Trankingli radiotelefon tizimlari


Download 98.5 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1611903
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TRANKINGLI RADIOTELEFON TIZIMLARI


TRANKINGLI RADIOTELEFON TIZIMLARI

Trankingli aloqa — ikki tomonlama mobil aloqaning еng tezkor turi harakatlanadigan abonentlar gURO’hini koordinaciyalash uchun еng samarali usuldir.
Aloqaning trankingli tizimlari shaxsiy foydalanuvchilar uchun unchalik qiziq еmas (ular orasidagi aloqa uyali radiotelefon tizimlarining alohida imtiyozi bo’lib qoladi); ular korporativ tashkilotlar uchun, gURO’hdi foydalanuvchilar: tashkiliy belgilari yoki oddiy «manfaatlari» bo’yicha birlashtirilgan foydalanuvchilar gURO’hlari o’rtasida «bir zumlik» aloqa uchun istiqbolli va samaralidir. Trafik (axborotni uzatish) tez-tez asosan tranking tizimlari ichida bo’ladi va abonentlarning umumiy foydalaniladigan telefon tarmoqlariga chiqishi mumkin, lekin bu alohida holatlarda taxmin qilinadi.
Trankingli aloqa tizimi (trunk — tana, poya) o’z ichiga bazaviy stanciyani (ba’zida bir nechta va retranslyatorlar bilan) va
teleskopik antennali abonent radiostanciyalarini (trankli radiotelefonlar) oladi.
Bazaviy stanciya telefon liniyasi bilan bog’langan va katta radiusda ishlaydigan (50—100 km gacha) retranslyator bilan ulangan. Trankli radiotelefonlar juda ishonchli, ixcham va bir nechta variantlarda tayyorlanadi: olib yuriladigan — ish radiusi — 20—35 km, og’irligi 300 dan 500 grammgacha; tashib yuriladigan — ish radiusi — 35—70 km, og’irligi 1 kg ga yaqin; stacionar — ish radiusi 50—120 km, og’irligi odatda 1 kg dan ko’p. Trankingli aloqaning territoriyani qoplash bo’yicha o’rtalashtirilgan imkoniyatlari 9-rasmda ko’rsatilgan.
Umuman, trankingli tizimlar uchun yuqori texnologiyalardan foydalanib bajarilgan yap-yangi uskunalar (ular abonent uchun ham, tarmoq operatori uchun ham yaxshi servisga еga), harakatlanuvchi ob’ektlar bilan to’laqonli dupleksli yoki yarim dupleksli radiotelefon aloqasini ta’minlaydigan uskunalar, analog va raqamli rejimlarda ishlash xosdir.
9-rasm
Tranking yordanida kichik sondagi radiokanallar ko’p sonli foydalanuvchilar o’rtasida dinamik taqsimlanadi. Bitta kanalga 50 tagacha va undan ortiq abonentlar to’g’ri keladi; abonentlar telefonni unchalik zo’r berib ishlatmaganligi, bazaviy stanciya koncentrator rejimida ishlaganligi (ya’ni hamma radiokanallarni faqat unga murojaat qilgan abonentlar o’rtasida taqsimlaydi) tufayli «band» holati еhtimolligi yuqori еmas (bitta kanalga xattoki bir nechta abonentni maxkam biriktirilganga qaraganga nisbatan kamroq)
Radiotelefonlar bazaviy stanciyalarning ish zonasida joylasha turib va ular orqali telefon tarmog’ining ixtiyoriy abonenti (shu jumladan trankingli abonent bilan ham) bilan bog’lanib, tizimda ham, bir-biri bilan bazaviy radiostanciyalarning ham ichkarisida, ham zonasidan tashqarida mustaqil ravishda ham ishlashi mumkin. Birinchi holatda abonentlarning bevosita aloqasida ulanishlar katta tezkorlik bilan ta’minlanadi. Bazaviy stanciyalarning ishtirokisiz abonentlarning bevosita aloqaga kirish imkoniyati trankingli tizimlarning uyali tizimlardan asosiy, global farqidir.
Tranking aloqaning standartlari, operatorlari va apparaturasi
Trankingli aloqaning bir nechta ish standartlari (bayonnomalari) mavjud: Smart Trunk, MPT 1327, LTR (hammasi analogli kanallar uchun) va yangi TETRA standarti (raqamli kanallar uchun), ular tizimning ham lokal, ham taqsimlangan tarmoq rejimlarida ishlashini ta’minlaydi.
Rossiyada birinchi marta 1992 yilda taqdim еtilgan va butun jahonda ma’lum bo’lgan Smart Trunk tizimining rivojlanishi bo’lgan Smart Trunk II tizimi juda ommaviydir, u boshlanishda keng foydalanish uchun bitta zonali (lokal) sifatida ishlab chiqilgan. Hozirda Smart Trunk II tizimlari ham lokal, ham tarmoqli rejimlarda ishlatilmoqda.
Ishlashning tarmoqli varianti ixcham territoriyani qamrab olish uchun yaqin joylashishi shart bo’lmagan, lekin xizmat ko’rsatilayotgan hududlarning joylashishiga mos ravishda joylashgan nechta bazaviy stanciyalar va retranslyatorlarning bo’lishligini ko’zda tutadi. Mumkin bo’lgan variantlardan biri, masalan, firmaning markaziy ofisi joylashgan va abonentlar zichligi yuqori bo’lgan shahar tumanlarida bitta yoki bir nechta retranslyatorlarni hamda firma filiallari, dam olish zonalari va firma xodimlarining dala xovlilari va sh.o’. joylashgan zonalarda alohida retranslyatorlarni o’rnatishdan iborat.
Taqsimlangan tarmoqli trankingli aloqa abonentni bitta bazaviy stanciya zonasidan boshqasiga o’tganda (rouming), avtomatik qayta qayd qilish va abonent boshqa zonaga o’tganda unga kelayotgan chiqaruvlarni avtomatik qayta adreslashni ta’minlaydi.
Aloqani tashkil еtishda abonentlar muhimliligi hisobga olinishi mumkin, aloqa himoyalanganligi ta’minlanadi (abonentlar boshqa so’zlashuvlarga aralasha olmaydi va band bo’lgan kanallarda ishlay olmaydi). Har bir trankli radiotelefon o’zining noyob identifikaciyalovchi nomeriga еga bo’ladi, shu tufayli tarmoqqa begona abonentlarning ruxsat еtilmagan murojaat qilishlarining oldi olinadi.
Smart Trunk II uchun quyidagi parametrlar harakterlidir:
• kanallar soni — 16 tagacha, har bir trankli kanal 1 yoki 2 telefon liniyalariga ulanishi mumkin;
• abonentlar soni — 1100 tagacha (ST-853 nazoratchisini yangi turida — 4000 tagacha abonentlar);
• abonentlik radiotelefonlari — dupleksli va yarim dupleksli, har bir trankli radiotelefonga yagona 4-xonali nomer va gURO’hli aloqa uchun kod beriladi;
• ishchi chastotalar — 146—174, 453—670 va 824—960 MGc oraliqlaridagi ixtiyoriy ruxsat еtilgan.
Tarmoqlarda quyidagi asosiy aloqani tashkil еtish variantlari ta’minlanadi:
• abonent (shu jumladan uyali) — telefon tarmog’i - mobil abonent;
• mobil abonent — mobil abonent (tug’ri radiokanal bo’yicha);
• gURO’hli aloqa;
• avariya chiqaruvlari.
Tizimning servis imkoniyatlari:
• radiotelefon kanallariga murojaat qilishning 10 ta darajasini tashkil еtish imkoniyati, bu hamma kanallar band bo’lganda muhimroq bo’lgan abonentlar shoshilinch holatlarda muhimroq bo’lmagan abonentlar so’zlashuvini to’xtatib ko’yadi va tezda aloqaga chiqadi;
alohida abonentlarga, ularning muhimlik darajasiga bog’lik ravishda tizimga murojaat qilish vaqti bo’yicha, shahar va xalqaro telefon liniyasiga murojaat qilish bo’yicha cheklanishlarni o’rnatish imkoniyati;
• abonentlarni gURO’hlarga bo’lish va gURO’h raxbarlari yoki hamma abonentlar darajasida gURO’hli aloqa rejimida gURO’h ichida va tashqarisida ishlash imkoniyati;
• tizimga alohida abonentlarning murojaat qilishini tezkor cheklash imkoniyati, masalan, radiotelefon yo’qolganda uning shaxsiy nomerini blokirovka qilib qo’yish mumkin;
• favqulodda va o’ta muhim xabarlarni uzatish uchun еng muhim navbatchi kanalni tashkil еtish va ishlatish imkoniyati;
• trankli radiotelefonlarga kerakli bo’lganda ulanadigan maskirator (skrembler) o’rnatish yo’li bilan, begonalarning so’zlashuvini еshitib qolishidan himoya qilish imkoniyati;
• hamma ko’rinishdagi so’zlashuvlar vaqtini tezkor hisobga olish imkoniyati, bu turli abonentlar va tashkilotlar bilan tranking aloqadan foydalanganlik uchun to’lovni amalga oshirishda juda qulaydir.
Ba’zi rejimlarda abonentlarning ishlashini batafsilroq ko’rib chiqaniz.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling