To’xtasinov Sardor bozorni davlat tomonidan tartibga solinishi
Download 107.39 Kb.
|
05.BOZORNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «narxdan qoniqish» nisbatiga
- «narxdan qoniqishi»
«Kontrsegmentatsiya» strategiyasi esa, aksincha, tovarlarni hech qanday «bezaklarsiz» taklif qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda arzon narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi.
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segmentlarga ajratish strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu strategiyalar esa markalar sonining ko‘payishiga olib kelar, natijada ishlab chiqarish va savdo xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib ketar edi. Iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning tebranib turishi tufayli yuz bergan o‘zgarishlar iste’molchilarni «narxdan qoniqish» nisbatiga ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar tovarning narxlari bilan uning xarakteristiklarini solishtirib ko‘rishga yaxshiroq tayyorlanganlar, ularning tovari narxi maxsus talablarga kamroq darajada moslashtirilganligi tufayli arzonlashtirilgan, deb qabul qilishga ko‘proq moyildirlar. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida «markasiz» tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu evolutsiyani yana bir bor tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va avvalo, ommaviy iste’mol tovarlari sektorida tovarlarni ataylab soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni cheklangan funksiyalarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq daromad keltirmoqda. Shunday qilib, «kontrsegmentatsiya» - «narxdan qoniqishi» mezoniga asoslangan segmentlashdir. Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubormaslik kerak. Differensiatsiya - bu ikki xil darajadagi xilma-xil tovarlarga tayanuvchi: bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida; bir ishlab chiqaruvchining turli segmentlarga mo‘ljallangan tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni anglatuvchi tushunchadir. Differensiatsiya – tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi hisobiga yaxshilashga asoslangan. Konseptual differensiatsiya tovar taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning turli segmentlariga yo‘naltirilgan tovarlari o‘rtasida tovar taklifining turli variantlarini ishlab chiqishdir (J.J.Lamben). Agar iste’molchilar tovarlarni turlicha, deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z muammolarining yechimlarini turlicha, deb tasavvur qilsalar, bu tovarlar differensiatsiyalangan bo‘ladi. Differensiatsiya - tovarlarning Download 107.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling