Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Yuklarni etkazib berish manzilini o‘zgartirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Yuklarni etkazib berish manzilini o‘zgartirish
Yuklarni etkazib berish manzilini o‘zgartirishning umumiy tartibi avtomobil
transporti Nizomining 72-moddasi bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari,
yuklarni etkazib berish manzilini o‘zgartirish tartibi va qoidalari tashish
shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Umumiy qoidaga ko‘ra, yuk
jo‘natuvchi yuk yukning qabul qilib oluvchiga topshirilish momentiga qadar
etkazib berish manzilini o‘zgartirishga haqlidir. Yukni qabul qilib oluvchi
avtotransport korxonasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yukni qabul
qilishdan bosh tortgan taqdirda yuk jo‘natuvchi yukni etkazib berish manzilini
boshqa yuk qabul qilib oluvchining manziliga o‘zgartirishga majburdir.
Yuk jo‘natuvchining avtotransport korxonasi yoki tashkilotiga yukni etkazib
berish manzilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoyishi quyidagi ma’lumotlarni o‘z
ichiga olishi lozim:
a) birlamchi buyurtma va tovar-transport nakladnoyining nomerlari;
b) birlamchi etkazib berish manzili;
v) birlamchi yuk qabul qilib oluvchining nomi;
g) yangi etkazib berish manzili;
d) yangi yuk qabul qilib oluvchining nomi.
Yuk jo‘natuvchining yukni etkazib berish manzilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi
farmoyishi yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Biroq tashish shartnomasida xabar
berishning boshqa formalari ko‘zda tutilishi mumkin, bunda yukni etkazib berish
manzilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoyishni etkazish telefon, faks, elektron
pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali, yuqorida sanab o‘tilgan barcha
ma’lumotlarni ko‘rsatish bilan amalga oshiriladi. Har qanday holatda ham mazkur
farmoyish keyinchalik yozma ravishda tasdiqlanishi lozim.
Avtomobil transporti nizomiga muvofiq yuk jo‘natuvchining yukni etkazib
berish manzilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoyishi faqatgina bitta tovar-transport
nakladnoyi bo‘yicha jo‘natilgan butun yuk jo‘natmasiga nisbatan qo‘llanilishi
mumkin. Shu bilan birgalikda tashish shartnomasida ba’zi bir alohida yuklarni


59
etkazib berish manzilini o‘zgavrtirishning boshqacha tartibi ko‘zda tutilishi
mumkin.
Yuk jo‘natuvchining farmoyishiga ko‘ra yuklarni yangi manzilga etkazib
berishda avtotransport korxonasining xarajatlari oshgan taqdirda yuk jo‘natuvchi
avtotransport korxonasiga qo‘shimcha haq to‘lashga majburdir. Yukni etkazib
berish manzili o‘zgartirilganda yo‘l varaqasining transport bo‘limining “yukni
etkazib berish manzilini o‘zgartirish” grafasiga yuk jo‘natuvchining farmoyishiga
muvofiq yangi yuk qabul qilib oluvchi to‘risidagi ma’lumotlar (yukni qabul qilib
oluvchining nomi, manzili, manzilni o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoyish nomeri)
kiritiladi.
Yukni qabul qilib oluvchi yukni qabul qilishdan bosh tortgan va yuk
jo‘natuvchidan yukni etkazib berish manzilini o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma
olishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda avtotransport korxonasi yoki tashkiloti:
·
yukni yuk jo‘natuvchidan tegishli ko‘rsatma olingunga qadar yuk amalda
etib kelgan punktda yoki eng yaqin punktda saqlash uchun topshirishga,
o‘zining omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda yukni saqlash uchun qabul
qilishga;
·
agar yuklar o‘zining xarakteri bo‘yicha tezda sotishni talab qilsa, yukni
boshqa tashkilotga berishga (agar shartnomada boshqacha holatlar ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa);
·
yukni yuk jo‘natuvchiga qaytarishga, yuk jo‘natuvchidan tashish
xizmatlari uchun barcha xarajatlarni va ko‘zda tutilgan jarimalarni undirib
olishga
·
haqlidir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash avtomobil-temir yo‘l va avtomobil-suv
bog‘lanishlarida tashiladigan yuklarning etkazib berish manzilini o‘zgartirish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash avtomobil-temir yo‘l va avtomobil-suv bog‘lanishlarida
yuklarni tashish Qoidalarida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


60

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling