Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Xavfli yuklarni tashishda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Xavfli yuklarni tashishda
transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish
Xavfli yuklar (rus. OG) – bu yuklash, tashish, tushirish va saqlash paytida
ularga nisbatan noto‘g‘ri yoki ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘linganda
portlashi, yonib ketishi, yong‘inning sababchisi bo‘lishi, transport vositasi yoki
boshqa yuklarning shikastlanishi yoki yaroqsiz holga kelishiga sababchi bo‘lishi,
odamlarning zaharlanishi va kuyishiga sababchi bo‘lishi, atrof-muhitga ekologik
zarar etkazishi mumkin bo‘lgan yuklardir, shu sababli ular yuklash, tashish,


52
tushirish va saqlashda maxsus ehtiyotkorlik shartlari va chora-tadbirlariga qat’iy
rioya qilishni talab qiladi.
Xavfli yuklardan tashqari yana bir qator engil alangalanadigan yuklar
mavjud, ular o‘zlarining xususiyatlariga ko‘ra xavfli yuklar qatoriga kirmaydi,
biroq tashish va saqlashda yong‘in chiqishiga nisbatan ehtiyotkorlik va xavfsizlik
choralarini ko‘rishni talab qiladi. Bunday yuklarga paxta tolasi, turli xil
makulatura, har xil o‘tinlar, oltingugurt, pichan, somon, to‘qimachilik
mahsulotlari, torf, yog‘och ko‘miri, paxta, sellyuloza, turli xil priborlar, qurilmalar
va hokazolar kiradi.
Transportning barcha turlarida xavfli yuklarni tashish qoidalarining asosiga
xalqaro qonunchilik qo‘yiladi. Deyarli barcha mamlakatlar xalqaro qoidalarni
milliy qonunchilikka joriy qilganlar. Bunday qonunchilik 1965 yilda “BMT IMO
kodi” ning (Xalqaro dengiz tashkiloti) tarkibiga kirgan “Xavfli yuklarni
kodlashtirish bilan dengiz orqali tashishning Xalqaro qoidalari” bilan taqdim
qilingan. Bu qoidalar xavfli yuklarning klassifikatsiyasini va ularni dengiz
transporti bilan tashish qoidalarini belgilaydi.
Xavfli yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi ekspeditorlar sug‘urta
qiluvchilar, qoidaga ko‘ra, ularning sabablari sud yoki arbitraj tomonidan
xodimlarning xavfli yuklarni tashish qoidalarini bilmasligining oqibati deb talqin
qilinishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashni sug‘urtalashdan bosh tortishlarini
hisobga olishlari lozim bo‘ladi. SHu sababli ham bu qoidalarni bilish talab
qilinadi. Yuklarni terminallarning omborxonalariga taqdim qilish va qabul qilish
hamda olib chiqib ketishning barcha xavfli yuklar uchun umumiy bo‘lgan
shartlariga, idishlar, o‘ramlar, harakatlanuvchi sostav va tonnajga nisbatan
qo‘yiladigan umumiy talablarga, yuklarning massasini aniqlash va yuklash-
tushirish ishlarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilish zarur bo‘ladi.
Ehtiyotkorlikning umumiy chora tadbirlaridan tashqari har bir xavfli yuk uchun
alohida ravishda, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan
(idish va o‘ram turi, idishdagi yozuvlar va yorliqlar va boshqalar) individual
ehtiyotkorlik choralari ham amal qiladi.


53
Transport-ekspeditorlik assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi FIATA
xavfli yuklarni jo‘natuvchilar va ekspeditorlarga yordam tariqasida xavfli yuklarni
dengiz, temir yo‘l va avtomobil transporti bilan tashishning amaldagi xalqaro
qoidalariga muvofiq yuk jo‘natuvchining xavfli yukni tashish to‘g‘risidagi
deklaratsiyasini ishlab chiqqan. Klassifikatsiyaga ko‘ra xavfli yuklar 9 ta
klasslarga bo‘linadi. Xavfli yuklarning har bir klassi va tagklassi uchun o‘zining
yorliq-belgisi ko‘zda tutilgan. Haydovchilar va xavfli yuklarni kuzatib borish
uchun yuborilgan shaxslar maxsus o‘qitilgan bo‘lishi va ularning malakasi mos
keluvchi guvohnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun javobgarlik
avtotransprt korxonasining rahbari zimaasiga yuklanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling