Tovushlar haqida Jarangli –jarangsiz jutliklar


Musannif: Sardor Ergashev


Download 31.97 Kb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi31.97 Kb.
#1640491
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
urg\'u, f.hodisalar

Musannif: Sardor Ergashev


QUYIDAGI QO’SHIMCHALAR ASOSGA QO’SHILIB FONETIK O’ZGARISHGA XIZMAT QILADI.

1. –a qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishi, almashishi va ortishiga sababchi bo’ladi: son+a=sana, ot+a=ata, yosh+a=yasha, o’yin+a=o’yna, qiyin+a=qiyna, jiz+a=jizza.


2. –q qo’shimchasi asosga qo’shilib, tovush almashishi, tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: sovi+q==sovuq, bo’ya+q=bo’yoq, so’ra+q=so’roq, tara+q=taroq, achi+q=achchiq, sasi+q=sassiq.
3. –k qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush almashishiga sababchi bo’ladi: chuchi+k=chuchuk.
4. –uq qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: buyur+uq=buyruq.
5. –ar qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: qizil+ar=qizar.
6. –il qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishi, orttirilishiga sababchi bo’ladi: ayir+il=ayrildi, qayir+il=qayrildi, de+il=deyildi.
7. –sh qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: de+sh=deyishdi, ye+sh=yeyishdi.
8. –ar qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: qizil+ar=qizar.
9. –la qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush almashishi, tovush tushishi, tovush orttirilishga sababchi bo’ladi: ong+la=angla, yig’i+la=yig’la, ega+la=egalla.
10. –ta qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush almashishiga sababchi bo’ladi: bir+ta=bitta
11. –i qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: burun+i=burni, ko’ngil+i=ko’ngli, singil+i=singli, buloq+i=bulog’i, terak+i=teragi, haq+i=haqqi.
12. –ay qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishi hamda bir vaqtning o’zida tovush tushishi va tovush almashishiga sababchi bo’ladi: past+ay=pasay, sust+ay=susay, sariq+ay=sarg’ay.
13. –ni, -ning, -niki qo’shimchalari asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: men+ni=meni, sen+ning=sening, men+niki=meniki.
14. –ov, -ala qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: ikki+ala=ikkala, olti+ov=oltov, yetti+ov=yettov.
15. –ma qo’shimchasi sifatdoshning –ar qo’shimchasiga qo’shilganda r tovushini – tovushiga almashtiradi: aytar+ma=aytmas.
16. - illa qo’shimchasi asos tarkibida u yoki v tovushi bo’lsa, qo’shimcha –ulla shakliga almashadi: vov+illa=vovulla, shov+illa=shovulla, gurs+illa=gursulla.
Eslatma: asos tarkibida u yoki v tovushi bo’lmasa –illa qo’shimchasi o’zgarmaydi:chirilla.
17. –ga, -da, -dan kelishik qo’shimchalari u, bu, shu olmoshlariga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: u+ga=unga, bu+da=bunda, shu+dan=shundan.
18. –aqa qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush ortishiga sababchi bo’ladi: shu+aqa=shunaqa, bu+aqa=bunaqa.
19. –day, -dek qo’shimchalari asosga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: bu+day=bunday, shu+day=shunday.
20. –cha qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: shu+cha=shuncha, bu+cha=buncha.
21. –iy qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: his+iy=hissiy, tib+iy=tibbiy.
22. –v qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush almashishiga sababchi bo’ladi: o’qi-uv=o’quv, sayla+v=saylov, tani+v=tanuv, aya+v=ayov.
23. –qi qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush almashishiga sababchi bo’ladi: sayra+qi=sayroqi, o’yna+qi=o’ynoqi.
24. –ga qo’shimchasi so’zning oxiri k yoki q tovushi bilan tugagan so’zlarga qo’shilsa, -ga qo’shimcha –ka, -qa shakliga almashadi: terak+ga=terakka, buloq+ga=buloqqa.
25. –gan qo’shimchasi so’zning oxiri k, q tovushlari bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda –gan qo’shimchasi –kan, -qan shakliga almashadi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan.
26. –i egalik qo’shimchasi k, q tovushi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda k ni g ga, q ni g’ tovushiga almashtiradi: bilak+i=bilagi, so’roq+i=so’rog’i.
27. –i, -im, -ing egalik qo’shimchalari ko’ngil, singil, burun kabi so’zlarga qo’shilganda tovush tushishiga sababchi bo’ladi: ko’ngil+i=ko’ngli, burun+im=burnim, ko’ngil+ing=ko’ngling.
28. –vchi qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush almashishiga sababchi bo’ladi: o’qi+vchi=o’quvchi.
29. –os qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: shar+os=sharros, uv+os=uvvos.
30. –im qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: ayir+im=ayrim.
31. –aki qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: og’zi+aki=og’zaki.
32. –bon qo’shimchasi asosga qo’shilib tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: mehr+bon=mehribon.

Download 31.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling