Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar


Download 112 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi112 Kb.
#1575537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan

“Do‘kon” o‘yini


O‘yinning maqsadi: “S” tovushini so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz etish.
O‘yinning borishi: Logoped tomonidan bolalarga o‘yin qoidalari tushuntiriladi. Bolalar tasavvur qilinglar mana bu stol-do‘kon, stol ustidagi rasmlar, o‘yinchoqlar do‘konida sotiladigan narsalar.
Logoped bolalarga qarata murojaat etadi. Bolalar hozir sizlar bilan shu o‘yinni birgalikda o‘ynaymiz. Hozir har biringizni do‘konga, ya’ni oldimga birma-bir chaqiraman va kelgan bola do‘kondan o‘ziga yoqqan narsani xarid qilib olishi kerak va do‘kondan xarid qilgan o‘yinchoq va narsalarning nomini chiroyli, baland ovoz bilan nomlab beradi.
-soat-sovun-sandiq
-asal-arslon- -gilos-avtobus
O‘yin davomida asosan “S” tovushi qatnashgan so‘zlarni urg‘u berib jarangdor ovoz bilan talaffuz qilishga e’tibor beriladi.
Gullar va asalarilar” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “Z” tovushini nutqqa kiritish.
O‘yinning borishi: O‘yin boshlanishidan oldin kim asal arilar bo‘lishi, kim esa gullar bo‘lishi aniqlanib olinadi (masalan o‘g‘il bolalar asal arilar, qiz bolalar esa gullar). Keyin hammalari xona bo‘ylab yoki maydonchada yuguradilar. Logoped ishorasidan so‘ng (chapak chalish yoki biror bir predmetga urishi) qiz bolalar ya’ni gullar tizzalari bilan o‘tiradilar. Asalarilar qanotlarini qoqib guldan gulga qo‘nib yuradilar. Buni ular asalarilarga taqlid qilgan holda bajaradilar: V-zz-z-z. Logoped yana chapak chalishi bilan bolalar rollarini almashtiradilar. Bolalar asalari bo‘lib uchganlarida ularning xarakati va “zz-zz-zz” deb to‘g‘ri talaffuz etishlari talab etiladi. Tovushlarni talaffuz etishlarida artikulyatsiyaning to‘g‘riligi nazorat qilib boriladi.
Chivinlar” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “Z” tovushini nutqqa kiritish.
O‘yinning borishi: logoped bolalarga murojaat etib, hammangiz meni diqqat bilan eshitinglar. Bugun sizlar bilan yana bir yangi o‘yin o‘ynaymiz. O‘yinning nomi “chivinlar”. Bolalar bilan qanday qilib boqqa sayrga borganliklari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bolalar, esingizdami, biz sizlar bilan boqqa sayrga borgan edik? Kechki payt chivinlar vizillab kelib, bizni xo‘p chaqqan edi. Hozir sizlar bilan “chivinlar” o‘yinini o‘ynaymiz, deyiladi. Bolalar buning uchun biz ikki guruhga bo‘linamiz. Birinchi guruh bolalari chivinlar, ikkinchi guruh bolalari esa sayr qilib yuruvchilar bo‘lishadi. Chivin bo‘lgan bolalar “z z z” deb sayr qilib yurgan bolalar ketidan yugurishadi. Sayr qilib yurgan bolalar esa chivinlardan qochishga, yashirinishga harakat qilib, uylariga yugurishadi. Xona burchagidagi stulchalar uycha hisoblanadi. So‘ngra rollar almashinadi. Hammaga tushunarlimi, unda boshladik. Bolalarning umumiy xolati va tovushni to‘g‘ri talaffuz e’tishiga e’tibor berib boriladi.
Rasmni juftini top” o‘yini

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling