Xulosa - Milliy kompaniyani xalqaro kompaniya maqomini olishga undovchi asosiy sabablar: tovar aylanmasi o`sishi bilan sotish bozorini va demak foydani ko`paytirish, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo va ishchi kuchi hisobiga ko`iskartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan, kredit-moliya sistemasi, sotish kanallari va infrastrukturasidan foydalanish.
- Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlar kabi importyorlarni ham o`ziga jalb etadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlarni reklama, xaridorlarni izlash, ko`p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash xarajatlarini va shuningdek transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli muntazam kelishuvlar hisobiga transport xarajatlarini qisqartirish orqali sotish bozori barqarorligini ta’minlaydi. Uzoq muddatli shartnomalar importyorlarni mashhur va o`zini yaxshi ko`rsatgan tovar va xizmatlar yetkazib berish barqarorligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |