5-mavzu. YUKLARNI HAR XIL TRANSPORT TURLARI BILAN
YETKAZIB BERISHDA TRANSPORT- EKSPIDOTORLIK XIZMAT
KO’RSATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
1.
Yuklarni aralash tashishda transport-ekspeditsion faoliyat.
2.
Yuklarni aralash tashishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Yuklarni har xil transport turlari bilan jo‘natishda ekspeditorlik va agentlik
xizmatlari ko‘rsatish.
4.
Maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklarga transport-ekspeditorlik xizmat
ko‘rsatish.
5.
Yuklarni berish va etkazish manzilini o‘zgartirish (pereadresovka) qoidalari.
Yuklarni aralash tashishda transport-ekspeditsion faoliyat
Aralash tashish –aralash tashish shartnomasiga muvofiq eng kamida ikkita
transport turi bilan bajariladigan tashish.
Aralash tashish operatori – yuridik shaxs bo‘lib:
a) o‘zining nomidan yoki uning nomidan harakat qiluvchi boshqa yuridik
shaxs orqali aralash tashish shartnomasini tuzadi va shartnomaning bajarilishi
uchun javobgarlikni zimmasiga oladi;
b) yuk jo‘natuvchi va tashuvchilarni ham o‘z ichiga oladigan uchinchi
tomon nomidan emas, balki aralash tashish shartnomasining tomoni sifatida
chiqadi.
Aralash tashish shartnomasi –uning asosida aralash tashish operatori
ma’lum bir tashish to‘lovlari evaziga aralash tashishni amalga oshirish yoki amalga
oshirishni ta’minlash majburiyatini zimmasiga oladigan shartnoma.
Aralash tashish nakladnoyi –
a) aralash tashish shartnomasi tuzilganligini;
b) yukning aralash tashish operatorining tasarrufiga olinganligini;
v) aralash
tashish
operatori
tomonidan
yukni aralash
tashish
shartnomasining shartlariga muvofiq etkazib berish majburiyati olinganligini
tasdiqlaydigan hujjatdir.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |