To’yingan uglevodorodlarning bir galogenli hosilalari


Alohida vakillari va ularning ishlatilishi


Download 368 Kb.
bet4/11
Sana02.01.2022
Hajmi368 Kb.
#197211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
тўйинган

Alohida vakillari va ularning ishlatilishi. Metil va etil xloridlar sanoatda metanga xlor ta’sir ettirib yoki etilenga temir xlorid ta’sirida vodorod xlorid biriktirib olinadi. Ular asosan tetraetilqo’rg’oshin olishga sarf bo’ladi:



Tetraetilqo’rg’oshin benzinning oktan sonini oshirish uchun ishlatiladi. Etil xloriddan tabobatda og’riqni qoldiruvchi vosita sifatida ham foydalaniladi.


3.2. To’yingan uglevodorodlarning ikki va ko’p galogenli hosilalari

Nomlanishi va izomeriyasi. Agar ikki yoki undan ortiq galogen bitta uglerod atomida joylashgan bo’lsa ularni geminal ko’p galogenli birikma, yonma-yon uglerod atomlarida joylashgan bo’lsa, vitsinal ko’p galogenli birikma deyiladi. Ko’p galogenli hosilalar quyidagicha nomlanadi:





Olinish usullari. To’yingan uglevodorodlarning ikki va ko’p galogenli hosilalari parafinlarni galogenlash mahsulotlari orasidan ajratib olinishi mumkin.

G



eminal ikki galogenli hosilalar aldegid va ketonlarga PCl5 ta’sir ettirib olinadi:



Vitsinal ikki galogenli hosilalar etilen uglevodorodlariga galogenlar ta’sir ettirib olinadi:



Ikki va ko’p galogenli hosilalarni ko’p atomli spirtlardan olish mumkin:
Sanoatda xloroform etil spirtiga yuqori haroratda xlor ta’sir ettirib olinadi. Bunda dastlab xloral hosil bo’ladi:

H



osil bo’lgan xloralni ishqor bilan qizdirilganda xloroform va chumoli kislotani tuziga parchalanadi:

To’yingan uglevodorodlarning ko’p galogenli hosilalari orasida bir vaqtning o’zida xlor hamda ftor saqlovchi birikmalarning ahamiyati kattadir. Ularni freonlar deb ataladi.

CF2Cl2 – freon-12, F-12

CHFCl – freon-22, F-22

CClF2 – CF2Cl – freon-114, F-114

F



reon-12 ni CCl4 ga HF ta’sir ettirib olinadi:

Freonlar sovutuvchi vosita sifatida, ayrimlari narkoz sifatida zaharli ximikatlar olishda ishlatiladi.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling