T/r Mustaqil ta’lim Mavzulari Berilgan topshiriqlar


Download 159.19 Kb.
bet8/8
Sana29.12.2022
Hajmi159.19 Kb.
#1071868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
E va sxema 1-mus.ish

Kolrsatma:Real kondensatoming aslligi Qc = ω CRsh yoki dielektrik isroflar burchaklarining tangensi tgδ = l/Qc


O’zgaruvchan kuchlanishi 220 V chastotasi 400 Gs manbaga induktivligi L1 = 5 mGn, L2 = 10 mGn va mos ravishda aktiv qarshiliklari R1 = 2 Om;R2 = 5 Om bo‘lgan ikkita g‘altak ketma-ket ulangan. Zanjiming toki, to‘la, aktiv va reaktiv quvvati aniqlansin.


O’zgaruvchan kuchlanishi 220 V, chastotasi 400 Gs bo'lgan
manbaga induktivugi L1 = 5 mGn, L2 =10 mGn va aktiv qarshiliklari
mos ravishda R1 = 2 Om: R2 = 5 Om bo‘lgan ikkita g‘altak parallel ulangan. Zanjirning toki, to‘la, aktiv va reaktiv quvvati aniqlansin.


O’zgamvchan kuchlanishi 220 V, chastotasi 50 Gs bo‘lgan manbaga
ikkita kondensator C1 = 15 mkF, C2 = 10 mkF ketma-ket ulangan.
Ulaming shuntlovchi qarshiliklari Rsh1 = 10 kOm; va Rsh2 =6 kOm. Zanjirning toki, to‘la, aktiv va reaktiv quvvatlari aniqlansin.


O’zgaruvchan kuchlanishi 220 V, chastotasi 50 Gs bo'lgan manbaga
ikkita kondensator parallel ulangan. C1= 5 mkF, C2 = 10 mkF,
shuntlovchi qarshiliklari Rsh1 = 10 kOm va Rsh2 = 15 kOm. Zanjirning
toki, to‘la, aktiv va reaktiv quvvatlari aniqlansin.


Ketma-ket ulangan R, L va C dan iborat rezonans zanjir o‘zgaruvchan U — 36 V kuchlanish manbaiga ulangan. Zanjir parametrlari R = 10 Om, L = 10 mGn, C = 1 mkF. Kuchlanish chastotasi 0 dan 5frez bo‘lgan oraliqdagi zanjirning to‘la qarshilik rezonans xarakteristikasi hisoblansin. Qarshilik va tokning eng katta va eng kichik qiymatlari aniqlansin.


O’zaro parallel ulangan R, L, C elementli rezonans zanjir o‘zgaruvchan
U = 36 V kuchlanishga ulangan. Zanjir parametrlari R = 50 Om,
L = 10 mGn, C = 1 mkF. Kuchlanish chastotasi 0 dan 5 f rez bo'lgan
orahqda zanjirning to‘la qarshiligi va tokning rezonans xarakteristikasi
hisoblansin. Qarshilikning eng katta va eng kichik qiymatlari aniqlansin.


4.38. Sig‘imi 10 mkF li kondensator va induktivligi 50 mGn bo‘lgan
g'altakning 1 kGs chastotada ekvivalent qarshiligi hisoblansin: a) ular
ketma-ket ulanganda; b) parallel ulanganda. Manba kuchlanishi 42 V
bo‘lganda ikkala hoi uchun kuchlanishlaming va toklaming vektor
diagrammalari qurilsin.


Agar induktivligi 0,1 mGn bolgan g'altak va sig‘imi 1 mkF li kondensator ketma-ket ulansa, qanday chastotada rezonans sodir bo‘ladi? Agar g‘altak induktivligi 10 mGn bo‘Isa, 100 kGs chastotada kuchlanish rezonansi sodir etish uchun qanday sig‘imli kondensator kerak?


Ketma-ket ulangan R, L, C zanjir chastotasi 400 Gs manbaga ulangan. Rezonans holatida sig'imi 10 mkF li kondensatordagi kuchlanish
pasayishi 60 V. Agar R = 10 Om bo'lsa, g‘altak induktivligi aniqlansin.


Induktivlik 0,1 mGn bo‘lganda ketma-ket ulangan L, C zanjirning
rezonans chastotasi 10 kGs. Induktivlik 0,2; 0,4; 0,01 mGn ga teng
bo‘lganda rezonans chastotasi qancha boladi?


Ketma-ket ulangan R — 100 Om, L = 3 mGn va C = 0,5 mkF elementlar kuchlanishi 110 V bo'lgan manbaga ulangan. Manba chastotasi frez/2 va 2 frez bolganda aktiv, reaktiv va to‘la quvvatlar aniqlansin.


Ketma-ket ulangan rezonansli zanjiming parametrlari R = 10 Om;
L = 10 mGn; C = 1 mkF ga teng. Agar manba kuchlanishi U = 42 V
bo‘lsa, f = 3frez chastotada zanjiming tola qarshiligi aniqlansin. Rezonans holatda UR, UL va Uc lar aniqlansin.


Parametrlari R = 5 Om, L = 50 mGn; C = 10 mkF ketma-ket ulangan rezonansli zanjir o'zgaruvchan U — 220 V kuchlanishga ulangan.
Rezonansdagi tokka nisbatan ikki baravar kam tok o‘tkazadigan chastotalar diapazonini, ya’ni o‘tkazish diapazonini toping.


1 kGs chastotada rezonans hosil qilishi uchun sig‘imi 10 mkF li
kondensatorga qanday induktivlik parallel ulanishi kerak? Agar induktivlik 10 mGn bo‘Isa, qanday chastotada rezonans sodir bo‘ladi?


Parametrlari R = 500 Om, L = 10 mGn, C = 1 mkF, R1 = 50 Om,
Rc= 100 Om parallel rezonans zanjir kuchlanishi U = 36 V bo‘lgan
o‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan. Rezonans holatdagi zanjiming tola
qarshiligi, toki va tola quvvati aniqlansin.


O’zgaruvchan tokli parallel rezonans zanjir uchun induktivligi
L=1 mGn yo 10% bo'lgan g'altak va sig‘imi C = 1 mkF yo 5% bo‘lgan
kondensator olingan, shu bilan birga Rc = RL= 0,5 Om. L va C qiymatlar
o‘zgarishi oqibatida rezonans chastotaning o'zgarish diapazoni aniqlansin.


Neytral simli uch fazau tarmoqqa nosimmetrik yuklama yulduz
usulda (rasm) ulangan, ulaming fazalari quyidagi parametrlarga ega:
Ra = 0,8 Om va XLa= 1,2 Om; Rb= 0,4 Om va Xcb= -2 Om; Rc= 1 Om; va XLc= l,8 Om. Fazalar va liniyalar toklari, neytral simdagi tok hamda har bir fazaning quwat koeffitsienti aniqlansin. Tarmoqning liniya kuchlanishi Ulin= 380 V.



Liniya kuchlanishlari 220 V bo‘lgan uch fazah tarmoqqa nosinunetrik yuklama uchburchak usulda ulangan (rasm). Yuklamaning parametrlari; Rab =2,3 Omva XCab= - 1,5 Om; R = 1,8 Om va XLbc =3,1 Om va XCca = -2,7 Om. Faza va liniya toklari, harbir fazaning quwat koeffitsienti aniqlansin.



Liniya kuchlanishi 220 V, chastotasi 50 Gs bo'lgan uch fazali
tarmoqqa nosimmetrik uch fazah yuklama avval yulduz, keyin esa uchburchak usulda ulangan (rasm). Agar R = 10 Om, RL= 5 Om; L = 60 mGn; C = 100 mkF bo‘lsa, yuklamaning aktiv va reaktiv quvvati aniqlansin.



Yulduz usulida neytral simsiz ulangan zanjirda faza uzilganda va qisqa
tutashganda kuchlanishlaming o‘zgarishini tahlil eting (rasm).



Uch fazali o‘zgaruvchan tokda a faza EYuK ning oniy qiymat
e = 310 sin(314t). Boshqa fazalar oniy qiymat ifodasi e ifodalarini yozing va ulaming ta’sir etuvchi qiymatini toping.

FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR

1. Tulyaganov A.A. , Tulyaganova V.A. Elektr zanjirlar nazariyasi.


X.K. Aripov, A.M. Abdullayev, N.B. Alimova, J.T.Maxsudov, A.A.Tulyaganov, SH.T. Toshmatov Elektronika va sxemotexnika Toshkent – 2017
2. N. Sh. TURDIEV Radioelektronika asoslari
3. A.S.Karimov, M.M.Mirxaydarov Elektrotexnika va elektronika asoslari
Download 159.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling