Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Yuklarni berish va etkazib berish manzilini o‘zgartirish (pereadresovka)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Yuklarni berish va etkazib berish manzilini o‘zgartirish (pereadresovka)
qoidalari Yuklarni berish Yuk yukni qabul qilib oluvchiga o‘z vaqtida va tegishli tartibda berilishi, shuningdek yukni qabul qilib oluvchi kelish yo‘llarini, yukni tushirish va qabul qilish joyini tayyorlashi uchun yuk jo‘natuvchi yukni qabul qilib oluvchiga yuk jo‘natilayotganligi to‘g‘risida xabar berishi lozim. Yuk yukni qabul qilib oluvchiga tovar-transport nakladnoyida ko‘rsatilgan manzilda topshiriladi. Yukni qabul qilib oluvchi yuk qabul qilib oluvchining ish vaqti tugagunga qadar etib kelgan avtomobilni bo‘shatishi va yukni qabul qilib olishi shart. Yuk tushirib olingandan keyin uning xodimlari avtomobillar va konteynerlarni yuk qoldiqlaridan tozalashlari, agar hayvonlar, qushlar, xom hayvon mahsulotlari va tez buziladigan yuklar tashilgan bo‘lsa – harakatlanuvchi sostavni yuvishlari, zarur bo‘lgan hollarda dezinfeksiyalashni o‘tkazishlari shart. Ba’zi bir hollarda ifloslangan yuk platformasini (avtomobilning kuzovini) tozalashni amalga oshirishni transport tashkiloti o‘zining zimmasiga olishi mumkin (bunda to‘lov yuk qabul qilib oluvchining hisobidan amalga oshiriladi). Yukni belgilangan manzilda yukni qabul qilib oluvchiga og‘irligi va o‘rinlar soni bo‘yicha topshirish xuddi yukni yuk jo‘natuvchidan qabul qilib olishdagi tartib bo‘yicha amalga oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, o‘rinlarni sanash va boshqalar). Yukning miqdorini tortish yordamida aniqlashda agar yukning og‘irligidagi farq: 57 a) yuk og‘irligining tabiiy kamayishi me’yoridan; b) tarozilarning ko‘rsatishidagi farqlar me’yori yoki yukni tortishning Rossiya Federatsiyasi standartizatsiya va metrologiya Davlat Komiteti tomonidan o‘rnatilgan aniqlik me’yoridan oshiq bo‘lmasa, yukning amaldagi og‘irligi bilan yuk jo‘natuvchining tovar- transport hujjatlarida ko‘rsatilgan og‘irligi o‘rtasida farqlar vujudga kelgan taqdirda avtotransport korxonasi bu farqlqr uchun moddiy javobgar bo‘lmaydi. Agar yuk etkazib berilgan manzilda yukning og‘irligini, yuk o‘rinlari soni yoki yukning holatini tekshirish paytida kamomad, yukning shikastlanganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi aniqlansa, yoki bu holatlar yo‘lda sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yo‘lda tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, avtotransport korxonasi yoki tashkiloti kamomadning qanchaligini, shikastlangan yoki yaroqsiz holga kelgan yukning miqdorini aniqlashi shart. Ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda avtotransport korxonasi yoki tashkiloti o‘zining tashabbusi bilan yoki yukni qabul qilib oluvchining talabiga ko‘ra mos keluvchi mutaxassislarni ekspertiza o‘tkazish uchun taklif qiladi. Ekspert xarajatlarini: a) agar kamomad, yukning shikastlanishi yoki yaroqsiz holga kelishi avtotransport korxonasining aybi bilan sodir bo‘lganligi aniqlansa – avtotransport korxonasi; b) barcha boshqa hollarda – yuk jo‘natuvchi to‘laydi. Ekspertiza natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspertiza dalolatnomasi ekspertdan tashqari ekspertizada ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim. Ekspert etib kelguncha yukni qabul qilib oluvchi yukning tegishli holatda saqlanib turishini ta’minlashi shart. Yukni qabul qilib oluvchi faqatgina shikastlanish yoki yaroqsiz holga kelish oqibatida yukning sifati undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljallanish bo‘yicha to‘liq yoki qisman foydalanishning iloji bo‘lmaydigan, buning uchun avtotransport korxonasi yoki tashkiloti javobgar bo‘lgan taqdirda yukni qabul qilib olishdan bosh tortishi mumkin, bunda mos keluvchi dalolatnoma tuziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling