5- Nazorat ishi
Mavzu:Eritma konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari. Foiz konsentratsiya Foiz konsentratsiya, eritma massasi, hajmi va zichligi orasidagi bog‘lanish.
Molyar konsentratsiya. Normal konsentratsiya.
Nazorat shakli:Yozma ish.
I-variant.
1. 23,6 g K2O 126,4 g suvga tushirilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz
konsentratsiyasini (%) hisoblang
2.1,25 mol CaCl2 suvda eritilib, 500 ml eritma tayyorlandi. Hosil bo‘l-
gan eritmani molyar konsentratsiyasini aniqlang.
3. 10,25 g H2SO3 ning g/ekv lar sonini aniqlang.
4. Tarkibida 20 g NaOH tutgan 300 ml (ρ=1,12 g/ml) eritmaning foiz
konsentratsiyasini (%) aniqlang.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
5.O’zingiz xohlagan konsentratsiyali osh tuzi eritmasini tayyorlang.
II-variant.
1. 54 g N2O5 100 g suvga yuttirilishidan hosil bo‘lgan nitrat kislotaning foiz
konsentratsiyasini (%) aniqlang.
2. Tarkibida 24,5g H2SO4 tutgan 160 ml (ρ=1,15 g/ml) eritmaning foiz
konsentratsiyasini (%) aniqlang.
3.10,4gr CaCl2 ning g/ekv lar sonini aniqlang.
4. Distillangan suvga NaCl qo‘shib, 300 ml 3 M li eritma tayyorlandi.Qo’shilgan NaCl massasini aniqlang.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
5.O’zingiz xohlagan konsentratsiyali shakar eritmasini tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |