Transformatorning ishlash rejimlari Reja: Transformatorlar Transformatorning ishlash rejimi


Download 34.08 Kb.
bet2/2
Sana21.11.2023
Hajmi34.08 Kb.
#1792695
1   2
Bog'liq
transformatorning ish rejimi

Transformatorning ishlash rejimi.

Transformatorlardan foydalanish jarayonida asosan uch xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ish rejimlari kuzatiladi.
1.Salt ishlash rejimi. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga nominal kuchlanish berilib, ikkilamchi chulg‘am yuklamasiz bo‘lgan rejim uning salt ishlash rejimi deyiladi.
2.Qisqa tutashuv rejimi. Nominal yuklama bilan ishlaydigan transformatorning ikkilamchi chulg‘ami tasodifan qisqa tutashib qolsa, unda bu rejim qisqa tutashuv rejimi deyiladi. Unday holatda chulg‘amdan nominalga nisbatan 10-20 marta katta tok o‘tishi mumkin.

Bunda releli himoyalagichlar ishga tushib, uni bir onda elektr tarmog‘ida ajratadi, aks holda transformatorda katta nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. 3.Yuklamali ish rejimi. Bu rejimda transformatorga uning xarakterlovchi kattaliklaridagi yuklamalar ulanib, u nominal holatda ishlaydi. Qisqa tutushuvdagi transformator parametrlarini aniqlash uchun qisqa tutashuv tajribasidan foydalaniladi.


Agar salt ishlash rejimidagi transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga Zn yuklama ulansa, yuklama toki (I) 2 hosil bo‘ladi. Bunda birlamchi chulg‘am zanjiridagi kuchlani shlar tushuvi kichik bo‘lganligi sababli xisobga olinmasa xam bo‘ladi. Bu ish rejim yuklamali ish rejimi hisoblanadi. Ikkilamchi parametrlari birlamchiga keltirilgan transformatorni unga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi bilan almashtirish mumkin. Demak, keltirilgan transformatorga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi transformatorning ekvivalent sxemasi deyiladi. Ekvivalent sxema asosida undagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish hamda transformator ulangan elektr tarmog‘ini hisoblash ancha yengillashadi.



Elektr energiyasi uzoq masofalardan kam isrof bilan olib kelishda iste‘molchilarga taqsimlashda, o‘lchov ishlarida hamda umumiy energetik tizim yaratishning asosiy omili transformatorlardan foydalanish hisoblanadi.
Transformatorning salt ishlash rejimini batafsil ko‘rib chiqamiz. Salt ishlash rejimida ikkilamchi chulg'amdagi tok nolga teng bo‘ladi, lekin birlamchi chulg‘amdagi tok nolga teng emas. Ikkilamchi chulg'am uzilganda birlamchi chulg'amdagi tok salt ishlash toki deyiladi va l s bilan belgilanadi. Transformatoming texnik tavsifida salt ishlash toki sifatida birlamchi chulg‘am kuchlanishi nominal qiymatga teng boMgan qiymati beriladi. Salt ishlash toki nominal tok In ning 2—10% ini tashkil etadi. Salt ishlash rejimida quwat isrofi po‘lat o‘zakdagi isrofni anglatadi. Bu isrof o‘zakdagi uyurma toklar va qayta magnitlanish jarayonida vujudga kelgan quwat isrofidir. Bu isrof harfi bilan belgilanadi va po ‘lat isrofl deb yuritiladi. Transformator ishlashi uchun zarur bo‘lgan kattaliklar salt ishlash toki va po‘lat isrofi orqali hisoblanadi. Shuning uchun bu ikkala kattalik transformatoming texnik tavsifida albatta beriladi. Transformatorning salt ishlash quwati isrofi nominal quwatning 0,2—0,8% ni tashkil etadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaming o‘zaro magnit bog‘liqligini kuchaytirish maqsadida transformatorning o‘zagi ferromagnit po‘latdan yasaladi. Uyurma toklami kamaytirish maqsadida o‘zak tunukalardan orasiga elektr tokini o‘tkazmaydigan material qo‘yib, yasaladi. Birlamchi chulg'am uchun transformator salt ishlash rejimining elektr muvozanat tenglamasini yozamiz.

bunda: r01X0lmos ravishda, transformatoming aktiv va induktiv sochilish qarshiliklari; I0 — salt ishlash toki. Transformatorning yuklangan rejimda (nagmzka bilan) ishlashini ko'rib chiqamiz. Birlamchi va ikkilamchi chulg'amlarning elektr muvozanat tenglamalarini Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan yozamiz:


bunda R1 va R2 — mos ravishda, birlamchi va ikkilamchi chulg'amlarning aktiv qarshiliklari, X1 va X2 — birlamchi va ikkilamchi chulg'amlar magnit oqimi sochilishiga ta’sir etuvchi induktiv qarshiliklar, U2 — iste’molchining kuchlanishi.


Chulg‘amlardagi kuchlanish pasayishi I1Z1 va I2Z2 birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlarning bir necha foizinigina tashkil qiladi, shuning uchun uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Demak, yuqoridagi tenglamalarni quyidagicha yozish mumkin:

Ya’ni o‘zakdagi asosiy magnit oqim iste’molchining tokiga bogiiq boimay, birlamchi chulg'amning kuchlanishi bilan aniqlanadi. Demak, salt ishlash rejimidagi magnit oqimi bilan transformator yuklangan rejimda ishlagandagi magnit oqimlarini tenglashtirib olsak bo’ladi.




Xulosa.

Men bu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida Transformatorlar haqida umumiy


ma’lumotga ega bo’ldim.Ularni qaysi turlarga bo’linishini,qanday qismlardan tashkil topgani o’rgandim.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, uch fazali transformator va bir tomonlama transformator o'rtasidagi farq asosan kirish va chiqish quvvat manbai va qo'llash sohalarida aks etadi. Shu bilan birga, yuqoridagi muqaddimadan ko'rinib turibdiki,
uch fazali va bir fazali transformatorlarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari
bor. Bundan tashqari, ushbu transformatorlarning amaliy qo'llanilishida ishlashi
uchun oqilona ishlash usuliga qat'iy rioya qilish kerak. Qisqacha aytganda, transformator elektr tizimining muhim tarkibiy qismi bo'lib, u asosan foydalanuvchilarning elektr energiyasidan xavfsiz foydalanishlarini ta'minlash uchun asl kuchlanishning ko'tarilishi va tushishi uchun javobgardir. Transformatorning ishlashiga turli xil nosozliklar salbiy ta'sirini hisobga olgan holda, elektr tarmoqlari nosozliklar paydo bo'lishining oldini olish, profilaktika sinovlari orqali mumkin bo'lgan nosozliklarni aniqlash va oldini olish uchun zarur choralarni ko'rishi kerak. Sinov natijalariga ko'ra, profilaktik sinov quvvat tizimi va transformatorning normal ishlashini ta'minlashda bir nechta funktsiyalarni bajargan.Hozirgi kunda hayotimizni transformatorlarsiz tassavur eta olmaymiz.O’zgaruvchan tokda ishlavchi har qanday qurilmani ishlatishimizda Transformatorlarni o’rni katta.

Foydalanilgan Adabiyotlar:

  1. G.N.Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov” M.Energiya 1985g.

  2. SH.Ђ.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” II qism “Konchilik korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qullanma Tashkent 1995y.

  3. A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari” Toshkent 2000y

  4. Babichev Yu.E. Elektrotexnika i elektronika. CH. 1: Elektricheskie, elektronnыe i magnitnыe tsepi: Uchebnik.-2006g.

Download 34.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling