To’yingan uglevodorodlarning bir galogenli hosilalari


Download 368 Kb.
bet11/11
Sana02.01.2022
Hajmi368 Kb.
#197211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
тўйинган

Fizik xossalari. Benzol va uning gomologlarining galogenli hosilalari suyuq yoki qattiq moddalar bo’lib, ftorli hosilalar past, yodli hosilalar esa yuqori haroratda qaynaydilar.

Masalan:


C6H5F – 850C; C6H5Cl – 1320C

C6H5Br – 1560C; C6H5J – 1880C

Ularning zichliklari 1 dan yuqori. Suvda erimaydilar. Ko’p organik erituvchilarda yaxshi eriydilar.

Kimyoviy hususiyatlari. Galogenarillar galogenalkanlardan farqli ularoq, nukleofil reagentlar bilan deyarli reaksiyalarga kirishmaydilar. Ular ishqor, kumush tuzlari, sianidlar, ammiak va boshqalar bilan oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydilar.

Xlor va brombenzol o’yuvchi ishqorlar bilan 3000C da, ammiak bilan mis yoki ularning tuzlari ishtirokida 180-2000C dagina reaksiyaga kirisha oladilar. Ular bu hususiyatlari bilan galogeni qo’shbog’ning yonida joylashgan yog’ qator galogenli hosilalarni eslatadilar. Bu galogen arillarni oraliq karbanoli hosil bo’lishligining qiyinchiligi tufaylidir. Halqada joylashgan galogen atomi halqa bilan o’ta mustaxkam bog’ hosil qiladi.



Aromatik halqadagi galogenni nukleofil almashinish reaksiyalariga kirishishi yog’ qator galogenli birikmalarnikidan farq qiladi va bosqichli boradi. Bu juda ko’p tajribalar yordamida isbotlangan. Kuchli nukleofil reagentlar yordamida galogenarillardan galogenvodorodlar ajralib chiqib, reaksiyaga kirishuvchanlik qobiliyati juda yuqori bo’lgan degidrobenzol hosil bo’ladi. Degidrobenzol so’ng reaksiya zonasidagi nukleofil agent, masalan, suv yoki ammiak bilan juda tez reaksiyaga kirishadi va oxirgi mahsulotni hosil qiladi, masalan:



Yuqoridagi reaksiyaning mexanizmi shu bilan isbotlanadiki, almashinayotgan guruh hamma vaqt ham galogen o’rniga birikmaydi. Masalan, p-xlortoluol gidrolizlanganda p- va m-krezollarning teng miqdordagi aralashmasi hosil bo’ladi:






o



-xloramizolga ammiak bilan ta’sir etilganda faqat m-aminianizol hosil bo’ladi.

C



14 nishonlangan atomi xlor benzolga ammiak bilan ta’sir etilganda teng miqdorda C14 1- va 2-holatda bo’lgan anilinlar aralashmasi hosil bo’ladi:

Bunday «qayta guruhlanish»ning sababi nukleofil agentlarni degidrobenzoldagi uchbog’ga ikki yo’nalish bo’yicha birika olishlarida deb tushuntiriladi.

Benzol halqasida galogenga nisbatan orto- yoki para-holatlarda elektroakseptor guruhlar –NO2; -SO3H; -COOH va boshqalarning bo’lishi galogen atomlarning qo’zg’aluvchanligini keskin oshirib yuboradi. Buning sababi o- yoki para-holatdagi, ikkinchi tur o’rinbosarlari manfiy zaryadni qisman qayta guruhlanishi hisobiga oraliq -kompleksni barqarorlashtiradi.

G



alogeni yon zanjirda joylashgan aromatik galogenli birikmalar galogenalkanlarni barcha xossalarini takrorlaydilar. Ayrim hollarda ular galogenalkanlarga qaraganda yuqori reaksiyaga kirishuvchanlik qobiliyatini namoyon qiladilar. Masalan, benzil xlorid n-propil bromidga qaraganda oson gidrolizlanishi, 3-lamchi aminobirikmalar bilan to’rtlamchi ammoniy asoslari hosil qilishi kabi reaksiyalarga 300 marta oson kirisha oladi. Buning sababi, benzil xloriddan xlor atomining ajralishi natijisida hosil bo’ladigan kationning o’ziga xos barqarorligi tufayli deb tushuntiriladi:

Shu sababli benzol halqasidagi elektrodonor o’rinbosarlar bu kationni barkarorligini oshiradilar; elektroakseptor o’rinbosarlar esa uning barkarorligini kamaytiradilar.



A

romatik galogenli birikmalar magniy bilan galogenalkanlarga uxshash osonlik bilan reaksiyaga kirisha oladilar:
U

larning bu hususiyatidan foydalanib, halqadagi galogen osonlik bilan karboksil guruhi bilan almashinishi mumkin:

Aromatik galogenli birikmalarda halqadagi uglevodorodlar galogenlar, nitrat, sulfo- va boshqa guruhlar bilan oson almashina oladi. Bu jarayonlar benzoldagiga nisbatan qiyinroq kechadi. Xlorbenzol xlorlanganda asosan, p-dixlorbenzol, oz miqdorda o-dixlorbenzol hosil bo’ladi. m-Dixlorbenzol esa juda ham oz miqdroda hosil bo’ladi Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin. Xlorbenzolga galogen (X) ta’sir etganda quyidagi -komplekslar hosil bo’lishi mumkin:





Bulardan I va III-komplekslarning turg’unligi II-nikiga qaraganda yuqoridir.



Alohida vakillari va ularning qo’llanishi. Xlorbenzol sanoat miqyosida juda katta miqdorda ishlab chiqariladi. U anilin, fenol olishda xom ashyo hisoblanadi. Undan erituvchi sifatida ham foydalaniladi. 2-dixlorbenzol asosan kuya, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari sifatida ishlatiladi.

Benzil xlorid benzil spirtni olish uchun asosan xom ashyo hisoblanadi. Benzil spirti esa parfyumeriya sanoatining eng muhim xom ashyosi bo’lib xizmat qiladi.
Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling