Trankingli radiotelefon tizimlari


Download 98.5 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1611903
1   2   3   4   5
Bog'liq
TRANKINGLI RADIOTELEFON TIZIMLARI

«Mobil abonent—telefon» ulanishi. Telefon tarmog’iga chiqish uchun trankli radiotelefon klaviaturasida telefon nomerini (14 ta raqamgacha) terish kerak va 1- yoki 2- telefon liniyasi bo’yicha ATS ga murojaat qilish uchun «1*» yoki «2*» rejim knopkalarini bosish kerak. Radiotelefon nazoratchisi ishchi chastotalar diapazomini skanerlaydi, bo’sh kanalni topadi va radiotelefonni bazaviy stanciyaga ulaydi. Ulangandan keyin nomerni oxirigacha tonalli terish imkoniyati bor, masalan, ofis ATS ining qo’shimcha nomerlariga murojaat qilish yoki telefoningizning avtojavob beruvchisini boshqarish uchun.
Bunda radiotelefon raqamli ko’rinishda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchining ulanish kodini uzatadi; keyin 1- yoki 2-telefon liniyasiga murojaat qiladi va chiqarilayotgan telefonning kod nomerini uzatadi. Agar jo’natilgan xabar faqat telefon liniyasi (1 yoki 2) kodining nomerini o’z ichiga olsa, u holda trankli apparatda oddiy telefon gudogi yangraydi va abonentda, avtomatik ajratib yuborish amalga oshmasdan oldin, chiqarilayotgan telefon nomerini terishni boshlash uchun, yana 8 sekund vaqt bo’ladi.
Trankli radiotelefon nazoratchisi quyidagicha dasturlashtirilgan bo’lishi mumkin:
• telefon kodi nomerini impulsli yoki tonalli terish;
mobil abonent tergan raqamlar nazoratchining rostlanganligiga
bog’liq ravishda impulsli yoki tonalli to’plamga o’zgartiriladi;
• nomerni termasdan oldin telefon liniyasidan gudokni kutish, bu, masalan, shahar telefon liniyasiga chiqish uchun qo’shimcha terishni talab еtadigan ofis ATS bilan ishlashda kerak;
• telefon nomerlarida aniq bir raqamlar birikmasini terishni ta’qiqlash, bu, masalan, xalqaro nomerlarni terishni ta’qiqlashni ta’minlashi mumkin.
Trankli apparat nazoratchisini dasturlashtirishning hamma variantlari, tabiiyki, faqat bitta shu apparatga xosdir.
Mobil abonentning telefon liniyasi bilan aloqa seansining tugashi mobil radiotelefondan uzib qo’yish kodini qabul qilinganda bo’lib o’tadi.
«Telefon-mobil abonent» ulanishi. SHahar telefonidan mobil trankingli abonentni chiqarish uchun Smart Trunk telefon
nomerlaridan birini terish va bazaviy stanciya nazoratchisining ikkita qisqa gudok ko’rinishdagi javobidan keyin kerakli mobil abonentning qo’shimcha nomerini terish kerak. Qo’shimcha nomer ixtiyoriy telefon apparatidan impulsli rejimda ham,
tonalli rejimda ham terilishi mumkin.
Abonent nazoratchi javob borgandan keyin mobil abonent nomerini terishni boshlagunga qadar 6 sekund vaqtga еga. Agar mavjud bo’lmagan abonent nomeri terilgan bo’lsa, u holda «band» xabari beriladi. To’g’ri nomer olingandan keyin bazaviy stanciya nazoratchisi ishchi chastotalar oralig’ini skanerlaydi, bo’sh kanalni topadi va u bo’yicha mobil abonentni chiqarishni boshlaydi. Trankli radiotelefonlar xizmatdagi chiqaruv signali qabulida doimiy ravishda navbatchi rejimda joylashadi. CHaqirilayotgan abonent javob bergandan keyin ulanish kodi shakllantiriladi va ikkala abonentga ulanish bo’lganligini tasdiqlovchi signal beriladi. Aloqa seansining tugaganligi mobil abonentdan uzib qo’yish kodini olinganda amalga oshiriladi.
«Mobil abonent — mobil abonent» ulanish. Mobil abonentni chiqarish uchun trankli radiotelefon klaviaturasida chiqarilayotgan abonent nomerini terish kerak va "3*" rejim knopkasini bosish kerak. Agar faqat rejim knopkasi bosilgan bo’lsa, u holda gudok еshitiladi va chiqarayotgan abonentga chiqarilayotgan abonent nomerini terishni boshlash uchun 6 sekund vaqt beriladi. Abonentni chiqarish, telefon liniyasini ishlatmasdan, radiokanal bo’yicha amalga oshiriladi.
Nomer to’g’ri terilgandan keyin chiqarayotgan apparat nazoratchisi ishchi chastotalar oralig’ini skanerlashni boshlaydi, bo’sh kanalni topadi, radiouzatkichini ulaydi va shu radiokanal bo’yicha chiqarilayotgan abonentga signal yuboradi. CHiqarilayotgan abonent javob bergandan keyin ulanish kodi shakllantiriladi va ikkala abonent aloqa seansi o’rnatilganligini xabar beruvchi tovushli signalni еshitadi. Aloqa seansining tugashi ixtiyoriy abonentdan uzib qo’yish kodini qabul qilinganda amalga oshiriladi.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling