boriladigan ishning mazmunini yakunlab, quyidagilarni ta’kidlab o’tish kerak:

1) O’quv yilining oxiriga kelib bolalar birinchi oktavadagi notalarni

yaxshi bilishlari lozim

2) Chorak va yarimtalik notalarni eshitib farq qila bilishlari va yoza

olishlari kerak;

3) Bolalar tanish kuylar va mashqlarni eshitib olib va notalarning

nomlarini aytish bilan bir vaqtda, ularni nota yozuvidan kuzatib

borganlari holda, birinchi oktava doirasida qo’llay olishlari

kerak; 

4) Eshitib o’rganilgan qo’shiqni nota yozuvi yordamida so’zi bilan

aytib bera olishlari kerak

5) 2-3 tovushga mo’ljallab tuzilgan jo’nroq melodik parchalarni

solfedjio qila olishlari lozim. sinfda bolalarning ritm tuyg’usini o’stirish yuzasidan katta ish boshlangan edi. O’qituvchi keyingi barcha sinflarda shu ishni davom ettiradi. U qisqa va uzun-cho’ziq tovushlar haqidagi tushunchani oydinlashtirar ekan, bolalar diqqatini musiqada chorakdan ham qisqaroq tovushlar uchrashiga jalb etadi. O’qittivchi nimchorak notalar uchraydigan tanish qo’shiqni doskaga yozib qo’yadi, bolalarga uni ohanggi bilan aytib beradi-da, bundagi eng qisqa notalarni ko’rsatishni taklif qiladi.

Il-sinfda nimchorak notalar bilan tanishib boriladi, III-sinfda esa bolalar butun nota va o’n oltitalik nota haqida tasavvur hosil qilishadi. Bu sinfda endi noia chozimlari to’grisidagi lasavvurni yaqqol misollar asosida sistemaga solish mumkin.



Cho’zimlar nisbati sxema tarzida ko’rsatilgan plakatni sinfga olib kirish mumkin. O’quvchilar yangi cho’zim bilan tanishishlari bilanoq shu cho’zim darhol mashqlarga, diktant va melodik misollarga olib kiritiladi.



Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling