Tovushlar haqida Jarangli –jarangsiz jutliklar
Download 31.97 Kb.
|
urg\'u, f.hodisalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
Eslatma: egalik, kelishik, fe’l nisbat qo’shimchalari, fe’l so’z yasovchi, sifat so’z yasovchi qo’shimchalar asosga qo’shilib tovush tushishiga sababchi bo’ladi: ko’ngil+i=ko’ngli, men+ni=meni, ayir+il=ayril, o’yin+a=o’yna, og’zi+aki=og’zaki.
Eslatma: -ay qo’shimchasi sariq so’ziga qo’shilib bir vaqtning o’zida tovush tushishi, tovush almashishiga sababchi bo’ladi: sariq+ay=sarg’ay; -iq qo’shimchasi qot so’ziga qo’shilib bir vaqtning o’zida tovush almashishi, tovush orttirilishiga sababchi bo’ladi: qot+iq=qattiq. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir keng unli tovush boshqa bir keng unliga almashadi: son+a=sana, sayla+v=saylov, ong+la=angla, ot+a=ata. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir tor unli boshqa bir tor unliga almashadi: o’qi+v=o’quv, quri+q=quruq. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida jarangsiz undsh jarangli undoshga almashadi: so’roq+i=so’rog’i, bilak+im=bilagim. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida jarangli portlovchi undosh orttirilishi mumkin: u+ga=unga, shu+cha=shuncha, tib+iy=tibbiy. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida jarangsiz va jarangli sirg’aluvchi undosh orttirilishi mumkin: his+iy=hissiy, shar+os=sharros, de+il=deyildi, ye+ish=yeyishdi. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir sirg’aluvchi tovush boshqa bir sirg’aluvchiga almashishi mumkin: aytar+ma=aytmas. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida qo’shimchadagi jarangli undosh jarangsiz undoshga almashishi mumkin: buloq+ga=buloqqa, terak+ga=terakk, chiq+gan=chiqqan. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida portlovchi jarangsiz undosh tushib qolishi mumkin: past+ay=pasay, sust+ay=susay. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilishi natijasida qo’shimchada jarangli portlovchi undosh tushib qolishi mumkin: men+ni=meni, sen+ning=sening, men+niki=meniki. Eslatma: asosga qo’shimcha qo’shilganda qo’shimchadagi til orqa undoshi chuqur til orqa undoshiga almashishi mumkin: buloq+ga=buloqqa, chiq+gan=chiqqan. Download 31.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling