Tovushlar va harflar


Download 29.63 Kb.
bet5/6
Sana14.11.2021
Hajmi29.63 Kb.
#174339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy

Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.

1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 1-4-sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.
Aqliy hujum:


  1. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

  2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi nimadan iborat?

  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilariga qanday darja talablari qo`yiladi?

  4. Tayanch kompetensiyalarni sanab bering.

  5. Ona tili faniga oid kompetensiyalarni ayting.

  6. Yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda necha soatni o`z ichiga oladi?

  7. Yillik o‘quv soatlari A1+ bosqichda necha soatni o`z ichiga oladi?

  8. Nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida necha soatdan ajratilgan?

  9. A1 daraja talablari asosida Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini aytib bering.

  10. 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining necha daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi?



Download 29.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling