Transfert bahoni shakllantirish
Download 270.69 Kb.
|
Transfert bahoni shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Baholar bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar
Transfert bahoni shakllantirishReja:
1. Makroiqtisod nuqtai nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi. Bahosiyosatida transfert bahoning tutgan o’rni va mazmuni2. Transfert bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari. Maqsadga muvofiq holda ustamalar foizini aniqlash3. Baholar bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar4. Transfert bahoni belgilash usullari1. Makroiqtisod nuqtai nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi. Bahosiyosatida transfert bahoning tutgan o’rni va mazmuniIshlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashda foydalaniladigan ma’lumotlarning aksariyati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bazasiga to’g’ri keladi. Bu baholarni belgilash jarayonida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining naqadar ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi. Buxgalteriya hisobi ana shu borada, eng avvalo, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligi tannarxi to’g’risida ma’lumot beradi, uning xarajatlari tarkibi qanchaligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich – e’tirof etish joizki, baholarni belgilashda eng asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Tannarx, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lgandan so’ng, xo’jalik yurituvchi subyekt rentabelligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, mahsulotga (ishga, xizmatga) baho belgilash imkoniyati vujudga keladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga nazariy jihatdan har tomonlama asoslangan baho belgilashni iqtisodiy nazariya fani o’rgatadi. Iqtisodiy nazariya fani baholarni belgilashga ta’sir qiladigan barcha ichki va tashqi omillarni, ichki va tashqi bozor unsurlarini, xuddi shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mintaqaviy holatlarini, raqobatni, bozordagi talab va taklif muvozanatini, bozorning aynan shu tovarga nisbatan to’yinganlik darajasini, xo’jalik yurituvchi subyektning bozordagi mavqei va shu kabi muhim omillarni hisobga olib, ular ta’sirida eng optimal tarzda baholarni belgilashni har tomonlama o’rgatadi. Shuningdek, bu fan baholarni belgilashning optimal variantini topish uchun turli xil uslublar va iqtisodiy-matematik modellardan foydalanish mexanizmlarini yoritib beradi. Har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt misolida olib qaralganda, makroiqtisod nazariyasiga asosan amaliyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilash uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, xarajatlar asos qilib olinadi (quyidagi chizmaga qarang). Aniqrog’i, baho belgilanayotgan bir dona mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajat aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishning “kritik nuqta”si topiladi va har qanday sharoitda ham bahoning eng kam miqdori ana shu nuqtadan pastga tushmasligi inobatga olinadi. Boshqaruv hisobining xarajatlarga bag’ishlangan mavzulari doirasida bir qator misollar bilan bu holatlar tahlil qilingan edi. Ana shu misollarni yanada davom ettirib, “kritik nuqta” tushunchasini quyida aniq raqamlar bilan ko’rib chiqish mumkin. hajmi (donada) Jami xarajatlar va jami daromadlarning egri chiziqli bog’lanishi Yuqorida keltirilgan grafik ma’lumotlaridan ham xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashda asos sifatida hamma vaqt ham tannarx, ya’ni, xarajatlar olingan. Shu borada jahon amaliyotida baho belgilash usuli sifatida juda keng va samarali qo’llanilib kelinadigani - “xarajatlar - plyus” usulidir. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va muvaffaqiyatli yuritish uchun ham alohida e’tiborga olinadigan usul – “xarajatlar - plyus” usulidir. Shu bilan birgalikda e’tirof etish joizki, turli xil xo’jalik yurituvchi subyektlar o’z mahsulotlariga baho belgilash jarayonida aynan ana shu “xarajat” ko’rsatkichining ham turli elementlarini baza sifatida olib, unga nisbatan turli xil miqdordagi qo’shimchalarni (ustamalarni) qo’shish orqali bahoni belgilaydilar. Bu fikr-mulohazalarni quyidagi misolda ko’rib chiqish mumkin. Misol: Xarajat elementlari va ustamalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Mana shu misolda baho belgilash uchun xarajatlarning 4 ta elementi baza sifatida tanlab olingan. Download 270.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling