48
Yuklarni uyilgan holda tashishni texnik-iqtisodiy
jihatdan asoslash
murakkab ish emas. Bunday yuklarni temir yo‘l transporti bilan etkazib berishda
ekspeditorlardan avvalambor tashiladigan yukning massasini aniqlash tartibini
batafsil ishlab chiqish talab qilinadi. Uyilgan holda
tashiladigan yuklar greyfer,
bunker va vagon tarozilarida tortiladi. Vagon tarozilarida tortish, qoidaga ko‘ra,
vagonlarni uzmasdan, biroq tortish maydonchasida to‘xtash
bilan amalga
oshiriladi. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari (tuz va boshqalar) vagonlarni albatta
uzish bilan tortiladi va vagonning o‘zining og‘irligi alohida o‘lchanadi. .
Ommaviy yuklarni doimiy yo‘nalishlarda temir yo‘l bo‘ylab tashishda
vagonlar guruhi yoki butun marshrutga bitta nakladnoy yozishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda shuningdek bitta vagon varag‘i yoziladi. Dengiz transportida kema
partiyasiga
bitta konosament, daryo transportida – bitta nakladnoy yoziladi.
Avtomobil transportida bunday tashishlar yuk jo‘natuvchi bilan avtotransport
korxonasi o‘rtasidagi shartnoma asosida, buyurtma-naryadlar bo‘yicha,
haydovchilarning yo‘l varaqalarida ko‘rsatish bilan amalga oshiriladi.
YUklarni
bitta nakladnoy bo‘yicha tashish tegishli hujjatlarni rasmiydashtirishni
tezlashtiradi, tovar va yuk xizmatlarining ish hajmini qisqartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: