Transchegaraviy suv muammolari


Download 9.02 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi9.02 Kb.
#1204695
Bog'liq
Transchegaraviy suv muammolarii


Transchegaraviy suv muammolari
Oddiy ichimlik suvi, umuman, tabiiy suv manbalari va undan foydalanish Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqadagi eng sersuv daryo - Amudaryoni Tojikiston tog‘lari suv bilan ta’minlaydi, uning asosiy irmoqlaridan biri bo‘lgan Vaxsh daryosida qurilayotgan va Zarafshon daryosida qurilishi mo‘ljallangan GESlar loyihasi yaqin vaqtlargacha mintaqa davlatlari orasida munozaralarga sabab edi. Hozirda esa sharoit tubdan o‘zgargan, suv - mintaqada birlik irmog‘iga aylangan.
Bundan atigi 4-5 yil muqaddam ichki daryolardan foydalanish, suv ta’minoti masalasi Markaziy Osiyo davlatlararo munosabatlarining sovuqlashishiga ham sabab bo‘lgan edi. Qardosh O‘zbekistonning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tufayli oradan bu masala umuman ko‘tarilib, Toshkent hatto Tojikistondagi Zarafshon daryosida yangi ikki GES qurilishiga yordam berishga tayyorligini e’lon qilgan. Aslida suvdan unumli foydalanish mintaqaning barcha mamlakatlariga xos muammo. Masalan, Tojikiston shimolida Qirg‘iziston bilan bu muammo haligacha saqlanib turibdi.
Tojikiston Fanlar akademiyasi energetika va ekologiya institutining suv masalalari bo‘yicha katta ilmiy xodimi Huseyn Abrorovning aytishicha, joylarda suvdan foydalanish madaniyati durust shakllanmagan.
"Suvdan foydalanish masalasining salbiy bir tomoni shundan iboratki, xususan, bizning qishloq xo'jaligimizda isrofgarchiligimiz, jahonda muqarrar qilingan o‘rtacha suv xarajatlari hajmidan bir necha barobar balandda turadi. Masalan, bizda bir gektar yerga ishlov berishda 12-14 ming kubometr suv sarflanadi. Ammo, aytaylik, Isroilda gektariga atigi besh ming kubometr suv ishlatishadiyu, oladigan paxta hosili 50 sentnerga yetadi. Bizda esa o‘rtacha hosildorlik atigi 22 sentner atrofida qolyapti. Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini o‘rganishimiz kerak. Hozir bu masalada Markaziy Osiyo davlatlari liderlari ham yagona fikrga kelmoqdalar, bu juda muhim jihat", - deydi tojik olimi.
Suv muammolari bo‘yicha yetakchi mutaxassis, o‘zbekistonlik olim Iskandar Abdulloev mintaqada bir qator xalqaro tadbirlarda ishtirok etgan, ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Shu yil Toshkentda o‘tkazilgan ana shunday xalqaro tadbirlardan birida suv muammolarini yechishda ikki yo‘ldagi maktab haqida gapirarkan, o‘zbek olimi suv muammosini nafaqat yetishmovchilikda, balki taqsimlanishda ham ko‘rib, unga Afg‘onistonni ham qo‘shadi.
"Bu Markaziy Osiyodagi besh emas, Afg‘onistonni ha qo‘shish mumkin, oltita mamlakatda ham bir xil muammo hisoblanadi. Bu masalani alohida-alohida bo‘lib ham yechish mumkin, lekin, birinchidan, ko‘proq xarajat bo‘ladi, ikkinchidan, natijasi bo‘lmasligi mumkin. Siz tartibga solganingiz bilan, qo‘shnida o‘nglanmasligi mumkin. Shuning uchun birgalikda hamfikr bo‘lib hamkorlikda ishlash kerak.
Download 9.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling