Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklarga transport-ekspeditorlik
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklarga transport-ekspeditorlik
xizmat ko‘rsatish Maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklar kategoriyasiga: · yuklash va tushirishning maxsus tartibini; · ularni tashish uchun maxsus harakatlanuvchi sostav, dengiz yoki daryo tonnaji, konteynerlardan foydalanishni; · odatdagi transport vositalarini qayta jihozlash va qo‘shimcha jihozlashni; · tashishning ekologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuklarning yaroqsiz holga kelishi va halokatga uchrashining oldini olishning an’anaviy chora-tadbirlariga qo‘shimcha ravishda maxsus chora-tadbirlarga rioya qilinishini; · davlat fitosanitariya (karantin), veterinariya va tibbiy-sanitariya qoidalariga rioya qilinishini maxsus nazorat qilishni; · xalqaro va ichki qonunchilik, bunday yuklarni tashishning umumiy tarmoq qoidalari, shuningdek konkret yuklarni tashishning shaxsiy, mulkiy va ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus shartlarning talablarining so‘zsiz bajarilishini talab qiladigan yuklar kiradi. Quyidagilar maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklarga transport- ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning xarakterli chizgilari bo‘lib hisoblanadi: 47 · yuk egasining tashuvchigi yukning sifat va organik xarakteristikasini taqdim qilish bo‘yicha odatdagi tashishlarga nisbatan katta javobgarligi; · tashuvchi tomonidan taqdim qilinadigan transport vositalari va asbob- uskunalarni inspeksiyalash zarurligi; · yuklash-tushirish ishlarining bajarilishini nazorat qilish; · yuklarni transportirovka qilish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish uchun muhandis-texnologlarni, muhandis-mexaniklarni, tayyor mahsulotlarning tovarshunoslarini, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati xomashyosi va yarim fabrikatlarining tovarshunoslarini jalb qilish zarurligi; · transport xarajatlarining odatdagi yuklarga qaraganda kattaroq miqdorlari; masalan, og‘ir vaznli (3-5 tonnadan oshiq) va uzun o‘lchamli (12 metrdan oshiq) asbob-uskunalarni tashish uchun to‘lov stavkasi, qoidaga ko‘ra, odatdagi yuk o‘rinlariga qaraganda o‘rtacha 2-3 martaga oshiq; · transport hujjatlarida ajralib turuvchi belgilarning qo‘llanilishi; masalan, xavfli yuklar uchun blankalar och-qizil yoki pushti rangga, sovutilgan va refrijerator yuklari uchun blankalar – yashil rangga bo‘yaladi; · sochiladigan, to‘kiladigan, kimyoviy yuklar uchun faqatgina standart 20 va 40 futli emas, balki o‘rtacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan (masalan 3 m 3 sig‘imli)ixtisoslashtirilgan konteynerlar, yuqori xavflilik darajasiga ega bo‘lgan zaharli va emiruvchi, oson alangalanadigan suyuqliklar uchun maxsus konteyner-sisternalar parkining bo‘lishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling